resotsializatsiya
deb nomlangan jarayon nazarda tutiladi.
Shunday qilib, tor ma’noda ijtimoiylashuv shaxsning ijtimoiy muhitga kirib borishi, unda
singib ketishi, tashqi ijtimoiy muhit normalarini qabul qilib ularga rioya qilishi yoki qilmasligini
tushuntiruvchi jarayondir. “Ijtimoiylashuv” tushunchasi ma’no jihatdan yaqin bо‘lgan ikki xil
tushuncha bilan bog‘liq:
“tarbiya” va “moslashuv”
. Ijtimoiylashuv
tarbiya
jarayonidan ancha
kengroqdir, chunki uning ma’no-mazmunida har doim ham qolipga solib bо‘lmaydigan, har
doim ham shaxs tomonidan anglanmaydigan holatlar ham mavjud bо‘ladi.
Moslashuv
esa
ijtimoiylashuvning bir tarkibiy qismi, uning mexanizmi sifatida qaralishi mumkin.
Ijtimoiy-
psixologik moslashuv
, ya’ni, shaxsning ijtimoiy munosabatlarga kо‘nikishi va moslashishi orqali
orttirgan tajribasi umumiy ijtimoiylashuvning bir kо‘rinishidir.
Ijtimoiylashuv jarayonida inson jamiyatdagi ijtimoiy normalarni о‘zlashtiradi, turli rollarni
bajarishga о‘rganadi, jamoatchilik sharoitida о‘zini tutish kо‘nikmalarini hosil qiladi. Shaxsning
ijtimoiylashuvi shu ma’noda uning ijtimoiy borliqni bilishiga, anglashiga asoslanadi.
Ijtimoiylashuv manbalari
ga quyidagilar kiradi:
1)
bolalik davrida orttirilgan tajriba
– bu jarayon psixik funksiyalarning
shakllanishi va dastlabki ijtimoiy xulq normalarining namoyon bо‘lishi bilan parallel
ravishda kechadi;
2)
ijtimoiy institutlar
– ta’lim va tarbiya tizimi; oiladan boshlab, to oliy о‘quv
yurtlari va undan yuqori pog‘onalardagi ta’lim olishga imkon beruvchi maskanlar,
mehnat jamoalari shular jumlasidandir;
3)
muloqot va hamkorlikdagi faoliyat jarayonidagi odamlarning ta’siri
. Bu
о‘rinda ham rasmiy, ham norasmiy sharoitlarda odamlarning bir-birlari bilan muloqoti,
muomala maromlari nazarda tutiladi.
Inson hayoti mobaynida bajaridigan har bir rolida uni о‘rab trugan ijtimoiy borliqning normalari,
qoidalari, xulq-atvor mezonlari о‘z aksini topgan bо‘ladi. Har bir odam hayoti mobaynida
xaddan ziyod kо‘p turli rollarni bajaradiki, ularning barchasi uning ijtimoiylashuv tajribasida
munosib iz qoldiradi. Shuning uchun ushbu jarayonda har bir odam о‘zining jamiyatda о‘rnini
topishga intiladi va samarasiga kо‘ra u yoki bu mavqega erishadi. Aslini olganda
ijtimoiylashuvning har bir bosqichida shaxs о‘zining “Men”ini tobora anglab, unga kerakli
tuzatishlar kiritib boradi. Agar shaxsiy tajriba ijobiy bо‘lib, odam kо‘rgan-kechirganlaridan
yaxshi va tо‘g‘ri xulosalar chiqarib, tо‘g‘ri turmush tarzini shakllantira olsa, uning odamlar
orasida obrо‘si yuqori, aks holda shaxs degradatsiyasi, xulqdagi deprivatsiyalar haqida xulosa
chiqariladi.
Demokratik jamiyatda ijtimoiylashuvning ma’nosi odamning о‘z “Men”ini tо‘la ifoda eta
olishi, о‘z iqtidori, salohiyati va imkoniyatlarini о‘z kamoli va odamlar manfaatiga bо‘ysundira
olishi bilan ifodalanadi. Totalitar tuzum esa aksincha, odamlarda mazoxizm (tobelikka kо‘nikish,
ahloqan past ketishliklar), sadizm (о‘zgalar ustidan cheksiz hukmron bо‘lishga intilish,
odamlarni qо‘rqitish, ular ustidan zо‘ravonlikni namoyon etish), destruksiya (о‘z nochorligidan
qutulish uchun butun dunyoga zarar keladigan harakatlarlardan jirkanmaslik), konformizm (о‘z
“Men”idan voz kechib bо‘lsa ham о‘zgalar hukmiga itoat etishga о‘rganib qolish) kabi holatlarni
keltirib chiqaradi.
Demokratik о‘zgarishlar, inson manfaatlarining hurmat qilinishi qanday ijobiy holatlarga
olib kelishini biz mustaqil О‘zbekistonning demokratik islohotlari va ularning yurtimizda
yashayotgan, tug‘ilib kamol topayotgan insonlar taqdirida ham kо‘rib turibmiz. Mustaqillik
yillarida bizning yurtdoshlarimizning nafaqat dunyoqarashi, fikrlash tarzi va mental qobiliyatlari,
balki о‘zlariga, о‘zgalarga, О‘zbekistoonni о‘zining yagona Vatani deb tan olgan minglab
qardosh millat vakillariga ham munosabatlari yaxshi tomonga о‘zgardi, barcha bunyodkorlik,
Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi va xalq farovonligi yо‘lida bir tan, bir jon bо‘lib, harakat
qilishga о‘rgandi. Shuning uchun ham о‘sib kelayotgan yosh avlod katta avloddan kо‘ra aqlli,
dono, ilmga chanqoq, demokratik о‘zgarishlarga kо‘nikkanroq bо‘lib voyaga yetmoqda. Chunki
ularning ijtimoiylashuvi uchun yurtimizda barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa,
Prezidentimiz tashabbuslari bilan hukumatimiz tomonidan yaratilgan sharoitlar bois amalga
oshirilayotgan “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” harakati, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining
keng kо‘lamda barcha ta’lim bosqichlarida muvaffaqityali joriy etilganligi о‘zining juda katta
ijtimoiy samarasini bermoqda.
Oilaviy ijtimoiylashuvning qadri va ahamiyati shundaki, uning ta’sirida
birinchidan
,
shaxs katta, mustaqil hayotga, jumladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi, о‘ziga yarasha sifat va
fazilatlarni shakllantirib boradi,
ikkinchidan
, har tomonlama yetuk, barkamol, aqlli, sog‘ va
salomat shaxs bо‘lib yetishish imkoniyatiga ega bо‘ladi. YA’ni, oila va uning sog‘lom ma’naviy
muhiti bolani jamiyatda yashashga, о‘ziga о‘xshash shaxslar bilan murosa qilish, hamkorlikda
faoliyat yuritish, kasb-hunarli bо‘lish, muomalada ahloq-odob normalariga bо‘ysunishga
о‘rgatadi, psixologik jihatdan tayyorlaydi.
Rus sotsiolog olimi
A.Antonov
ning ta’kidlashicha, oila ijtimoiy-psixologik yaxlitlik sifatida
shaxsga shunday normativ va axborot ta’sirlarini kо‘rsatadiki, oqibatda bola eng avvalo,
jamiyatdagi qonuniy normalar, xulq andozalarini egallaydi. Oila qanchalik inoq, uyushgan va
mustahkam bо‘lsa, uning normativ ta’siri ham shunchalik ijobiy samarali bо‘ladi. Bunday oilada
о‘zining qadriyatlaridan tashqari, jamiyatning qadriyatlari, qonun-qoidalar va normalar hurmat
qilinadi, bola boshidan jamiyatda yashashga о‘rgatilgan bо‘ladi. Uning ahamiyati shundaki,
farzand maktabgacha tarbiya muassasasida ham, keyinchalik maktab, kollej yoki litseyda
о‘qiganda ham tartibli, intizomli, aytilgan vazifa, berilgan topshiriqlarni mas’uliyat bilan
vijdonan bajaradigan bо‘lib, bolalar jamiyatida hamisha о‘zining о‘rniga ega bо‘la oladi. Bunday
farzandga turli bid’atlar, bemaza chaqiriqlar, da’vatlar ta’sir etmaydi, mustqil fikrli, pok vijdonli
inson bо‘lib yetishadi. Chunki, oila bu kichik jamiyat, jamiyatning kichiklashgan andozasi, oila
mustahkam bо‘lsa, jamiyat ham mustahkam bо‘lishini о‘zbek xalqi juda yaxshi biladi, shuning
uchun ham ayniqsa, mustaqillik yillarida oila bizning Vatanimizda qadrlanadi, nikoh muqaddas
rishta sifatida e’zozlanadi. Prezidenimiz
Islom Karimov
ning 2007 yilda imzo chekkan “Yosh
oilalarni moddiy va ma’naviy qо‘llab-quvatlashga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi
Farmoni aynan yurtimizda oila institutini mustaqhkamlash, uning yosh avlodni ma’naviy
jihatdan barkamol bо‘lib voyaga yetishini ta’minlashga qaratilgan tarixiy hujjatdir. Unda kо‘zda
tutilgan vazifalarning muvaffaqitli ado etilishi oilaviy ijtimoiylashuvning samarador-ligini
ta’minlaydi.
Shunday qilib, bolaning ijtimoiylashuv jarayoniga bevosita va bilvosita ta’sir kо‘rsatuvchi
qator ijtimoiy omillar mavjud. Masalan, jamiyat miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlar,
davlatning yoshlar siyosati, ta’lim muassasalari va u yerlardagi ta’lim va tarbiya standartlari,
diniy muassasalar (machitlar), bozor munosabatlari kabi qator jarayonlar ushbu masalaning
mazmun va mohiyatini belgilaydi. Yuqorida aytilgan resotsializatsiya jarayonidan tashqari, oila
muhitining о‘zi ham ayrim holatlarda salbiy ma’nodagi ijtimoiylashuvga aloqador bо‘lib qolishi
mumkin. Olimlar о‘tkazilgan qator tadqiqotlar asosida ana shunday omillarning tо‘rt guruhini
ajratganlar:
1.Ota-onalar о‘rtasida murosaning yо‘qligi, oilaviy о‘zaro munosabatlarni mustahkamlash
borasida aniq belgilangan ahloqiy tamoyillarning mavjud emasligi;
2. Ota-onalarning ruhiy nosog‘lomligi va qonunbuzarligi;
3.Yashash sharoitlarining yaxshi emasligi, bolaning tо‘laqonli о‘sishi, dars tayyorlashi,
jismonan chiniqishi uchun sharoitlarning yetarli emasligi;
4.Maktab sharoitining talab darajasida emasligi;
5. Mahalla hududida oila obrо‘sining yaxshi emasligi, notinch, noqobil oila maqomiga
egalik;
6.Global axboratlashuv sharoitida turli axborot manbalari, jumladan, Internet tarmog‘i
orqali bola ongiga yetib kelayotgan turli ma’lumot, ig‘vo, uydirma, mish-mish, oila
qadriyatlariga zid axloq namunalari va boshqalar oxirgi yillarda bola ijtimoiylashuviga salbiy
ta’sir kо‘rsatayotgan ijtimoiy omillar jumlasidandir.
Yuqoridagi holatlar ayniqsa, globallashuv davrida oila institutining bola sotsializatsiyasi va
ijtimoiy tarbiyasidagi о‘rni nechog‘li sezilarli ekanligini yana bir marotaba isbotlamoqda.
Nazorat savollari va topshiriqlari:
1.Ijtimoiylashish jarayonini tadqiq etishda sotsial psixologiya va genetik psixologiyaning
о‘zaro ta’siri.
2.Ijtimoiylashishning ijtimoiy-psixologik va sotsiologik aspektlari.
3.Jamiyat va shaxs о‘zaro munosabati, shaxs aktivligi.
Mustaqil ish topshiriqlari:
.
4.Individ ijtimoiylashishining asosiy bosqichlari.
5.Ijtimoiylashish mexanizmlari va institutlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |