Mavzu: Ijtimoiy pedagogning professiogrammasi modelini tuzish. Reja: Pedagogik professiogramma



Download 0,52 Mb.
bet1/3
Sana01.01.2022
Hajmi0,52 Mb.
#289596
  1   2   3
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogning professiogrammasi modelini tuzish.


Mavzu: Ijtimoiy pedagogning professiogrammasi modelini tuzish.
Reja:
1. Pedagogik professiogramma.

2. Ijtimoiy pedagogning professiogrammasi modelini tuzish.

3. Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyatining xususiyatlari.


Pedagogik professiogramma
Har bir mutaxassislik bo'yicha o'qituvchining ixtisoslashgan xarakteristikasini nazarda tutgan professiogrammasi tuziladi. Jumladan, o'quv maskanining o'qituvchi-murabbiyi professiogrammasini misol qilib keltiramiz. Professiogrammada muhim xislatlaming borgan sari birmuncha ortib borishini hisobga olgan holda o'qituvchining quyidagi xislatlari ko'rsatib berilishi lozim.

1 ) O ' q i t u v c h i n i n g s h a x s i y x i s l a t l a r i :
— bolalarni yaxshi ko'rish, ulami sevish;
— amaliy-psixologik aql-farosatlilik;
— mehnatsevarlik;
— jamoat ishlarida faollik;
— mehribonlik;
— kamtarlik;
— odamiylik, dilkashlik;
— uddaburonlik, mustahkam xarakterga ega bo'lish;
— o'z bilimini oshirishga intilish.
2 ) K a s b i g a x o s b i l i m i :
— ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va
vazifalarini tushunishi;
— psixologiya asoslari, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya
asoslarini bilishi;
— etnopsixologik bilimlami egallashi;
— hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilishi;
— hozirgi zamon pedagogikasining metodologik asoslarini egallanganligi;
— o'quv maskani yoshida bolalaming psixologik-pedagogik xususiyatlarini tushunishi;
— o'z fanini o'qitish metodikasini bilishi;
— o'quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishning samaradorligini bilishi;
— ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy
ishlarning mazmunini bilishi.
3 ) 0 ‘z k a s b i g a x o s x i s l a t l a r i :
milliy qayta qurish mafkurasi bilan mustaqil davlat mafkurasini
tushunishi;
— zamonaviy o'quv maskanida olib boriladigan o'quv-tarbiya
jarayonida umuminsoniy boyliklar, milliy an’analar va urf-odatlaming
ahamiyatini tushunishi;
— o'qituvchining kuzatuvchanligi;
— o'z diqqat-e’tiborini taqsimlay olishi;
— pedagogik fantaziya (xayol)ning rivojlanishi;
— o'ziga tanqidiy munosabatda bo'lishi;
— o'zini qo'lga ola bilishi, o'zini tuta olishi;
— pedagogik takt;
— nutqning emosional ifodalanishi.
4 ) S h a x s i y — p e d a g o g i k u d d a b u r o n l i g i :
dars mashg'ulotlari uchun zarur materiallarni tanlay bilishi;
— o'quvchilaming bilish faoliyatini boshqara olishi;
— ta’lim va tarbiya jarayonida o'quvchilar ongining taraqqiy etib
borishini istiqbolli ravishda rejalashtira olishi;
— pedagogik vazifalami shakllantirish va tarbiyaviy ishlami rejalashtirishni bilishi;
— bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda o'z faoliyatini rejalashtirishni
bilishi;
— o'quv maqsadlarini rejalashtira olishi;
— o'zining ta’lim-taibiya ishlariga tayyorlanish tizimini rejalashtira
olishi.
5 ) T a s h k i l o t c h i l i k m a l a k a l a r i :
— bolalar jamoasini uyushtira bilishi;
— turli sharoitlarda bolalar jamoasini boshqara olishi;
— bolalarni biror narsaga qiziqtirib, ulami faollashtira olishi;
— amaliy masalalami hal etishda o'zining bilim va tajribalarini
ustalik bilan tez qo'llay olishi.
6 ) K o m m u n i k a t i v m a l a k a l a r i :
bolalarni o'ziga jalb etishni bilishi;
— bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik
munosabatlami tiklashni bilishi;
— bolalaming jamoalararo va jamoa ichida o'zaro munosabatlami
tartibga solishni bilishi;
— bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog'lashni bilishi.
7 ) G n o s t i k m a l a k a l a r i :
— bolalaming asab-psixik taraqqiyoti darajasini aniqlay bilishi;
— o'zining tajribasi va pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy
tahlil qila olishi;
— boshqa o'qituvchilaming tajribalarini o'rganib, undan (nazariy
va amaliy tomondan) to'g'ri xulosa chiqara olishi;
— psixologik va pedagogik adabiyotlardan foydalanishni bilishi;
— o'quvchilami to'g'ri tushunib, ulaming xulq-atvor sabablarini
tushuntirishni bilishi.
8 ) I j o d i y x i s l a t l a r i :
pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilishi;
— o'quvchilami tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga
oshirish qobiliyati;
— o'zini o'quvchi o'rniga qo'yib, bo'lib o'tgan hodisalarga uning
nazari bilan qaray olishi;
— avvalgi voqealar, hodisalar va tarbiyalanuvchi shaxsiga yangicha
qaray olish qobiliyati;
— o'zining o'quvchiga pedagogik ta’siri natijalarini oldindan ko'ra
bilishga intilishi.
Shunday qilib, ko'rsatib o'tilgan modelning asosiy tuzilishi tariqasida quyidagilar keltiriladi;
— shaxsning jamoatchilik va kasbiy yo'nalishi;
— pedagogik mahorat va qobiliyati;
— xarakterining psixologik xususiyatlari;
— bilish faoliyati;
— o'qituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy taraqqiyoti.

Professiogramma yoshlarga o'zlarining kelgusida o'qituvchilik kasbini to'g'ri va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi.
Professiogrammani kasbga xos ravishda o'qitishni tashkil qilishda
ta’limning samaradorligi va uning muvaffaqiyati qanday bilim va ko‘nikmalarga, ayniqsa, shaxsning qanday qobiliyat va shaxsiy xislatlariga bog'liq ekanligini albatta ko'rsatish zarurdir. Mana shu professiogrammaga asosan bo‘lajak mutaxassis o'qituvchilaming sifat jihatidan o‘z kasbiga naqadar tayyorligi haqida bir flkrga kelishimiz mumkin.

Professiogramma-ma’lum tizimga keltirilgan, mehnatni psixologik tomondan o’rganishga va undan kelgusi amaliy faoliyatda foydalanishga qaratilgan qisqa va har tomonlama batafsil ko’rsatib berilgan hujjat.



O’qituvchi professiogrammasi muayyan fan tomonidan o’qituvchiga qo’yiladigan maxsus talablarni o’z ichiga qamrab olishi lozim. Bo’lajak o’qituvchi u yoki bu xildagi fan tomonidan qanday talablar qo’yilishini bilish va shu asosida o’quv – tarbiya jarayonini tashkil qilish uchun pedagogika oliy o’quv yurtlarida muayyan mutaxasislik bo’yicha o’qituvchining ixtisoslashgan xarakteristikasini nazarda tutgan professiogrammasi tuziladi. Jumladan, maktabning o’qituvchi – murabbiysi professiogrammasini misol qilib keltiramiz. Professiogrammada muhim xislatlaridan borgan sari birmuncha ortib borishini hisobga olgan holda o’qituvchining qo’yidagi xislatlari ko’rsatib berishi lozim.




Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish