MURAKKAB KASALLIKLAR.
Bir qancha kasalliklar yig’indisidan bir kasallik
paydo bo`ladi. Misol qilib, shishni aytish
mumkin. Shishda shakl va tarkib (tuzilish) kasalligi ham topiladi, chunki shakl va miqdorni
buzmaydigan shish yo`qdir. Shish yumshoq a`zolarda paydo bo`ladi, ba`zan suyaklarda ham shishga
o`xshash narsa paydo bo`lib, uning suyakning) hajmi kattalashadi. Har qanday shishda ko`rinarli sabab
yo`q, uning jismoniy sababi moddaning biror a`zodan pastki a`zoga o`tishidadir, bu nazla deb ataladi.
Ba`zan shish va toshmalarni tug’diradigan moddiy sabab kayfiyatlarida zarar bermaydigan
boshqa xiltlar qolib ketadi.Shishga sabab bo`ladigan moddalar 6 tadir. 4 xil xilt, suv va yel. Shish issiq
bo`lishi yoki issiq bo`lmasligi mumkin. Issiq shish yolg’iz g’ayritabiiy qondan yoki g’ayritabiiy
safrodan paydo bo`ladi deb o`ylab bo`lmaydi, u o`z javhari issiq bo`lgan yoki chirish natijasida issiqlik
paydo bo`lgan har bir moddadan hosil bo`ladi.
Shishlarning yolg’iz qondan bo`lganlari flegmona deb, yolg’iz safrodan bo`lgani otashak
deb ataladi. Qon va safrodan bo`lganini ikkovining ismlaridan murakkab bir ism bilan atashdir, yana
qaysi biri ustun bo`lsa, o`shaning ismini oldingaqo`yib aytish odatlaribor.
Masalan, ularning biri "flegmonali otashak" yoki "otashakli flegmona" deb ataladi. Yiring
yiqqanda chiqiq (xuroj) deyiladi. Agar chiqiq yumshoq go`shtlarda, bezlarda, qo`ltiq tagida, quloq
orqalarida va gavdada bo`lgan yomon sifatlilar jinsiga kirsa, toun deb ataladi.
Issiq shishlarga kelsak, ularning boshlanish davrlari bor, bunda xilt yig’ilib, hajm kattalashadi,
so`ngra xilt miqdori ortadi va shuning bilan yanada hajm ortib, oxiriga yetib to`xtaydi, so`ng hajm
pasaya boshlaydi, keyin pishib tarqaladi, yoki yiringlanadi. Shish tarqalib - yo`qolish, yiring yig’ish yoki
qattiqlanish bilan tugaydi.
Issiq bo`lmagan shishlarga kelsak, ular yoki g’ayritabiiy savdo moddasidan, yoki g’ayritabiiy
balg’am moddasidan, yoki suvli moddadan, yohud yel moddasidan paydo bo`ladi. G’ayritabiiy savdo
moddasidan bo`lgan shish uch jinsdan iborat:
1.Qattiqlik(sirroz)jinsi.
2.Saraton (rak) jinsi
3.Bezlar jinsi, tepki va o`smalar kabi shishlar shu jinsga kiradi.
Bez jinslari bilan boshqa ikki jins orasidagi farq shuki, bez jinslari sof bezlar kabi
o`zlarini
o`ragan a`zodan ayri o`sadilar, yoki tepki kabi, u a`zolarga tashqaridan yopishgan bo`ladilar.
Boshqa jinsdagi shishlar esa o`zlari o`sgan a`zoning moddasiga aralashib, bir - birlariga kirishib
ketgan bo`ladilar.
Saraton bilan qattiqlik jinslari o`rtasida farq shuki, qattiqlik harakatsiz va sezgini yo`qotuvchi
shish bo`lib, unda alam beruvchi og’riq bo`lmaydi. Saraton esa harakat qiluvchi, ortuvchi va aziyat
yetkazuvchi shishdir.
Toshmalar - ba`zilari chechak kasalligi kabi g’ayritabiiy qon xiltidan, ba`zilari eshakemi kabi
g’ayritabiiy safro xiltidan, ba`zilari qizamiq, uchuq, qo`tir, so`gal kabi g’ayritabiiy qon va safro xiltidan hosil
bo`ladi. Ba`zilari qavarchiqqa o`xshash suvli bo`lib, ba`zilari pufakka o`xshash havodan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |