Аmalda innovatsion faoliyat bilan shug`ullanish korxonalar uchun juda mashaqqatli ish bo`lib hisoblanadi. Buni tajribada sinab ko`ramiz:
Аnor mahsulotlarini etishtirib beruvchi va uni qayta ishlovchi agrofirma misolida
Rolli o`yinlar
ishtirokchilar berilgan topshiriqlarni “shartli mutaxassislar”ning rolini bajargan holda va guruhlarga bo`lingan holda bajarishadi. guruhlar “shartli mutaxassislar” ichidan o`ziga sardor va “korxona rahbari” tanlaydi. “SHartli mutaxassislar”ning sardorlari “korxona rahbari” rolini bajaruvchi ishtirokchiga o`z fikrlarini taqdim qiladi. “korxona rahbari” yakuniy qarorni qabul qiladi.
Har qanday sotsial guruhni muvofaqqiyatli faoliyat yuritishi uchun rollarni taqsimlash zarur. Rollar ma`noli yukdan tashqari vazifaviy belgilarga ham egadir. Masalan “jamoa ”ning maqsadli rollarga ega ishtirokchilari guruhni vazifalarini tanlab oladilar va ularni bajaradilar. Rollar tomonidan qo`llab-quvvatlovchi ishtirokchilardan guruh faoliyatini qo`llab-quvvatlash va faollashtirishga qaratilgan hatti-harakat kutiladi.
Har qanday sotsial guruhni muvofaqqiyatli faoliyat yuritishi uchun rollarni taqsimlash zarur. Rollar ma`noli yukdan tashqari vazifaviy belgilarga ham egadir. Masalan “jamoa ”ning maqsadli rollarga ega ishtirokchilari guruhni vazifalarini tanlab oladilar va ularni bajaradilar. Rollar tomonidan qo`llab-quvvatlovchi ishtirokchilardan guruh faoliyatini qo`llab-quvvatlash va faollashtirishga qaratilgan hatti-harakat kutiladi.
SHartli ravishda korxonalarda innovatsion faoliyatga ko`proq javobgar bo`lgan funktsional xizmatlar quyidagilar, deb qabul qilamiz:
maxsulot va kompaniyaning maxsulotlari, raqobat maxsulotlar texnik va boshqa isteьmol xususiyatlari uchun isteьmol talabini bashoratlaydi;
yangi bozorlar va yangi isteьmolchilarni aniqlaydi;
to`ldiruvchi tovarlar va o`rnini bosuvchi tovarlar tugrisida axborot yigadi;
ishlab chiqarish va sotish bo`yicha istiqbolli va joriy rejalar tayyorlashda ishtirok etadi;
savdo-iqtisodiy axborotlarni yaratish, yig`ish va yagona maьlumotlar bankiga jamlaydi;
ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar, maxsulotning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish uchun isteьmolchilar fikr mulohazalarini o`rganadi;
isteьmolchilarning e`tirozlari, ayrim maxsulotlarga munosabatlarini, shikoyatlarni belgilangan vaqtida bartaraf etishni nazorat qiladi;
bozorlarini kengaytirish uchun transport reklamasi, savdo ko`rgazmalari, savdo yarmarkalarida ko`z-ko`z qiladi, yuzma-yuz, pochta reklamasi kabilar yordamida reklama strategiyasini taklif qiladi;
korporativ brendingni mustahkamlash uchun takliflar tayyorlaydi.
sotishni rag`batlantirish maqsadida mahsulotning texnik-iqtisodiy va boshqa xususiyatlarini o`zgartirish takliflari va tavsiyalarini tayyorlaydi;
korxonani rekonstruktsiya qilish va ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish, kompleks mexanizatsiyalash va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish bo`yicha istiqbolli va joriy rejalarni ishlab chiqadi;
isteьmolchilar extiyojlarini qondirishga qaratilgan kompaniyaning barqaror faoliyat yuritishi uchun kuch va manbalar safarbar qiladi;
potentsial xavf darajasini baxolaydi;
innovatsiyalarni va investitsiyalarni rivojlantirish bo`yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etadi;
rentabellik o`sishi, raqobatbardoshligini taьminlash va mexnat unumdorligini oshirish choralarini izlab topadi;