Mavzu. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya.
Inventarizatsiya qilish va uning sabablari.
Inventarizatsiya o’tkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi.
Inventarizatsiya farqlarini tartibga solish.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Inventarizatsiya qilish va uning sabablari.
Buxsalteriya Xisobining oldiga Kuyiladigan muxim talablardan biri uning k ra javob berranda buxgalteriya Xisobining mahlumotlari xakikatta tula- . ursatkichlarining realligi( turitti) ni tag’minlashdir. Bu talab tukis muvofNK buladi.
Xisooda aks ettirilgan, yag’ni kelib tushtan yoki berilgan kiymatlar- mate" riallar, pul mablatari, tayyor maxsulot va boshkalarnint soni Xarkatda olintan yeki berilgan songa shu Kiymatlarning xisob mahlumoglari buyicha xoldirar miudori esa ularni salash joylarndagi Xadniy Koldiklarira tutri ketiti kerak. Vaxolanki, Xisob mahlumotlari bahzilarda Xarikatta turn kelavermaydi. Bu kuyidatn sabablar bilan sodir bulishi mumkin:
1.Tabiiy sabablar materiallaning og’irligi yoki sifati havoning xarorati yoki namligininguzgariti, kemiruvchi xashoratlar, mikro- blar va boshkalar tomonidan buzilishi, ularni saulash, bir joydan ikkinchi joyta kuchirish paytida Urish, parlanish, tukilish va shu kabilar natijasida kurilgan yukotishlardan iborat,
2. Moddiy kiymagliklarni kabul Kilish yoki berishagi noaniriklar kam uichash, xato Xisoblash, kam tortish n shka mikdori yoki sifati( xaji, nav) ni kayd etilishdir. Moddiy boyliklarning bir navini( sifatini) boshkasi bilan aralashish xil- larni almashtirish( peresortitsa) deo nomlanadi;
3.Hissobdagi xatolar – daslabki xujjatlarda xatoyozuvlar xisoblar chiqarishdagi arifmaetik xatolar, scho’tlar kabilar iborat;
4. Suviste’molliklar-ug’irliklar kam tortish yoki kam o’lchash pullar va boshqalarni berishdagi kam hissoblash hamda mablag’larni to’g’ridan to’g’ri o’zlashtirishdan iborat.
Yo’qlama qilish bu – xujjatlardagi mablag’lar to’g’risidagi hisob ma’lumotlarini ularning xarkatda mavjudlitta tutri kelishini tahminlash uchun xizmat KilaliraH buxgalteriya Xisobining usulidir. SHunday kilib, yuklama Kilish xujnaglashtirishnint majburiy Kushim- chasidir. Fakat shu usullarning xar ikkalasi- xujjaglashtirish va yun lama Kilish1ning yerdamidanna barcha xujalik xolisalari tula- tukis aks ettiri. lishi tag’minlanadi.
Mablaglarni xhni tula va kisman nuklama krlishga bulnnadi. tula Kamrab olishlitta Karab yuklama Kipish ikki tura,
To’la yuklama krtish beistnsno barcha xujalik mablaglarini uz ichira ola- U kondara kura, yiplik Xisobotdan oldin, keningi ynlning 1 yanvarida- gi xolatda tuziladi. Lekin uning ju da murakkabligi va kup mexnattalabli- gitufali mablat rningayrim turl xam bulaverat. Masalan, asosiy vositalarni noyabrdan, kapital sar- larni 1 dekabrdan, tovarlar, taner maxsulot, nshlabchikarish zaxiralarini 1 oktyabrdan odin zmas va Xokazo 0 arining yulamasini oldinroq o’ykazish.
Qisman yo’qlama qilish xujalik mablaglarining biror turin i uz ichiga oladi, masalan, fakat materiallarni yoki fakat mol yetkazno beruvchilar bi- lan Xnsob- kitoblarni. Ular tula inventarizatsiyadan tashkari, yil davomi- liklara va talofatlara karshi kurashni kuchaytirish Xamda moliviy in- tizomni kuchaytirish maksadila utkazitishi kerak.
19- BXMSta kura, r- rida tekshiriladigan mulklar va majbu- yxati, y klama tkazish majburiy bulmagan boshka xoll arda, kor- xona, tashkilotning uzi tomonidan betnlanadi. Yuklama utkazish kuni da- gi xollarda majburiydir: korxona mulki ijaraga berilganda; davlat yoki munitsipal korxonani sotib olganda; sotilganda; uni aktsiyadorlik jamiya. tira yoki shirkatlar jamiyatiga aylantiritanda; moddiy javobgar shaxslar almattirilganda( ishlarni kabul Kilish- topshirish kuniga) ; ugriliklar va suisteg’molliklar xamda Kimmagliklarning buzilishi xolatlari aniK- langanda; yillik buxgalteriya Xisobotini tuzishlan oldin( nuklamasi yil. lik xisobotning 1 oktyabrgacha utkazilgan mulklardan tashkari) . Imoratlar, inshootlar va boshka xarakatsiz vositalarning yuklamasi xar ikki- uch nil da bir marta, kutuoxona obhektlariniki zsa besh yilda bir marta o’tkazilishi mumkin.
Asosni vositalar, kapital ning yukl ma utkazXar oyda bir marta, banklar bilan Xisob ktobni xar oyning birinchi ku- nta utkazish lozim. ama utkazish uzining xarakteriga kura rejali va yukl dnan y klamaga butnadi. tusatdanutkazila- Rejali yuklama, uning maksalga muvofirigi va yaxshirok utkaziliti. dan kelio chikkan xolda, oddin dan beltilangan muddatlarda utkaziladi. tusatdan utkaziladigan yuklama korxona raxrarining farmoyishi bilan tekshiruvchining, xujalik faoliyatini tekshirishni utkazaetan tergov tash- kiloglarining talabi bilan utkaziladi. Rejadan tashkari yulama tabniy ofaglar( ut ketishi, suv topkini) lardan keyin Xanda moddiy javobgar shax- slaralmashganida utkaziladi.
Inventarizatsiya qilish buxgalteriya hisobi usulining bir elementi bo’lib, uning yordamida xo’jalik mablag’larining, xo’jalik yurituvchi sub’ektining boshqa tashkilotlar bilan hisob-kitob munosabatlarining haqiqiy mavjud miqdori va summasi hisob ma’lumotlariga solishtiriladi va ular o’rtasidagi farq topiladi. Inventarizatsiya qilish yordami bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining realligi
ta’minlanadi.
Shunday qilib, inventarizatsiya qilishning asosiy vazifasi haqiqatda bor bo’lgan asosiy vositalar,
mol-moddiy qiymatliklar va pul mablag’lari hamda tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini naturada aniqlash;
haqiqatda bor bo’lgan moddiy qiymatliklar va pul mablag’lari haqidagi ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish va shu yo’l bilan ularning butligi ustidan nazorat olib borish;
o’zining boshlang’ich sifatini qisman yo’qotgan, eskirgan fason va modelli mol-moddiy qiymatliklarni aniqlash;
sotish maqsadida me’yordan ortiqcha va ishlatilmayotgan mol-moddiy qiymatliklarni aniqlash;
mol-moddiy qiymatliklar va pul mablag’larini saqlash qoida va shartlari hamda mashina, asbob-uskuna va boshqa asosiy vositalarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarining bajarilishini tekshirish;
balansda ko’rsatilgan mol-moddiy qiymatlik, kassa, bank muassasalaridagi talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag’i va boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag’larining summasi, yo’ldagi pul mablag’lari, debitor va kreditor qarzlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari, kelgusida qilinadigan xarajat va to’lovlar zaxirasi hamda buxgalteriya balansining boshqa moddalari summalarining realligini tekshirishdir.
Yillik hisobot tuzishdan avval xo’jalik yurituvchi sub’ektlar buxgalteriya hisobot bo’yicha me’yoriy hujjatlarga ko’ra asosiy vosita, tugallanmagan kapital qurilish va tuzatish, tugallanmagan ishlab chiqarish, mol-moddiy qiymatliklar, pul mablag’lari, hisob-kitob va balansning boshqa moddalarini inventarizatsiya qiladi. Bundantashqari, xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli bo’lmagan (saqlashga qabul qilingan, aredaga olingan, qayta ishlab berishga qabul qilingan) moddiy qiymatliklar va ba’zi bir sabablarga ko’ra hisobga olinmay qolgan qiymatliklar ham inventarizatsiya qilinadi.
Inventarizatsiya qilish xo’jalik mablag’larining qanday qismini qamrab olishi va o’tkazilish tartibiga qarab bir necha turga bo’linadi:
1.xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli mol-mulkning hammasini inventarizatsiya qilish;
2.xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli mol-mulkning ma’lum bir qismini inventarizatsiya qilish.
Хo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli mol-mulkning hammasi har yili kamida bir marta to’la inventarizatsiya qilinadi. Bunday inventarizatsiya qilish yillik hisobot tuzishdan avval o’tkaziladi. Bu bo’lsa balansda ko’rsatilgan xo’jalik mablag’lari to’g’risidagi ma’lumotlarning realligini ta’minlaydi. Тo’la inventarizatsiya qilishni yanvarda o’tkazish yillik hisobot tuzishni bir qancha muddatga kechiktirib yuborishga olib keladi.
Shuning uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektiga tegishli mol-mulkning ayrim qismlarini inventarizatsiya qilish 1 yanvargacha tugatiladi. Shuni aytib o’tmoq kerakki, to’la inventarizatsiya qilish o’tkazilgan vaqtda xo’jalik yurituvchi sub’ektning hamma moddiy qiymatliklari, pul mablag’lari, boshqa ho’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan hisob-kitoblarning holati va balansining hamma moddalari inventarizatsiya qilinadi.
Buxgalteriya balansi va hisobotlari to’g’risidagi me’yoriy hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining haqiqatga to’g’ri kelishini ta’minlash uchun ba’zi bir xo’jalik mablag’lari bir yilda bir necha martda inventarizatsiya qilinadi. Хo’jalik mablag’larining ayrim turlarini inventarizatsiya qilish xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli mol-mulkning qismini ro’yxatga olish deb ataladi. Masalan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning pul mablag’lari har oyda kamida bir marta inventarizatsiya qilinadi. Biror ombor mudiri ishdan bo’shab, boshqa kishiga topshiradigan bo’lganda ham uning javobgarligida bo’lgan moddiy qiymatliklar inventarizatsiya qilinadi.
Mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda hamda yillik moliyaviyhisobot tuzish oldidan, shu yilning 1 oktabrida inventarizatsiya qilingan mol-mulkdan tashqari, inventarizatsiya o’tkazilishi shartdir. Moddiy zaxiralar yiliga eng kamida bir marta inventarizatsiya qilinadi. Asosiy vositalar ikki yilda eng kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda eng kamida bir marta inventarizatsiya qilinadi. Pul mablag’lari, pul hujjatlari,qiymatliklari va qat’iy hisobotdagi blanklar oyiga bir marta, yoqilg’i-moylash materiallari va oziq-ovqat mahsulotlari har chorakda, qimmatbaho metallar tegishli tarmoq me’yoriy hujjatlariga ko’ra inventarizatsiya kilinadi. Shuningdek, asosiy vositalar va qiymatliklar qayta baholanganda, moddiy-javobgar shaxslar almashganda, o’g’irlash yoki suiste’mol hamda qiymatliklarning buzilishi aniqlanganda, tabiy ofatlar, yong’in, avariya yoki ekstremal sharoitlar keltirib chiqargan boshqa favqulodda hodisalar sodir bo’lganda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt tugatilganda (qayta tashkil qilinganda) tugatish (bo’lish) balansini tuzish oldidan va qonunda ko’zda tutilgan boshqa holatlarda inventarizatsiya o’tkaziladi. Jamoaviy moddiy javobgarlikda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari almashganda ham inventarizatsiya o’tkaziladi.
Inventarizatsiya qilishning o’tkazilish tartibiga qarab rejali va to’satdan amalgaoshirilgan inventarizatsiya qilishlarga bo’linadi.
Yuqorida ko’rsatilgan inventarizatsiya qilish muddatlariga qarab xo’jalik yurituvchi sub’ektda bir yilda o’tkazilgan inventarizatsiya qilishlar rejasi tuziladi. Shu rejaga asosan xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli barcha qiymatliklar inventarizatsiya qilinadiva bu ma’lumotlar buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Ana shu yo’l bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining realligi ta’minlanib briladi. Moddiy javobgar shaxslar almashgan vaqtda almashish kuni inventarizatsiya o’tkazilishi shart.
Rejali inventarizatsiya qilishni o’tkazish uchun bir qancha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Rejali inventarizatsiya qilishdan tashqari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda to’satdanham inventarizatsiya qilish o’tkaziladi. Bunday inventarizatsiya qilishlar xo’jalik yurituvchi sub’ekti rahbari ga yoki yuqori tashkilot va idoralarga tegishli ob’ektdagi javobgar shaxsning nojo’ya harakatlari haqida biror xabar kelganda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati taftish qilinishi davrida, o’t olish, suv toshishi va boshqa ba’zi sabablarga ko’ra amalga oshiriladi.
Har qanday inventarizatsiya qilish xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buyrug’i bilan amalga oshiriladi. Bu buyruqda inventarizatsiya qilish xarakteri, nimalarni inventarizatsiya qilish, inventarizatsiya qilishni o’tkazish muddati va inventarizatsiya qilishni o’tkazadigan komissiya a’zolarining ro’yxati ko’rsatiladi.
Inventarizatsiya qilish O’zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobining “Inventarizatsiyani tashkil qilish va o’tkazish” degan 9-son milliy standartida
ko’rsatilgan muddatlarda;
moddiy javobgar shaxslar almashganda;
talon-tarojlik, o’g’rilik yoki suiste’mollik aniqlanganda;
o’t olganda yoki tabiiy ofatdan keyin;
asosiy vosita va tovar-moddiy qiymatliklar qayta baholanganda va boshqa holatlarda o’tkaziladi.
Jamoa (brigada) moddiy javobgarligi sharoitida agar uning birgadiri (rahbari) almashsa, jamoa (brigada)dan uning a’zolarining 50 foizdan ko’pi ketib qolsa hamda jamoa a’zolarining biri yoki bir nechtasi talab qilsa ham inventarizatsiya o’tkaziladi.
Qiymatliklarning butligini ta’minlaydigan tadbiriy choralarni amalga oshirish kerak bo’lib qolsa, inventarizatsiya o’tkazishnitashkil qilish, ishchi inventarizatsiya qilish komissiyalarining a’zolariga yo’l-yo’riq berish, inventarizatsiya qilishning to’g’ri o’tkazilishini tekshirish, inventarizatsiya qilish natijalarining to’g’ri chiqarilishini tekshirish, navlar almashuvi natijasida sodir bo’lgan kamomad va ortiqchaliklarni o’zaro berkitish haqida qilingan takliflarning asosliligini tekshirish kerak bo’lib qolgan hollarda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining topshirig’i bilan qayta to’la inventarizatsiya o’tkazish, kamomad yoki qiymatliklar buzilishiga yo’l qo’ygan shaxslardan olingan tushuntirish xatlarini ko’rib chiqish va aniqlangan kamomad va qiymatltiliklarning buzilishidan ko’rilgan yo’qotishni tartibga solish haqida takliflar berish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektdadoimiy xarakat qiluvchi inventarizatsiya qilish komissiyasi tuziladi. Bu komissiyani raisi shu xo’jalik yurituvchi sub’ektning rahbari yoki uning o’rinbosari bo’ladi. Komissiya tarkibiga xo’jalik yurituvchi sub’ekt bosh buxgalteri, bo’linmalarning rahbarlari va mutaxassislar hamda kasaba uyushmasining vakillari kiritiladi.
3.Inventarizatsiya natijalarini aniqlash. Inventarizatsiya o’tkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi.
Joylarda qiymatlik va pul mablag’larini inventarizatsiya qilish, xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasi bilan birgalikda inventarizatsiya qilish natijalarini aniqlashda qatnashish, navlar almashuvi natijasida sodir bo’lgan kamomad bilan ortiqchaliklarni o’zaro berkitish hamda tabiiy kamayish me’yorlari chegarasida kamomadlarni hisobdan chiqarish masalalari bo’yicha takliflar ishlab chiqish, mol-moddiy qiymatliklarni qabul qilish, saqlash va chiqarish, ularning hisobi va butligi ustidan nazoratni yaxshilash masalalari hamda me’yordan ortiq va foydalanilmayotgan moddiy qiymatliklarni sotish haqida takliflar qilish, inventarizatsiya qilishni xo’jalik yurituvchi sub’ekt buyrug’ida ko’rsatilgan muddatda o’tkazish va uni o’tkazish tartibini saqlash, xatlashga yozilgan ma’lumotlarning haqiqatga to’g’ri kelishini ta’minlash va inventarizatsiya qilish materiallarini to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektda qiymatliklarni inventarizatsiya qiluvchi ishchi inventarizatsiya qilish komissiyasi tuziladi.
Bu komissiyaning raisi shu xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining vakili bo’ladi. Komissiya tarkibiga mutaxassis,muhandis, texnolog, mexanik, ishni amalga oshiruvchi, buxgalteriya xodimi va boshqalar kiritiladi. Komissiyaga qiymatliklarni inventarizatsiya qilish, baholarni va boshlang’ich hujjatlarni yaxshi biladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning xizmatchilari qo’shilishi kerak.
Bir moddiy javobgar shaxsni inventarizatsiya qilish uchun bir shaxsni birin-ketin ikki marta ishchi inventarizatsiya qilish kosissiyasiga rais qilib tayinlash mumkin emas.
Yil davomida inventarizatsiya qilishlar o’rtasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda muntazam ravishda tovar-moddiy qiymatliklarni ularni saqlanish joylarida tekshirish turish va saralab inventarizatsiya qilish kerak. Buning uchun xo’jalik brituvchi sub’ektlarda tekshirish va saralab inventarizatsiya qilish komissiyasi tuziladi. Bu komissiya inventarizatsiya qilish davrlari o’rtasida qiymatliklarning butligi, ularni saqlash qoidalarining bajarilishi va moddiy javobgar shaxslar tomonidan o’rnatilgan boshlang’ich hisob yuritish tartibining bajarilishi ustidan nazorat olib boradi.
Doimiy harakat qiluvchi inventarizatsiya qilish komissiyasi, ishchi inventarizatsiya qilish komissiyalari, tekshirish va saralab inventarizatsiya qilish komissiyalarining tarkibi xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buyruhi bilan tasdiqlanadi.
Inventarizatsiya qilish boshlanishi oldidan ishchi inventarizatsiya qilish komissiyasining a’zolariga inventarizatsiya qilishni o’tkazish haqida chiqarilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buyrug’i, komissiyalarning raislariga esa nazorat plombasi ham beriladi. Хo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buyrug’ida inventarizatsiya qilishni o’tkazish bo’yicha ishlarni boshlash va tamomlash muddatlari ko’rsatiladi. Agar inventarizatsiya qilish komissiyasi a’zolarining hammasi bo’lmasa qiymatliklarni inventarizatsiya qilish mumkin emas. Ishchi inventarizatsiya qilish komissiyasining ishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada inventarizatsiya qilish natijalari, ombor xo’jaligining holati va tovar-moddiy qiymatliklar butligining ta’minlanishini tekshirish natijalari qayd qilinadi.
Rejali inventarizatsiya qilish o’tkazilganda moddiy qiymatliklar saqlanadigan omborlar inventarizatsiya qilishga tayyorlanadi. Ombordagi har bir moddiy qiymatlik alohida qilib qo’yiladi va ularning oldiga yorliqlar osiladi. Yorliqlarda moddiy qiymatliklarning nomi, nomenklatura raqami, boshqa rekvizit va ko’rsatkichlar ko’rsatilgan bo’ladi.
Inventarizatsiya qilish asosan oyning birinchi kuniga to’g’rilanadi. Agarda biror sabablarga ko’ra inventarizatsiya qilish oyning o’rtalarida boshlab yuborilsa, u holda buxgalteriya hisobining shu oyning boshidagi ma’lumotlari olinadi va inventarizatsiya qilish boshlangunga qadar amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyalari hisobda aks ettirilib olinadi.
Inventarizatsiya qilish boshlangunga qadar hamma hujjatlar rasmiylashtirilgan va buxgalteriya hisobining daftarlariga o’tkazilgan bo’lishi kerak. Shuning uchun ham moddiy javobgar shaxslar o’zlarining qo’llaridagi barcha boshlang’ich hujjatlarni buxgalteriyaga topshirishlari zarur. Inventarizatsiya qilish komissiyasi moddiy javobgar shaxsdan “Hamma xujjatlarni buxgalteriyaga topshirdim va menda hech qanday isbotlovchi hujjat qolmadi ” degan tilxat oladi.
Inventarizatsiya qilish davrida moddiy qiymatliklarning har biri o’lchash, sanash, tortish va boshqa usullar bilan hisoblab chiqiladi. Hisoblash natijasi inventarizatsiya qilish xatlashiga yoziladi. Masalan, biror moddiy javobgar shaxsning hisobidagi moddiy qiymatliklar inventarizatsiya qilinayotgan bo’lsa, inventarizatsiya qilish tugashi bilan inventarizatsiya qilish xatlashi oxiriga komissiya a’zolarining imzosidan so’ng moddiy javobgar shaxs “Ushbu inventarizatsiya qilish xatlashida ko’rsatilgan moddiy qiymatliklar mening ko’z oldimda hisoblab chiqilgan va shu moddiyqiymatliklarni o’z shaxsiy javobgarligimga qabul qildim hamda inventarizatsiya qilish komissiyasiga mening hech qanday da’vom yo’q” deb imzo chekadi.
Inventarizatsiya qilish xatlashi rasmiylashtirilgandan so’ng u xo’jalik yurituvchi sub’ekti buxgalteriyasiga topshiriladi.
Тaqqoslash (solishtirish) vedomostini tuzish va inventarizatsiya natijalarini aniqlash ishlari boshlangunga qadar xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya inventarizatsiyasi qilish ma’lumotlaridakeltirilgan hamma hisob-kitoblarning to’g’riligini tekshirib chiqadi. Baholarda, summalarni chiqarishda yo’l qo’yilgan xatoliklar topilsa, u holda bu xatoliklar to’g’rilanadi va bu haqda komissiyaning hamma a’zolari va moddiy javobgar shaxs imzo chekadi. Inventarizatsiya xatlashning oxirgi betida baholar va summalarning to’g’riligi tekshirib chiqilganligi haqida yozib qo’yiladi va shu tekshirishni o’tkazgan shaxs imzo chekadi. Solishtirish vedomostlari inventarizatsiyada hisob ma’lumotlariga nisbatan farqlar aniqlangan qiymatliklar bo’yicha tuziladi. Solishtirish vedomostlarida inventarizatsiya natijalari, ya’ni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo’yicha ko’rsatkichlar bilan inventarizatsiya xatlashlarining ma’lumotlari o’rtasidagi farqlar qayd qilinadi. Solishtirish vedomostlarida moddiy qiymatliklar ortiqchaliklarining va kamomadlarining qiymati ularning buxgalteriya hisobidagi baholariga ko’ra keltiriladi.
Inventarizatsiyada va boshqa tekshirishlarda aniqlangan qiymatliklarning haqiqatda borini buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga nisbatan farqlari quyidagi tartibda tartibga solinadi.
Ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy qiymatliklar, pul mablag’lari va boshqa mol-mulk kirim qilinadi va xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijalariga (byudjet tashkilotlarida esa moliyalashtirishni ko’paytirishga) o’tkaziladi, keyin ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar aniqlanadi.
Belgilangan me’yorlar doirasida qiymatliklarning kamayishi xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining farmoyishi bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ektning tegishli xarajatlariga qo’shiladi (byudjet tashkilotlarida esa moliyalashtirishni ko’paytirishga). Kamayish me’yorlari haqiqatda kamomad aniqlangan holatlardagina qo’llanishi mumkin xolos.
Belgilangan me’yor doirasida qiymatliklarning kamayishi navlarning aralashuvi bo’yicha kamomadlar ortiqchalik bilan qoplangandan keyingina aniqlanadi. Agar belgilangan tartibda navlar almashuvi bo’yicha qoplash o’tkazilgandan so’ng ham qiymatliklarning kamomadi qolsa, u holda tabiiy kamayish me’yorlari qiymatliklarning faqat kamomad aniqlangan nomi bo’yichagina qo’llaniladi.
Тasdiqlangan me’yorlar bo’lmagan taqdirda, kamayishi me’yordan ortiq kamomad deb qaraladi, qiymatliklarning tabiy kamayishi me’yoridan ortiq kamomad hamda qiymatliklarning buzilishidan ko’rilgan nobudgarchiliklar aybdor shaxslar hisobiga o’tkaziladi.
Kamomadlar va nobudgarchiliklar suiste’mol qilinishi natijasida sodir bo’lgani aniqlanganda, tegishli materiallar kamomadlar va nobudgarchiliklar aniqlangandan so’ng 5 kun ichida tergov organlariga beriladi, aniqlangan kamomadlar va nobudgarchiliklar summasiga fuqarolik da’vosi qilinadi. Kamomadlar va nobudgarchiliklarning aniq ayibdorlari aniqlanilmagan hollarda qiymatliklar tabiiy kamayishining me’yordan ortiqcha kamomadi va qiymatliklarning buzilishidan ko’rilgan nobudgarchiliklar mahsulot(ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish bo’yicha xarajatlar tarkibi to’g’risidagi qoidaga asosan xo’jalik yurituvchi sub’ektning tegishli xarajatlariga qo’shiladi. Bunday qiymatliklar tabiiy kamayishining me’yordan ortiqcha kamomadi va qiymatliklarning buzilishidan ko’rilgan nobudgarchiliklarni hisobdan chiqarishni rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan xujjatlarda shunday kamomadlar va nobudgarchiliklarning oldini olish bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Navlar almashuvi natijasidagi ortiqchaliklar va kamomadlarni o’zaro hisobga o’tkazish faqat istisno tariqasida ayni shu tekshirilayotgan davrda, ayni shu tekshirilayotgan shaxsda, ayni shu nomdagi va shu miqdordagi moddiy qiymatliklarga nisbatan xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining ruxsati bo’yicha amalga oshiriladi. Moddiy javobgar shaxslar yo’l qo’yilgan navlar almashuvi haqida xo’jalik yurituvchi sub’etning rahbariga batafsil tushuntirish xatini beradi.
Moddiy javobgar shaxslarning aybisiz paydo bo’lgan kamomadlar tomoniga navlar almashuvidagi qiymatlar farqiga inventarizatsiya bayonnomasida bu farq aybdor shaxslar hisobiga o’tkazilmaganligi sabablari haqida batafsil tushuntirish berilishi kerak. Inventarizatsiya natijalari inventarizatsiya tugallangan oyda hisobda va hisobotda, yillik inventarizatsiya bo’yicha natijalar esa y2illik moliyaviy hisobotda qayd qilinishi kerak.
Inventarizatsiya komissiyasi yig’ilishining bayonnomasi xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tomonidan inventarizatsiya tamom bo’lgandan so’ng 10 kun o’tmasdan tasdiqlanishi kerak.
Yillik hisobotning tushuntirish xatiga ilova qilib asosiy vositalar, tovar-moddiy qiymatliklar va pul mablag’larini inventarizatsiya qilish natijalari vedomosti beriladi. Bu vedomostda yil davomida o’tkazilgan hamma amalga oshirilgan inventarizatsiyalarning natijalari aks ettiriladi.
Faraz qilaylik, amalga oshirilgan inventarizatsiyalar bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ektning omboridagi xom ashyo va materiallarning miqdori va summalari buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish natijasida quyidagilar aniqlanadi:
Ortiq chiqqan ehtiyot qismlar quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D-t - 1040 “Хom ashyo va materiallar” schyoti
K-t - 9590 “Moliyaviy faoliyatdan kelgan boshqa daromadlar ” schyoti
Kam chiqqan xom ashyo va materiallar “Kamomad va qiymatliklarning buzilishidan ko’rilgan yo’qotishlar” schyotida bu kamomadning sabablari aniqlangunga qadar hisobga olib turiladi. Kamomadning sabablari aniqlangandan so’ng tegishli syayotlar debetlanib, “Kamomad va qiymatliklarning buzilishidan ko’rilgan yo’qotishlar” schyoti kreditlanadi. Inventarizatsiya qilish natijasida aniqlangan kamomad summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D-t – 5910 “Kamomadlar va boyliklarga yetkazilgan zarardan yo’qotishlar”
K-t – 1010 “Хom ashyo va materiallar” schyoti
Тabiiy kamayish natijasida sodir bo’lgan summasiga quyidagi buxgalteriya provodkalari tuziladi:
1)D-t 4860 “Davolar buyicha olinadigan schyotlar” schyoti
K-t 5910 “Kamomadlar va boyliklarga yetkazilgan zarardan yo’qotishlar”schyoti
2) D-t 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti
K-t 4860 “Davolar bo’yicha olinadigan schyotlar” schyoti.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Bakiеva Х., Rizaеv N. Buхgaltеriya hisоbi nazariyasi. O`quv qo`llanma. -T.:
Iqtisоd-mоliya. 2008. -324 b.
2. Daraеva Yu.A. Tеоriya buхgaltеrskоgо uchеta. Kоnspеkt lеktsiy. 2008, 160s.
3. Rоgоjin M.Yu. Dеlоprоizvоdstvо i dоkumеntооbоrоt v buхgaltеrii, GrоssMеdia- 2009.
4. Ғulоmоva F. Buхgaltеriya hisоbini mustaqil o`rganuvchilar uchun qo`llanma. -
T.: “NORMA” nashriyoti, 2010. -507 b.
Internet saytlar
www.forum.ziyouz.com
www.el.tfi.uz
www.aroma.orga.uz
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |