Mavzu: hujjatlar nomenklaturasi


Hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasini tuzish va hujjatlar yig‘majildlarini shakllantirish



Download 134,36 Kb.
bet2/2
Sana15.06.2022
Hajmi134,36 Kb.
#672852
1   2
Bog'liq
Mavzu hujjatlar nomenklaturasi

Hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasini tuzish va hujjatlar yig‘majildlarini shakllantirish
Hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasi — tashkilotda yuritiladigan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va ularni saqlash muddatlari ko‘rsatilgan holda tartibga solingan hujjatlar yig‘majildlari sarlavhalari ro‘yxatidir.
Tashkilotlarda tarkibiy bo‘linmalar, jamoat tashkilotlarining hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturalari va ular asosida — barcha tashkilotlarning hujjatlar yig‘majildlari yig‘ma nomenklaturasi tuziladi.
Hujjatlarning muhimlik qiymatini ekspertiza qilish.Hujjatlar yig‘majildlarini rasmiylashtirish.Hujjatlar yig‘majildlari ro‘yxatlarini tuzish.Tashkilotlar ularning faoliyatida va tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatida vujudga keladigan doimiy muddatda saqlanadigan hujjatlarning tanlab olinishini, hisobga olinishini, saqlanishini, ishlanish sifatini va ushbu hujjatlarni o‘z vaqtida davlat saqloviga berishni ta’minlaydilar.
Doimiy va uzoq vaqt (10 yildan ko‘proq) muddatda saqlanadigan hujjatlarni saqlash uchun tashkilotlarda idoraviy arxivlar tashkil etiladi yoki ularning funksiyalari boshqa tarkibiy bo‘linma (maxsus ajratilgan mansabdor shaxs)larga yuklanadi.
Doimiy va uzoq vaqt muddatda saqlanadigan tugallangan hujjatlar yig‘majildlari ma’lumot ishlari uchun tarkibiy bo‘linmalarda ikki yil davomida qoldiriladi, keyin esa tashkilotlar rahbarlari bilan kelishgan holda idoraviy arxivga topshiriladi.
Hujjatlarni idoraviy arxivga topshirishga tayyorlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: hujjatlarning muhimlik qiymati ekspertizasini o‘tkazish; hujjatlar yig‘majildlarini rasmiylashtirish; hujjatlar yig‘majildlarining ro‘yxatini tuzish; hujjatlar va hujjatlar yig‘majildlarini yo‘q qilishga ajratish to‘g‘risida dalolatnomalar tuzish.

Ish yuritishda hujjatlar yig‘majildlarini shakllantirishga qo‘yiladigan talablar
Tashkilotlarda ijro etilgan hujjatlar yig'majildlarini shakllan- tirish butun ish yuritish yili davomida mazkur yil uchun tasdiq­langan hujjatlar yig'majildlarining nomenklaturasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatlar yig'majildlarini shakllantirishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:

  • hujjatlar yig'majildiga nomenklatura bo'yicha hujjatlar yig'majildi sarlavhalariga muvofiq faqat ijro etilgan, to'g'ri ras- miylashtirilgan hujjatlarni joylashtirish;

  • bitta masalaning hal qilinishiga taalluqli barcha hujjatlarni birgalikda joylashtirish, ilovalarni asosiy hujjatlar bilan birgalikda joylashtirish;

  • hujjatlar yig'majildida bitta kalendar yilning hujjatlarini guruhlash, yildan-yilga o'tuvchi hujjatlar yig'majildlari bundan mustasno;

  • hujjatlar yig'majildlarida doimiy va vaqtinchalik saqlanadigan hujjatlarni alohida guruhlash;

  • hujjatlar yig'majildiga mashina yozuvlarini umumiy asoslarda joylashtirish.

Hujjatlar yig'majildiga qaytarish lozim bo'lgan, ortiqcha nusxalar, xomaki qo'l yozmalar joylanmasligi kerak. Hujjatlar yig'majildi 250 varaqdan oshmasligi lozim.
Boshqaruv hujjatlari hujjatlar yig‘majildlarida turlari bo'- yicha va unga taalluqli ilovalar bilan xronologiya bo'yicha gu- ruhlanadi.
Boshqaruv hujjatlari bilan tasdiqlangan ustavlar, nizomlar, yo'riqnomalar ularga ilova bo'lib hisoblanadi va ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar bilan birga guruhlanadi.
Agar ular mustaqil hujjat sifatida tasdiqlangan bo'Isa, u holda ular alohida hujjatlar yig'majildlarida guruhlanadi.
Asosiy faoliyat bo‘yicha buyruqlar shaxsiy tarkib bo‘yicha buyruqlardan alohida guruhlanadi.
Yuqori tashkilotlar topshiriqlari va ularni ijro etish bo‘yicha hujjatlar tashkilotlar faoliyati yo‘nalishlari bo'yicha hujjatlar yig'majildlarida guruhlanadi.
Tasdiqlangan rejalar, hisobotlar, smetalar, limitlar, titul ro'yxatlari ularning loyihalaridan alohida guruhlanadi.
Shaxsiy hujjatlar yig'majildlaridagi hujjatlar ularning kelib tushishiga ko'ra xronologik tartibda joylanadi.
Mazkur tashkilot va lining tasarrufidagi tashkilotlar ishlari masalalari bo'yicha fuqarolar takliflari, arizalari va shikoyatlari, ularning ko'rib chiqilishi va ijro etilishi bo'yicha barcha hujjatlar fuqarolarning shaxsiy masalalar bo'yicha arizalaridan alohida guruhlanadi.
Hujjatlar ushbu hujjatlar yig'majildlariga xronologik yoki alfavit tartibida joylanadi.
Yozishmalar, qoidaga ko'ra, kalendar yil davri bo'yicha guruhlanadi va xronologik tartibda ketma-ket turkumlanadi, javob hujjati so'rov hujjatidan keyin joylashtiriladi.
O'tgan yilda boshlangan muayyan masala bo'yicha yozishmalar qayta boshlanganda hujjatlar o'tgan yilgi hujjatlar yig'majildi indeksi ko'rsatilgan holda joriy yilning hujjatlar yig'majildiga kiritiladi.
Tashkilotlar faoliyatining xususiyatiga ko'ra yozishmalar o'quv yili, chaqiruv muddati doirasida ham guruhlanishi mumkin.




Download 134,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish