Genetik axborotning ko chirilish turlari. Turli xil organizmlarda genetik axborot kochirilishining aniqlangan 3 xil usulini keltirish mumkin:
1. Replikatsiya genetik axborotni bitta klassdagi nuklein kislotalari ichida колchirilishi yoki nusxa olish, oz-ozidan ikki hissa kopayish. Bu fundamental jarayon hujayralar boTinishida nasliy belgilarning avloddan-avlodga ozgarmay uzatilishidan iborat. Genetik axborotni o tkazilishi nuklein kislotalarning bir
sinfida, ya'ni DNK dan DNK ga yoki ayrim viruslarda RNK dan RNK ga ko'chirish yoTi bilan amalga oshadi.
Genetik axborotni har xil klassda nuklein kislotalar ortasida - DNK dan RNK ga otkazilishiga transkriptsiya yoki kochirib yozish deb aytiladi. Transkriptsiyada replikatsiyadan farqi DNK molekulasidagi axborot toliq otkazilmaydi, uning ayrim qismlarigina kochiriladi. Transkriptsiya natijasida hamma turdagi asosiy RNK lar: (mRNK, tRNK, rRNK) va minor RNK lar hosil boTadi. Demak, DNK sistronlari faqat polipeptid zanjirining strukturasi togrisida emas, balki tRNK, rRNK va minor RNK strukturalari togrisida ham axborot saqlaydi.
Transkriptsiya jarayonida axborot togri -DNK dan RNK ga va teskari - RNK dan DNK ga otishi mumkin. Teskari transkriptsiya birinchi marotaba onkoviruslarda (олsma hosil qiladigan RNK li viruslarda) aniqlangan. Virus RNK sining nusxasi xojayin-hujayraning DNK sida teskari transkriptsiya yoTi bilan joylashib - shishli transformatsiyaga olib keladi. Teskari transkriptsiya faqat hujayraning shishli transformatsiyasida emas, ularning me'yoriy hayot faoliyatida yoki differentsiyallanish jarayonida ham ahamiyatga ega. Teskari transkriptsiya mRNK dan boshqa barcha turdagi RNK larga ham tegishli.
Genetik axborotning har xil sinfdagi makromolekulalar ortasida, ya'ni mRNK dan oqsilga otkazilishiga translyatsiya yoki tarjima deb aytiladi. Translyatsiyada nuklein kislotalari tilida yozilgan genetik axborot aminokislotalar tartibida yozilgan oqsillar sinteziga kochiriladi. Translyatsiya jarayonida faqat mRNK ishtirok etadi, rRNK va tRNK yordamchi vazifasini bajaradi. Translyatsiya faqat togri yonalishda kechadi, ya'ni mRNK dan oqsil sintez boTadi va orqaga qaytmaydi.
Hujayrada genetik axborotni kochirilishi uzluksiz jarayon, uni quyidagi sxemada ifodalash mumkin:
Hozirgi zamon biologiyasining asosiy postulati DNK RNK ni, RNK dan oqsilni hosil boTishi. Bunda DNK - axborot xazinasi, u oqsil biosintezida bevosita ishtirok etmaydi. Demak, genlar ta'sirida birlamchi mahsulot sifatida ikki turdagi makromolekulalar hosil boTadi. Bular awalo oqsil, mRNK va uning rRNK, tRNK turlari va ba'zi minor RNK lar.
Genetik axborot kochirilishining barcha turlari matritsa (qolip) mexanizmiga asoslangan boTib, bu funktsiyani faqatgina nuklein kislotasi bajara oladi. Replikatsiyada DNK ning bir zanjiri (viruslarda RNK), transkriptsiyada - DNK ning bir qismi (togri transkriptsiya yoki teskari transkriptsiya), translyatsiyada esa - mRNK, qolip boTishi mumkin. Qolip hujayradagi genetik axborotning juda aniqlik va tejamkorlik bilan o tkazilishini ta'minlaydi. Nuklein kislotali qolipdan aniq nusxani olishda nukleotidlarning mos keluvchi azotli asoslarini togri komplementarligini, ya'ni unga asosan A bilan T (RNK da U bilan) va G bilan S ning juftlashishini shart. Shu sababli har bir yangi polinukleotid zanjirida nukleotidlar qolipga mos tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |