Mavzu: Ijtimoiylashuvning ijimmoiy-psixologik tomoni va shaxs rivojlanishi Mashg‘ulotning maqsadi



Download 291,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana21.07.2022
Hajmi291,72 Kb.
#833274
1   2
Bog'liq
1-mavzu

resotsializatsiya
deb nomlangan jarayon nazarda tutiladi. 
Shunday qilib, tor ma’noda ijtimoiylashuv shaxsning ijtimoiy muhitga kirib borishi, unda 
singib ketishi, tashqi ijtimoiy muhit normalarini qabul qilib ularga rioya qilishi yoki qilmasligini 
tushuntiruvchi jarayondir. “Ijtimoiylashuv” tushunchasi ma’no jihatdan yaqin bо‘lgan ikki xil 
tushuncha bilan bog‘liq: 
“tarbiya” va “moslashuv”
. Ijtimoiylashuv 
tarbiya
jarayonidan ancha 
kengroqdir, chunki uning ma’no-mazmunida har doim ham qolipga solib bо‘lmaydigan, har 
doim ham shaxs tomonidan anglanmaydigan holatlar ham mavjud bо‘ladi. 
Moslashuv
esa 
ijtimoiylashuvning bir tarkibiy qismi, uning mexanizmi sifatida qaralishi mumkin. 
Ijtimoiy-
psixologik moslashuv
, ya’ni, shaxsning ijtimoiy munosabatlarga kо‘nikishi va moslashishi orqali 
orttirgan tajribasi umumiy ijtimoiylashuvning bir kо‘rinishidir. 
Ijtimoiylashuv jarayonida inson jamiyatdagi ijtimoiy normalarni о‘zlashtiradi, turli rollarni 
bajarishga о‘rganadi, jamoatchilik sharoitida о‘zini tutish kо‘nikmalarini hosil qiladi. Shaxsning 
ijtimoiylashuvi shu ma’noda uning ijtimoiy borliqni bilishiga, anglashiga asoslanadi. 
Ijtimoiylashuv manbalari
ga quyidagilar kiradi: 
1)
bolalik davrida orttirilgan tajriba
– bu jarayon psixik funksiyalarning 
shakllanishi va dastlabki ijtimoiy xulq normalarining namoyon bо‘lishi bilan parallel 
ravishda kechadi; 
2)
ijtimoiy institutlar
– ta’lim va tarbiya tizimi; oiladan boshlab, to oliy о‘quv 
yurtlari va undan yuqori pog‘onalardagi ta’lim olishga imkon beruvchi maskanlar, 
mehnat jamoalari shular jumlasidandir; 
3)
muloqot va hamkorlikdagi faoliyat jarayonidagi odamlarning ta’siri
. Bu 


о‘rinda ham rasmiy, ham norasmiy sharoitlarda odamlarning bir-birlari bilan muloqoti, 
muomala maromlari nazarda tutiladi. 
Inson hayoti mobaynida bajaridigan har bir rolida uni о‘rab trugan ijtimoiy borliqning normalari, 
qoidalari, xulq-atvor mezonlari о‘z aksini topgan bо‘ladi. Har bir odam hayoti mobaynida 
xaddan ziyod kо‘p turli rollarni bajaradiki, ularning barchasi uning ijtimoiylashuv tajribasida 
munosib iz qoldiradi. Shuning uchun ushbu jarayonda har bir odam о‘zining jamiyatda о‘rnini 
topishga intiladi va samarasiga kо‘ra u yoki bu mavqega erishadi. Aslini olganda 
ijtimoiylashuvning har bir bosqichida shaxs о‘zining “Men”ini tobora anglab, unga kerakli 
tuzatishlar kiritib boradi. Agar shaxsiy tajriba ijobiy bо‘lib, odam kо‘rgan-kechirganlaridan 
yaxshi va tо‘g‘ri xulosalar chiqarib, tо‘g‘ri turmush tarzini shakllantira olsa, uning odamlar 
orasida obrо‘si yuqori, aks holda shaxs degradatsiyasi, xulqdagi deprivatsiyalar haqida xulosa 
chiqariladi. 
Demokratik jamiyatda ijtimoiylashuvning ma’nosi odamning о‘z “Men”ini tо‘la ifoda eta 
olishi, о‘z iqtidori, salohiyati va imkoniyatlarini о‘z kamoli va odamlar manfaatiga bо‘ysundira 
olishi bilan ifodalanadi. Totalitar tuzum esa aksincha, odamlarda mazoxizm (tobelikka kо‘nikish, 
ahloqan past ketishliklar), sadizm (о‘zgalar ustidan cheksiz hukmron bо‘lishga intilish, 
odamlarni qо‘rqitish, ular ustidan zо‘ravonlikni namoyon etish), destruksiya (о‘z nochorligidan 
qutulish uchun butun dunyoga zarar keladigan harakatlarlardan jirkanmaslik), konformizm (о‘z 
“Men”idan voz kechib bо‘lsa ham о‘zgalar hukmiga itoat etishga о‘rganib qolish) kabi holatlarni 
keltirib chiqaradi. 
Demokratik о‘zgarishlar, inson manfaatlarining hurmat qilinishi qanday ijobiy holatlarga 
olib kelishini biz mustaqil О‘zbekistonning demokratik islohotlari va ularning yurtimizda 
yashayotgan, tug‘ilib kamol topayotgan insonlar taqdirida ham kо‘rib turibmiz. Mustaqillik 
yillarida bizning yurtdoshlarimizning nafaqat dunyoqarashi, fikrlash tarzi va mental qobiliyatlari, 
balki о‘zlariga, о‘zgalarga, О‘zbekistoonni о‘zining yagona Vatani deb tan olgan minglab 
qardosh millat vakillariga ham munosabatlari yaxshi tomonga о‘zgardi, barcha bunyodkorlik, 
Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi va xalq farovonligi yо‘lida bir tan, bir jon bо‘lib, harakat 
qilishga о‘rgandi. Shuning uchun ham о‘sib kelayotgan yosh avlod katta avloddan kо‘ra aqlli, 
dono, ilmga chanqoq, demokratik о‘zgarishlarga kо‘nikkanroq bо‘lib voyaga yetmoqda. Chunki 
ularning ijtimoiylashuvi uchun yurtimizda barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, 
Prezidentimiz tashabbuslari bilan hukumatimiz tomonidan yaratilgan sharoitlar bois amalga 
oshirilayotgan “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” harakati, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining 
keng kо‘lamda barcha ta’lim bosqichlarida muvaffaqityali joriy etilganligi о‘zining juda katta 
ijtimoiy samarasini bermoqda. 
Oilaviy ijtimoiylashuvning qadri va ahamiyati shundaki, uning ta’sirida 
birinchidan

shaxs katta, mustaqil hayotga, jumladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi, о‘ziga yarasha sifat va 
fazilatlarni shakllantirib boradi, 
ikkinchidan
, har tomonlama yetuk, barkamol, aqlli, sog‘ va 
salomat shaxs bо‘lib yetishish imkoniyatiga ega bо‘ladi. YA’ni, oila va uning sog‘lom ma’naviy 
muhiti bolani jamiyatda yashashga, о‘ziga о‘xshash shaxslar bilan murosa qilish, hamkorlikda 
faoliyat yuritish, kasb-hunarli bо‘lish, muomalada ahloq-odob normalariga bо‘ysunishga 
о‘rgatadi, psixologik jihatdan tayyorlaydi. 
Rus sotsiolog olimi 
A.Antonov
ning ta’kidlashicha, oila ijtimoiy-psixologik yaxlitlik sifatida 
shaxsga shunday normativ va axborot ta’sirlarini kо‘rsatadiki, oqibatda bola eng avvalo, 
jamiyatdagi qonuniy normalar, xulq andozalarini egallaydi. Oila qanchalik inoq, uyushgan va 
mustahkam bо‘lsa, uning normativ ta’siri ham shunchalik ijobiy samarali bо‘ladi. Bunday oilada 
о‘zining qadriyatlaridan tashqari, jamiyatning qadriyatlari, qonun-qoidalar va normalar hurmat 
qilinadi, bola boshidan jamiyatda yashashga о‘rgatilgan bо‘ladi. Uning ahamiyati shundaki, 
farzand maktabgacha tarbiya muassasasida ham, keyinchalik maktab, kollej yoki litseyda 
о‘qiganda ham tartibli, intizomli, aytilgan vazifa, berilgan topshiriqlarni mas’uliyat bilan 
vijdonan bajaradigan bо‘lib, bolalar jamiyatida hamisha о‘zining о‘rniga ega bо‘la oladi. Bunday 
farzandga turli bid’atlar, bemaza chaqiriqlar, da’vatlar ta’sir etmaydi, mustqil fikrli, pok vijdonli 
inson bо‘lib yetishadi. Chunki, oila bu kichik jamiyat, jamiyatning kichiklashgan andozasi, oila 


mustahkam bо‘lsa, jamiyat ham mustahkam bо‘lishini о‘zbek xalqi juda yaxshi biladi, shuning 
uchun ham ayniqsa, mustaqillik yillarida oila bizning Vatanimizda qadrlanadi, nikoh muqaddas 
rishta sifatida e’zozlanadi. Prezidenimiz 
Islom Karimov
ning 2007 yilda imzo chekkan “Yosh 
oilalarni moddiy va ma’naviy qо‘llab-quvatlashga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi 
Farmoni aynan yurtimizda oila institutini mustaqhkamlash, uning yosh avlodni ma’naviy 
jihatdan barkamol bо‘lib voyaga yetishini ta’minlashga qaratilgan tarixiy hujjatdir. Unda kо‘zda 
tutilgan vazifalarning muvaffaqitli ado etilishi oilaviy ijtimoiylashuvning samarador-ligini 
ta’minlaydi. 
Shunday qilib, bolaning ijtimoiylashuv jarayoniga bevosita va bilvosita ta’sir kо‘rsatuvchi 
qator ijtimoiy omillar mavjud. Masalan, jamiyat miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlar, 
davlatning yoshlar siyosati, ta’lim muassasalari va u yerlardagi ta’lim va tarbiya standartlari, 
diniy muassasalar (machitlar), bozor munosabatlari kabi qator jarayonlar ushbu masalaning 
mazmun va mohiyatini belgilaydi. Yuqorida aytilgan resotsializatsiya jarayonidan tashqari, oila 
muhitining о‘zi ham ayrim holatlarda salbiy ma’nodagi ijtimoiylashuvga aloqador bо‘lib qolishi 
mumkin. Olimlar о‘tkazilgan qator tadqiqotlar asosida ana shunday omillarning tо‘rt guruhini 
ajratganlar: 
1.Ota-onalar о‘rtasida murosaning yо‘qligi, oilaviy о‘zaro munosabatlarni mustahkamlash 
borasida aniq belgilangan ahloqiy tamoyillarning mavjud emasligi; 
2. Ota-onalarning ruhiy nosog‘lomligi va qonunbuzarligi; 
3.Yashash sharoitlarining yaxshi emasligi, bolaning tо‘laqonli о‘sishi, dars tayyorlashi, 
jismonan chiniqishi uchun sharoitlarning yetarli emasligi; 
4.Maktab sharoitining talab darajasida emasligi; 
5. Mahalla hududida oila obrо‘sining yaxshi emasligi, notinch, noqobil oila maqomiga 
egalik; 
6.Global axboratlashuv sharoitida turli axborot manbalari, jumladan, Internet tarmog‘i 
orqali bola ongiga yetib kelayotgan turli ma’lumot, ig‘vo, uydirma, mish-mish, oila 
qadriyatlariga zid axloq namunalari va boshqalar oxirgi yillarda bola ijtimoiylashuviga salbiy 
ta’sir kо‘rsatayotgan ijtimoiy omillar jumlasidandir. 
Yuqoridagi holatlar ayniqsa, globallashuv davrida oila institutining bola sotsializatsiyasi va 
ijtimoiy tarbiyasidagi о‘rni nechog‘li sezilarli ekanligini yana bir marotaba isbotlamoqda. 
Nazorat savollari va topshiriqlari:
1.Ijtimoiylashish jarayonini tadqiq etishda sotsial psixologiya va genetik psixologiyaning 
о‘zaro ta’siri.
2.Ijtimoiylashishning ijtimoiy-psixologik va sotsiologik aspektlari.
3.Jamiyat va shaxs о‘zaro munosabati, shaxs aktivligi.
Mustaqil ish topshiriqlari:

4.Individ ijtimoiylashishining asosiy bosqichlari. 
5.Ijtimoiylashish mexanizmlari va institutlari. 

Download 291,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish