Mavzu: Hisoblashlarni parallel bajaruvchi prosessorlar va ularning xususiyatlari
KOMPYUTER TIZIMLARI KAFEDRASI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI Fan nomi: “Kompyuter arxitekturasi”
MAVZU BO’YICHA MANBALAR
KOMPYUTER TIZIMLARI KAFEDRASI
R.Boqiyev, N.Mirzaxmedova, A.Primkulova. Informatoka. O’quv qo’llanma. T.: “Tafakkur”, 2016 y. 185-196 bb.
Kasb –hunar kollejlari uchun "Informatika" fanidan o’quv dastur – T, 2000y.
Kasb – hunar kollejlari uchun "Axborot texnologiyalari" fanidan o’quv dasturi –T, 2000y.
Yuldashev U. Y.,oqiyev R. R., Zokirova F. M., "Informatika" – T, 2002 y.
Abduqodirov A. A., Hayitov A., Shodiyev R. "Axborot texnologiyalari"– T, 2002y.
REJA:
KOMPYUTER TIZIMLARI KAFEDRASI
Hisoblash sistemasida bir necha parallel prosessorlar. Ko’p prosessorli haqidagi ma’lumotlar
Ma’lumotlarn parallel qayta ishlash
Ma’lumotlarni almashish va qayta ishlash usullari
Hisoblash sistemasida bir necha parallel prosessorlar. Ko’p prosessorli haqidagi ma’lumotlar
KOMPYUTER TIZIMLARI KAFEDRASI
Hyper-Threading texnologiyasi. Hisoblash tizimida parallel ishlaydigan bir nechta protsessorlar bo’lishi mumkin. Bunday tizimlar – ko’p protsessorli tizimlar deb ataladi.
Hyper-Threading (HT) texnologiyasidan foydalanilganda bir mavjud prosessor operasion sistema tomonidan ikki vitual prosessorlar kabi qabul qilinadi, bu server platformasi har bir prosessoriga ko'p oqimli server qo'shimchalarining baravariga ikki oqimini bajarish imkonini beradi. HT texnologiyasi qo'shimchalar hisoblash ehtiyojlari o'zgarishi bo'yicha prosessor o'rtasida ularning resurslarini qayta taqsimlaydi. Ko'p oqimli qo'shimchalari bilan oqimlarni parallel bajarishga imkon berib u prosessor resurslaridan maksimal samarali foydalanishni ta'minlaydi va aniq vaqt davomida ko'proq ish bajarishni amalga oshirishga yordam beradi.
Parallellashtirish jarayoni
KOMPYUTER TIZIMLARI KAFEDRASI
HT texnologiyasi prosessor resurslaridan foydalanishni samarasini oshiradi, ma'lumotlarni ishlab chiqish tezligi va sistemaning umumiy mahsuldorligini oshiradi. Ikki oqimga ijrochi resurslar bir to'plamini berib u ikkinchi oqimga faqat bir oqimni bajarishda ishsiz turgan resurslardan foydalanish imkonini beradi. Bu tashkilotlar eng talabchan korporatv qo'shimchalarni bajarishlari mumkinligini, shu bilan bir vaqtda sistemalar tez ishlashini ta'minlanadi. HT texnologiyasi 2002 yilda taqdim etilgan va o'tgan vaqt davomida ish joyi kompyuterlari, noutbuklar va HT texnologiyasini ta'minlaydigan serverlar uchun 50 milliondan ortiq Intel prosessorlari sotilgan.
Ma’lumotlarni parallel qayta ishlash
KOMPYUTER TIZIMLARI KAFEDRASI
Bir necha amallarni bir vaqtda bajarish g’oyasidan iborat bo’lgan ma’lumotlarni parallel xisoblash ikki xil ko’rinishi mavjud.
Bular: Parallel va konveyer.
Agar biror qurilma bitta amalni vaqt birligida bajarsa, u holda mingta amalni ming vaqt birligida bajaradi. Agar xuddi shunday bir vaqtda ishlay oladigan va bir–biriga mustaqil beshta qurilma mavjud deb qaralsa, u holda ular yuqoridagi mingta amalni mingta vaqt birligida emas, balki ikki yuzta vaqt birligida bajaradi. Xuddi shunday N ta qurilmadan iborat tizim 1000 ta amalni 1000G’N vaqt birligida bajarida. Unga o’xshash holatlarni hayotdan ham keltirish mumkin. Masalan, agar bitta askar polizga 10 soatda ishlov bersa, u xolda 50 askardan iborat rota bir vaqtda ishlab polizga 12 minutda ishlov beradi. Bu parallel amallar printsipi hisoblanadi.
2-rasm. Parallel hisoblash jarayoni
Konveyerli qayta ishlash.
KOMPYUTER TIZIMLARI KAFEDRASI
Qo’zg’aluvchan vergulli shaklda tasvirlangan xaqiqiy ikkita sonni qo’shish uchun nima qilish kerak? Bunda bir qator mayda amallar bajariladi. Bular: tartibini solishtirish, tartibini tenglash, normallash va boshqa amallar. Dastlabki kompyuterlarning protsessorlari yuqorida keltirilgan barcha “mikro amallarni” har bir argumentlar juftligi uchun natijani xosil qilguncha ketma-ket bajargan va bundan keyin qo’shiluvchilarning keyingi juftligini qayta ishlashga o’tgan.
Ma’lumotlarni almashish va qayta ishlash usullari.
KOMPYUTER TIZIMLARI KAFEDRASI
Massivli-parallel kompyuterlar paydo bo’lishi bilan parallel jarayonlarni aloqasini qo’lab-quvvatlovchi kutubxona interfeyslar keng tarqaldi. Bu yo’nalishning toifali vakiliga Message Passing Interface (MPI) interfeysi misol bo’ladi. Bu interfeys amalda vektor-konveyerli super - EXM dan tortib shaxsiy kompyutergacha bo’lgan barcha parallel platformalarda mavjud. Dasturning qaysi parallel jarayonlari dasturning qaysi qismida va jarayonlar bilan ma’lumotlar almashishi yoki o’z ishini sinxronlab borishi kerakligini dasturchining o’zi belgilaydi.