Moliyaviy hisobotlarni korxona va tashkilotlar faoliyatini boshqarishdagi roli
Turli mulkchilik tizimiga asoslangan iqtisod bozor mexanizmining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Uning subyektlari bo‘lgan korxona va tashkilotlar, alohida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyektlar mulkning egasi va tasarruf etuvchisi sifatida uni to‘g‘ri boshqarishdan manfaatdordirlar, bu esa, albatta, sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlari va hodisalarini davriy kuzatishni, faoliyat natijaviyligini batafsil o‘rganishni iqtisodiy tahlil qilishni talab etadi. Shu jihatdan korxona (firma) faoliyatini boshqarishning muhim vositasi va quroli bo‘lgan iqtisodiy tahlil o‘ta ahamiyatli hisoblanadi. Belgilangan rejalarning amalda qanday bajarilayotgani yoki ishlab chiqarishni borishi to‘g‘risidagi real ahvol buxgalteriya hisobi yordamida o‘rganiladi. Buxgalteriya hisobida shakllangan ma’lumotlar pirovard natijada boshqaruv chtiyojlari uchun ishlatiladi. Boshqaruv qarorlari esa tahlil ma’lumotlariga asoslanadi. Demak, iqtisodiy tahlil reja, bozordagi ahvol va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida obyektdagi o‘zgarishni miqdor va sifat jihatdan o‘rganadi hamda baho beradi. Uning yordamida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar topiladi hamda tugatiladi, obyektni yanada rivojlantirish yo‘llari belgilanadi yoki samarali ishlashni ta’minlaydigan yo‘nalishga o‘tkaziladi. Bu esa, boshqaruv qarorlarini nechog‘lik real qabul qilinishiga asos bo‘ladi. Demak, buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari ham iqtisodiy-tahlil vositasida qayta ishlanar ekan. Bu bilan tahlilning boshqaruv faoliyatini to‘g‘ri ekanligi va uning mohiyati yanada yaqqolroq ko‘rinadi. Boshqaruv jarayonida tartibga solish funksiyasi – boshqaruvchi subyektning eng maqbul boshqaruv qarorlarini qabul qilishda o‘ta muhim hisoblanadi. Bu bilan, o‘rganilayotgan obyektga kompleks yondoshilib, butun bir tuzilmani ijobiy va salbiy jihatlari nazarda tutilgan holda eng maqbul choralar yoki tadbirlar belgilinadi. Natijada, boshqaruv obyekti faoliyati yoki dasturidagi salbiy holatlar tugatiladi va boshqaruv dasturlariga aniqlik kiritiladi. Mazkur ishlar bevosita iqtisodiy tahlil yordamida amalga oshiriladi. Chunki, tartibga solinayotgan har bir obyekt har tomonlama chuqur o‘rganiladi. Boshqaruvda asosiy faoliyatni ishonchliligini ta’minlashda nazorat etishning ham roli kattadir. Uning yordamida faoliyatning borishi, ularning nechog‘lik haqqoniyligi tekshiriladi. Tekshirish jarayonini sifati, ishonchliligini oshirish uchun tahlilning usullari, tamoyillaridan 32 foydalaniladi va shu asosda kerakli xulosalar yoziladi. Misol uchun, korxonada audit tekshirishlarida moliyaviy holat; barqarorlik; natijalar va shu kabilarni o‘rganadi. Aytib o‘tilgan barcha boshqaruv funksiyalari korxonani iqtisodiy rivojlanishi uchun tayinlangan, biroq, korxonani faqatgina iqtisodiy tuzilma deb qarash ham, unga bir tomonlama yondoshishni keltirib chiqaradi, chunki, uning o‘ziga xos ijtimoiy, ekologik va boshqa shu kabi jihatlari ham mavjud. Demak, korxona tuzilmasida ijtimoiy, ekologik jarayonlarni ham tahlil etish undagi mazkur yo‘nalishdagi haqiqiy ahvol va uning takomillashtirish masalalarini o‘rganadi va ularga ta’sir etadi. Bularning natijasi esa, iqtisodiy jarayonlarga ko‘rsatgan ta’siri bilan aniqlanadi. Fikrimizni umumlashtirib, shu narsalarni aytish mumkinki, iqtisodiy tahlil korxonani boshqarishning muhim funksiyalaridan biridir. Uning yordamida:
a) boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslanishi ta’minlanadi;
b) mulk va mablag‘lardan foydalanishning muqobillik shartlarini belgilaydi va boshqaruvchi ular qatoridan o‘zi uchun maqbul bo‘lgan optimal variantlarni tanlaydi;
d) istiqbolli boshqarish uchun zamin tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |