Islom Karimov buyuk bir vazifani — O‘zbekistonni, uning jafokash xalqini qariyb 130 yildan buyon davom etib kelayotgan mustamlakachilik zulmidan ozod etish vazifasini o‘z zimmasiga oldi. Har lahza, har daqiqada ona xalqining taqdiri va kelajagini o‘ylab yashadi va boshqalarni ham shunga da’vat etdi. Tarix guvoh — xalq dardi bilan yonib, nafas olgan, o‘zini buyuk ishlarga bag‘ishlagan mard va jasur insonlar hech qanday xavfu xatardan qo‘rqmaydi. Bamisoli butun xalqning ezgu niyatlari ko‘rinmas qudratli kuchga aylanib, ularni qo‘llab-quvvatlab turadi. Hayratli jihati shundaki, 70 yildan ziyod vaqt mobaynida faqat maqtalgan, ta’riflab ko‘kka ko‘tarilgan sobiq mustabid tuzumning butun kirdikorlarini Islom Karimov aniq dalil va raqamlar bilan ochib tashladi. Dunyoda eng adolatli, insonparvar jamiyat deb tasvirlangan mustabid tuzum aslida zulm va zo‘ravonlikka asoslangan eng g‘ayriinsoniy jamiyat ekanini ochiq bayon etdi. Islom Karimovga qadar hech kim O‘zbekistondagi chuqur ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz haqida, uning tub ildizlari to‘g‘risida shu qadar katta jasorat bilan gapirmagan edi. Respublikada jamiyatni demokratlashtirish, O‘zbekistonning haqiqiy suverenitetini o‘rnatish, mamlakatda yashayotgan ko‘p sonli millatlarning totuvligi va tengligini ta’minlash Islom Karimov boshliq siyosiy rahbariyatning asosiy vazifalaridan biriga aylandi. Muhimi, O‘zbekiston xalqi yuzaga kelgan vaziyatni barqarorlashtirish, iqtisodiy va siyosiy mustaqillikni ta’minlash yo‘lidagi bu sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatladi. - Islom Karimov buyuk bir vazifani — O‘zbekistonni, uning jafokash xalqini qariyb 130 yildan buyon davom etib kelayotgan mustamlakachilik zulmidan ozod etish vazifasini o‘z zimmasiga oldi. Har lahza, har daqiqada ona xalqining taqdiri va kelajagini o‘ylab yashadi va boshqalarni ham shunga da’vat etdi. Tarix guvoh — xalq dardi bilan yonib, nafas olgan, o‘zini buyuk ishlarga bag‘ishlagan mard va jasur insonlar hech qanday xavfu xatardan qo‘rqmaydi. Bamisoli butun xalqning ezgu niyatlari ko‘rinmas qudratli kuchga aylanib, ularni qo‘llab-quvvatlab turadi. Hayratli jihati shundaki, 70 yildan ziyod vaqt mobaynida faqat maqtalgan, ta’riflab ko‘kka ko‘tarilgan sobiq mustabid tuzumning butun kirdikorlarini Islom Karimov aniq dalil va raqamlar bilan ochib tashladi. Dunyoda eng adolatli, insonparvar jamiyat deb tasvirlangan mustabid tuzum aslida zulm va zo‘ravonlikka asoslangan eng g‘ayriinsoniy jamiyat ekanini ochiq bayon etdi. Islom Karimovga qadar hech kim O‘zbekistondagi chuqur ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz haqida, uning tub ildizlari to‘g‘risida shu qadar katta jasorat bilan gapirmagan edi. Respublikada jamiyatni demokratlashtirish, O‘zbekistonning haqiqiy suverenitetini o‘rnatish, mamlakatda yashayotgan ko‘p sonli millatlarning totuvligi va tengligini ta’minlash Islom Karimov boshliq siyosiy rahbariyatning asosiy vazifalaridan biriga aylandi. Muhimi, O‘zbekiston xalqi yuzaga kelgan vaziyatni barqarorlashtirish, iqtisodiy va siyosiy mustaqillikni ta’minlash yo‘lidagi bu sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |