Bu bosqich tirik organizmlarning ovqat hazm qilish organlarida va hujayra lizosomasi fermentlari ishtirokida o‘tadi. Bu bosqichda ovqat hazm qilish organlarida ishlab chiqiladigan fermentlar ta’sirida yuqori molekulali organik birikmalar kichik molekulalarga, ya’ni oqsillar aminokislotalarga, lipidlar glitserin va yog‘ kislotalariga, polisaxaridlar esa monosaxaridlarga parchalanadi. Tayyorgarlik bosqichida hosil bo‘lgan energiya issiqlik sifatida to‘liq tarqalib ketadi. Bu bosqichda hosil bo‘lgan moddalarning bir qismi hujayraning hayotiy jarayonlari uchun zarur bo‘ladigan organik moddalarining sintezlanishiga sarfl anadi, bir qismi esa parchalanadi.
Tayyorgarlik bosqichi.
Do'stlaringiz bilan baham: |