Mavzu: Ikkilamchi elektr ta’minoti manbalariga qo‘yiladigan talablar



Download 0,79 Mb.
bet2/4
Sana22.01.2023
Hajmi0,79 Mb.
#901069
1   2   3   4
Bog'liq
Infokommunikatsiya

Ikkilamchi elektr manbalari
Ikkilamchi elektr manbalari - boshqa quvvat manbalarining energiyasini konvertatsiya qilish orqali elektr jihozlarini elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun mo'ljallangan qurilma, uning parametrlari talablari: kuchlanish, oqim va boshqalar.
To’g’irlagichlar
Respublikamizda elektr energiyasi 50 Gts chastotali oʼzgaruvchan tokda tarqatiladi, bu bilan birga telekommunikatsiya apparaturalarining koʼp qismi turli nominallardagi oʼzgarmas tok bilan taʼminlanishi sababli oʼzgaruvchan tokni oʼzgarmas tokka oʼzgartirish zarurati tugʼiladi. Buning uchun elektr mashinalarni ishlatish mumkin, lekin ularning aylanuvchan qismlari shovqin hosil qiladi, maxsus fundamentlarni talab qiladi va qator kamchiliklarga ega. Quvvatli kuchli ventillar yaratilgandan soʼng elektr mashinalardan statik toʼgʼrilash qurilmalariga, yaʼni toʼgʼrilagichlarga oʼtildi.
Toʼgʼrilagich deb oʼzgaruvchan tokni oʼzgarmas tokga aylantiruvchi qurilmaga aytiladi. Ishlatish jarayonida toʼgʼrilagichlar quyidagi qator texnik talablarga javob berishi kerak:
1) talab qilinadigan kuchlanish va quvvat;
2) toʼgʼrilangan kuchlanish pulьsatsiyasining ruxsat etiladigan darajasi;
3) xavfsiz xizmat koʼrsatish;
4) qulaylik va boshqarish ishonchliligi;
5) yuqori FIK;
6) toʼgʼrilangan kuchlanishning stabilligi;
7) yuqori kuvvat koeffitsienti;
8) oʼta yuqori toklardan va ortiqcha kuchlanishlardan ishonchli va tezkor himoya;
9) texnik ishlatishning past narxi;
10) qurilmaning kichik gabaritlarga va ogʼirlikga ega boʼlishi.
Umumiy koʼrinishda toʼgʼrilagich 4 ta asosiy qismlardan iborat boʼladi (2.1−rasm).
Transformator quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Oʼzgaruvchan tok tarmogʼi kuchlanishini toʼgʼrilovchi element kirishida talab qilinadigan qiymatga oʼzgartiradi.
2. Toʼgʼrilagich ishchi zanjirlarini va yuklamani taʼminlash tarmogʼidan va boshqa isteʼmolchilardan galvanik (elektr) ajratadi, yaʼni ularni mustaqil qiladi..
3. Koʼpincha telekommunikatsiya aparaturalari talab qiladigan toʼgʼrilagich bir qutbini yerga ulash imkoniyatini beradi. Baʼzan toʼgʼrilagich transformatori fazalar sonini oshirish uchun ishlatiladi. Buning uchun ikkilamchi choʼlgʼamlar soni birlamchi choʼlgʼamlar soniga nisbatan ikki martaga oshiriladi. Bu toʼgʼrilangan kuchlanish pulьsatsiyasi chastotasini oshirish va pulьsatsiyani kamaytirish maqsadida qilinadi. Bundan tashqari transformatorning ikkilamchi tomonidagi yulduz sxemada ulangandagi faza choʼlgʼamlarining umumiy nuqtasi koʼpincha toʼgʼrilagichning yuklama ulanadigan chiqish qutbi boʼlib xizmat qiladi.

Ventillar bir tamonlama oʼtkazuvchanlikka ega va oʼzgaruvchan tokni oʼzgarmas tokka oʼzgartirishni amalga oshiradi. Toʼgʼrilagichda ularning soni toʼgʼrilash sxemasiga bogʼliq boʼladi. Toʼgʼrilagichning har bir fazasi kamida bitta ventilь zvenosiga ega boʼladi. Lekin koʼp hollarda talab qilinadigan tok va kuchlanish qiymatini olish uchun har bir ventilь zvenosida bir necha ventillar boʼlishi mumkin. Ventillar ketma-ket, parallel va murakkab guruhlarda ulanishi mumkin.
Toʼgʼrilagichlar boshqariladigan va boshqarilmaydigan boʼladi. Boshqarilmaydigan toʼgʼrilagich chiqish kuchlanishini boshqarish imkoniyatini bermaydi. U hamisha =K· = munosabat orqali aniqlanadi ( bu yerda – chiqishdagi oʼzgarmas tok kuchlanishi, –toʼgʼrilagich kirishidagi oʼzgaruvchan tok kuchlanishi, K–toʼgʼrilash sxemasining doimiy koeffitsienti).
Аgar bunday toʼgʼrilagichda chiqish kuchlanishini oʼzgartirish kerak boʼlsa, kirishdagi kuchlanishni oʼzgartirishga toʼgʼri keladi. Boshqariladigan toʼgʼri–lagichlarda yuklamadagi oʼzgarmas tok kuchlanishini toʼgʼrilagich ishlashi jarayonida toʼgʼrilagich ish rejimiga taʼsir qilgan holda oʼzgartirish mumkin.
Toʼgʼrilash qurilmasini quyidagicha sinflarga ajratish mumkin:
1) toʼgʼrilash sxemasi boʼyicha: bir fazali va koʼp fazali, bitta yarim davrli (bir taktli) va ikkita yarim davrli (ikki taktli );
2) quvvat boʼyicha: kichik quvvatli (100 Vt gacha), oʼrta quvvatli (5 kVt gacha), katta quvvatli (5 kVt dan yuqori);
3) toʼgʼrilangan tok chastotasi boʼyicha: sanoat chastotasi (50Gts), oshirilgan chastotali (400 yoki 1000Gts), yuqori chastotali (1000Gts dan yuqori);
4) kuchlanish boʼyicha: kichik kuchlanishli (250 V gacha), oʼrta kuchlanishli (1000 V gacha), yuqori kuchlanishli (1000 V dan yuqori);
5) ish yuklamasining rejimi boʼyicha: uzoq vaqtli, impulьsli, qisqa vaqtli;
6) toʼgʼrilagichga yuklamaning reaktsiyasi boʼyicha: aktiv, induktiv va sigʼim reaktsiyali.
Oʼzgaruvchan tokni oʼzgarmas tokka oʼzgartirish nochiziqli element Ventil yordamida amalga oshiriladi.
Ventil bir tomonlama oʼtkazishga, yaʼni bir yoʼnalishdagi tokka katta oʼtkazuvchanlikka (kichik qarshilikka) va boshqa yoʼnalishdagi tokka kichik oʼtkazuvchanlikka (katta qarshilikka) ega boʼladi. Ventilь kichik qarshilikka ega boʼlgan yoʼnalish toʼgʼri yoʼnalish deyiladi va , ʼ , kattaliklar bilan xarakterlanadi. Ventilь katta qarshilikka ega boʼlgan yoʼnalish esa teskari yoʼnalish deyiladi va , ʼ , kattaliklar bilan xarakterlanadi. Sxemada ventilning belgilanishi 2.2−rasmda keltirilgan.

2.2rasm
Toʼgʼrilagichning chiqish parametrlariga quyidagilar kiradi:
1) toʼgʼrilangan kuchlanishning oʼrtacha qiymati ;
2) toʼgʼrilangan tokning oʼrtacha qiymati ;
3) toʼgʼrilangan kuchlanish asosiy garmonikasi pulsatsiyasining chastotasi ;
4) toʼgʼrilangan kuchlanishning pulьsatsiya koeffitsienti ;
5) toʼgʼrilagich kirish kuchlanishi bitta qiymatda boʼlganida ; chiqish kuchlanishining ; yuklama tokiga bogʼliqligi boʼlgan toʼgʼrilagichning tashqi tafsifi;
6) ventillarni tanlash uchun teskari kuchlanish,
Toʼgʼrilash sxemalardagi transformatorlar uchun quyidagi parametrlar aniqlanadi:
1) ikkilamchi choʼlgʼam kuchlanishi va toki , chunki ularni toʼgʼrilangan kuchlanish va tokning oʼrtacha qiymati (oʼzgarmas tashkil etuvchi) bilan taqqoslash qabul qilingan;.
2) birlamchi choʼlgʼam kuchlanishning va tokining taʼsir etuvchi qiymatlari;
3) ikkilamchi choʼlgʼamning toʼla quvvati ;
4) birlamchi choʼlgʼamning toʼla quvvati ;
5) transformatorning toʼla (gabarit) quvvati ;= ( * )/2;
6) transformator ikkilamchi choʼlgʼamidan foydalanish koeffitsienti = / , bu yerda Po toʼgʼrilagichning quvvati;
7) transformator birlamchi choʼlgʼamidan foydalanish koeffitsienti = / ,
8) transformatordan foydalanish koeffitsienti = / ,


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish