1921-1922 yillarda kanadalik olimlar Banting va Best sigir va cho'chqaning me'da osti bezidagi Langergans orolchalari hujayralaridan maxsus preparat tayyorlab, uni insulin deb atadilar. Insulin hozirgi paytda qandli diabet kasalligiga uchragan bemorlarni davolashda keng qo'llanilmoqda. Jinsiy bezlar - Erkaklarning jinsiy bezlariga bir juft moyaklar (urug'don), moyak ortig'i, prostata bezi kiradi. Moyaklar ellipssimon bo'lib, massasi katta odamda 20-36 g bo'ladi. Ularda erkaklik jinsiy hujayralari (spermatozoidlar) va erkaklik jinsiy gormoni (testosteron) ishlab chiqariladi. Moyaklarning bu funksiyasi o'smirlik davrida (12-15 yosh) boshlanadi va keksayish davriga qadar davom etadi. Testosteron gormoni o'smirlarda balog'atga yetish belgilari yuzaga kelishiga ta'sir ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |