Mavzu: Ikki daryo oralig’i mundarija kirish


Mesopotamiya madaniyatining o`ziga xos tomonlari,dini va madaniyati



Download 169,07 Kb.
bet3/6
Sana12.06.2022
Hajmi169,07 Kb.
#659666
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ikki daryo oralig’i

1.3.Mesopotamiya madaniyatining o`ziga xos tomonlari,dini va madaniyati.
Jahon sivilizatsiyasining markazlaridan xisoblangan Mеsopotamiya uzoq vaqt xatto asrimizning boshlarida ham o`z ahamiyatini yo`qotgan emas. Ayniqsa Mеsopotamiya madaniyatida muxim o`rin tutgan Saxo IV-III ming yillikda paydo bo`lgan yozuvlardir. Shumеr giktorga fin yozuvi bo`lib, uning tarixi taxminan. 3200 yillik tarixga ega piktog`rafiya hali yozuv emas faqat u ma'lumot bеrish va eslashga yordam bеradigan bеlgilar edi xolos. Piktog`rafiyadan yozuvga o`tish davrida rasmlar bor edi. masalan so`zlarni ifodolovchi "udu" chorva ma'nosini bеrgan. Faqatgina XXIV asrga kеlib bizga ma'lum oddiy Shumеr yozuvlari paydo bo`ldi. Shunday qilib Shumеr yozuvi Elamliklar-Xurritlar, Xеttlar so’ngroq Urartu yozuvining paydo bo`lishiga o`z ta'sirini ko’rsatgan.Mеsopotomiya tarixida kutubxonalar ham muxim o`rin tutgan. Ayniks Ashshurbanpalning arxividagi ma'lumoglar ahamiyati jixatidan muxim masalan 30 000 jadvalda saqlangan voqеa-xodisalar tafsilotlaridan qisqacha ma'lumotlar bеrilgan.Arxiv ishlari ham Mеsopotamiyada muxim o`rin tutadi. Mari podshosini saroyida katta miqdorda XVIII asrga oid arxiv topildi. Urukda ikki xonada 3500 ta xujjatlar asosan xo`jalik ishlariniki topildi 8-7 asrlarga oid yana Nippurda Murash ismli xonadonga tеgishli xujjatlar topildi. O`quvchilari esa maxsus bilim olganlar yozuv, matеmatika, astronomiya va boshqa fanlardan. Xullas, Mеsopotamiya xalqlari din. ilmip S'i.1imlar borasida muxum yurishlarga erishganlar Albatta ularni borasida. Din sohasini oladigan bo`lsak quyosh xudosi Anu, Ur xudosi Enlil. Suv xudosi Enki quyosh xudosi Shamash Vavilonliklar xudosi Mardua to`g`risida qimmatli ma'lumotlar mavjud.
Old Osiyoning muxim gеografik mintaqada joylashuvi, tabiiy rеsurslarning ko`pligi muxim savdo yo`li ustida joylashganligi bu еrda kishilik jamiyatining yuzaga kеlishi uchun muxim omil bo`lib xizmat qildi. Natijada 7-5 ming yilliklarda dastlabki madaniyat o`choqlarinig yuzaga kеlishi, eng qadimgi sivilizatsiya bеshiklaridan bo`lgan shumеrliklar tarixi bilan bеvosita bog`liqligini ko`rib chiqdik. Shumеr – shaxar davlatlarinig yuzaga kеlishi nafaqat ijtimoiy iqtisodiy balki kuchli siyosiy xokimiyat va xukmron sinflar toyifasining yuzaga kеlishiga zamin tayyorladi.
Shumerlar juda boy va qadimiy madaniyatga ega bo’lgan. Qadimgi davlatlarning vujudga kelish munosabati bilan Shumer madaniyati ravnaq topgan va rivojlangan. Shumer yozuvi suratli yozuv bo’lib, aytilmoqchi bo’lgan fikr rasm bilan ifoda etilgan. Masalan,suv so’zi uch qator to’lqinsimon chiziq, qush so’zi qushning tasviri, yulduz so’zi yulduz tasviri, yig’lash so’zini esa ko’z va suvni bildiradigan belgilarni qo’shib ko’rsatish bilan ifodalangan. Yomg’ir so’zi ham yulduz va suv belgilarini bir- biriga qo’shish orqali ifodalangan. Rasm va turli belgi orqali ifoda etilgan yozuvlarni iyerogliflar deb nomlangan Ammo suratli yozuv bilan ko’p narsalarni ifoda qilib bo’lmagan. Hayot, o’zaro muomala rasmli yozuvni soddalashtirishni talab etgan.Zamonlar o’tishi bilan Mesopatamiyada ponasimon mixxat yozuvi kashf etlgan. Ular qotmagan loy lavhalar ustiga o’yib tushirilgan. Yozuvlar lavha ustida ko’ndalang tik va qiyshiq tushirilgan pona- mixlar shaklida 600 dan ortiq belgilar yig’indisidan iborat bo’lgan. Mixxat yozuvi miloddan avvalgi III ming yilllikda Shumerda ixtiro qilingan, keyinchalik qo’shni mamlakatlarga yoyilgan. O’sha zamondan boshlab ruhoniy va mirzolar voqea va hodisalarni mixxat yozuvida sopol, teri, loy va boshqa buyumlarning sathlariga yozganlar. Bular o’ziga xos kitoblar edi. Mesopatamiyaning Ur, Bobil, Ashur,Nineviya kabi ko’p shaharlarida kutubxonalar bo’lgan. Bu jihatdan Ashshurbanipalning Nineviyadagi 30 ming nusxadan iborat lavha kitoblarining saqlanib kelganligi diqqatga sazovordir. Mixxatlar butun Old Osiyoning asosiy yozuvi bo’lib qolgan. Mesopatamiya shaharlaridagi saroy va ibodatxonalarning hujjatxonalari va kutubxonalaridan sopol lavhalarga bitilgan kitoblar topilgan. Ularda mesopatamiya xalqlariga oid juda ko’p malumotlar saqlanib qolgan.
XVII asrdan boshlab Yevropa olmlari Petro della Valle, Karsten Nubur, Gretefend kabilar mixxatlarni o’qishga uringanlar. Ammo ular yaxshi natijaga erisha olmaganlar. Ingliz sayyohi G.Roulingson Shumer mixxatini o’qib chiqishga muvaffaq bo’lgan. Olimlardan Norris,Xins va Oppertlar ham mixxatni o’qib chiqqanlar. Mixxat yozuvi avval shumeriylarda paydo bo’lgan bo’lsa, keyin butun Old Osiyoga, shuningdek Eronga ham tarqalgan. Mixxatning o’qib chiqilishi natijasida olimlar qadimgi Mesopatamiya tarixi haqida qimmatli manbalarga ega bo’lganlar. Maktablarning quyi sinflarida til, adabiyot, gramatika yuqori sinflarda esa matematika, musiqa, huquq, geometriya, astronomiya, tarix, tabobat, veterinariya kabi aniq fanlar bilan bir qatorda diniy fanlar ham o’qitilgan. Maktablar saroy va ibodatxonalar qoshida bo’lib uni ruhoniylar boshqarganlar. Mari va boshqa shaharlardagi qazishmalar vaqtida o’quvchilarga mos o’rindiqlar qo’yilgan maktab binosining qoldig’i topilgan. Maktablar davlat uchun xo’jalik, savdo va harbiy ishlarni boshqaruvchi xodimlarni tayyorlaganlar. Maktablarda Misrdagi kabi mirzolar tayyorlashga katta e’tibor berilgan. Maktablarda intizom va nazorat juda qattiq bo’lgan. Yetarli qobilyatli va tirishqoq bo’lmagan o’quvchilar jazolangan. Maktab qoshida ,,xivich bilan savalovchi’’ maxsus nazoratchi bo’lgan. O’qituvchilar o’quvchilarni qunt bilan o’qishga undaganlar.Mesopatamiyada matematika, geometriya, astronomiya, tabobat, tarix va boshqa fanlarga qiziqish ancha erta boshlangan. Yerlarni o’lchash, kanal qazish, masofani aniqlash, hosilni hisoblash va memorchilikda matematika va geometriya fanlari kerak bo’lgan. Bu fanlar chorvachilik, hunarmandchilik va savdo- sotiq uchun ham zarur edi. Qadimgi Mesopatamiyaliklar birlik, o’nlik,yuzlik va minglikni bilganlar. Bu sonlar alohida belgilar bilan ifoda etilgan. Mesopatamiyada astronomiya faniga ham katta amamiyat berganlar. Bu yerda olti- yetti qavatli zikkuratlar qurilgan. Mesopatamiyaning Ur,Uruk,Nippur, Bobil va boshqa shaharlarda ajoyib rasadxonalar bo’lgan. Ular shu rasadxonalardan quyosh, yer, oy va osmon jismlarining harakatini kuzatganlar. Astronomlar o’sha vaqtdayoq quyosh va oy tutilishi hodisalarini oldindan aytib berganlar. Olimlar astronomiya taqvimlarini tuzib quyosh yili 365 kun, oy yili 354 kun ekanligini aniqlaganlar. Astronomiya mesopatamiyaliklarning kundalik hayotida, karvon savdosida va tomonlarni aniqlashda kerak bo’lgan. Chunki sayyoh va yo’lovchilar osmon jismlari quyosh, oy va yulduzlarga qarab yo’l bosganlar. Miloddan avvalgi III ming yilliklardayoq Shumer tilida astronomiyadan ilmiy asarlar yaratilgan. Mesoptamiyada tarix faniga ham kattam ahamiyat berilgan bo’lib ko’plab tarixiy asarlar yozilgan . Mesoptamiya shaharlari ossur podshosi Oshshurbanapalning hujjatxona va kutubxonalaridan mamlakat va qo’shni o’lkalar tarixi va gegrafiyasiga oid qimmatli ma’lumotlar topilgan Shumer olimlari Misr, Urartu, O’rta Yer dengizi, Bobil va uning atrofidagi o’lkalarning xaritasini tuzganlar . Bu ishlar bilan asosan kohinlar shug’ullanganlar.Ular mamlakat va uning atrofidagi o’lkalarda bo’lib o’tgan voqealarning yillik ro’yhatini, podshalarning faoliyatini yozib borganlar. Shume olimlari ziroatchilik , iqlimshunoslik va boshqa sohalarda ham muayyan yutuqlarga erishganlar. Mesoptamiya issiqw mamlakat bo’lganlagi uchun bu yerda turli kasalliklar keng tarqalgan edi Ikki daryo noraligida shaharlar va davlatlararo tez-tez urushlar ham bo’lib turgan. Urushlar natijasida ko’p odamlar halok bo’lgan va jarohatlangan. Turli kasallikl;arni davolash va jarohatlanganlarni oyoqqa turg’izish uchun tabobat ilmiga ehtiyoj tug’ulgan bemorlarni davolash zarurati Mesoptamiyada tabobar ilmini ertaroq rivojlanishini taqozo etgan. Tabiblar yurak, bosh og’rig’i, o’pka, jigar, chiqqan-singan, buyrak, ko’z, quloq, tomoq bilan bog’liq kasalliklarni davolaganlar. Tibbiyot jarrohlikka doir ko’z, ichki kasalliklar, ruhiy kasalliklar, ayollar kasalligi, sariq kasallik kabi maxsus tarmoqlarga bo’lingan . Bemorni kasalini aniqlashda tomir urishi, tashqi holati va boshqa belgilariga ahamiyat berilgan. Tomirga qarab kasalikni aniqlash keng tarqalgan. Bemorlarni davolashda sodda va murakkab dorilar qo’llanilgan. Bu dori-darmonlarni tayyorlashda shifobaxsh giyoh, o’simlik, meva , har xil hayvon va hashoratlardan foydalanilgan. Ammo bemorlarni davolashda ilimga zid bo’lgan sehr-jodudan ham foydalanilgan. Masalan Hammurapi qonunlarining birida tabib be’morni noto’g’ri davolasa, tabibning qo’li kesib tashlanishi aytilgan,shundan ko’rinib turibdiki Mesoptamiyada tabobati xodimlar oldiga juda katta mas’uliyat yuklangan. Tabobat ishlari bilan asosan ruhoniylar shug’ullangan. Mesopatamiyada qo’y echki,eshak, xachir, ot, sigir, buqa,buzoq, keyinchalik tuyalar boqib, parvarish qilingan.Hayvonlar ham tez-tez kasallikka chalinib turganlar. Shuning uchun ikki daryo oralig’ida hayvonlarni davolash ilmi veterinariyaga katta ahamiyat berilgan. Shunday qilib Mesoptamiyada ilmiy –amaliy bilimlar ancha erta rivoj topgan edi.
Shumerda badiiy adabiyot rivoji yuqori darajaga ko’tarilgan. Noyob asarlar ro’yxatiga ,,Dehqonchilik almanaxi “, ,,Gilgamesh haqida doston” lar kiradi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida E.Meyer fikricha har qanday sivilizasiya feodalizmdan boshlanadi, kapitalizm davriga yetib ichki qarama-qarshiliklari tufayli halok bo’ladi, shundan so’ng bu sikl yana qaytariladi. Sharqda bu nazariya bo’yicha jamiyat abadiy feodalizm holatida turadi. Shu sababli XX asr boshlarida nemis olimlari B.Maysner, P.Koshaker asarlarida qadimgi Mesopotamiya jamiyati feodal jamiyat deb baholanadi.
G`arbdagi nazariyalardan yana biri tarixiy voqealarni bilish mumkin emasligi va uning tartibsizligi konsepsiyasining ilgari surilishi natijasida Mesopotamiya jamiyati taraqqiyotini tub muammolarini yechishga yordam berdi.
Tadqiqotlardagi yana bir kamchilik dalillarni yozish kabi yo`nalishning ustuvor bo’lib qolishi bo’ldi. Ammo keyingi paytlarda ijtimoiy tuzilish, xo`jalikni tashkil etish, shaharlarni shakllanishi va ularning o’rni va roli, hunarmandchilik, savdo, ibodatxona xo`jaligi kabi qator muammolarga bag`ishlangan kapital tadqiqotlar paydo bo’ldi. (A. Falkenshteyn, Oppenxeym, I. Gelba, V. Lemans va boshqalarning asarlari).
Mesopotamiya tarixini o’rganish markazlari dastlab Angliya va Fransiyada o’rnashdi. XIX asrda u Germaniyaga ko`chdi. Yevropada fashizmning paydo bo’lishi ko’pgina olimlarni AQShga ko`chishiga sabab bo’ldi. Bu yerda hozir jahonga mashhur osurshunoslik markazlari ishlaydi. Shu bilan birga hozir Fransiya, Italiya, Belgiya, Gollandiya, Turkiya va Iroqdagi osurshunoslik markazlari samarali tadqiqotlar olib bormoqdalar.


Download 169,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish