O’qish. 4- sinf.
Mavzu: Hidi, tilimi va mazasidan.
a)ta’limiy maqsad: o’quvchilarga Z.M.Bobur haqida,uning ijodi haqida tushuncha berish.
b)tarbiyaviy maqsad: mavzu orqali o’quvchilarda buyuk ajdodlarimizning insoniy fazilatlaridan g’ururlanish tuyg’usini tarbiyalash.Vatanni sevish,Vatanga munosib
farzand bo’lish hissini tarbiyalash.
v)rivojlantiruvchi maqsad: o’tilgan mavzudan to’g’ri xulosa chiqarish,mavzuni to’g’ri,ravon,ifodali o’qish malakasini rivojlantirish.
Bundan tashqari mavzu orqali Vatanga,uning tarixiga qiziqish hissini tarbiyalash.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars uslubi:savol-javob, musobaqa,guruhlarda ishlash,muammoli izlanish.
Dars jihozi:darslik,Z. M.Bobur rasmi,t,material,test savollar.
1.Darsni tashkil qilish. O’qish faniga doir she’r ayttirish.Sinf shiori: O’rganamiz,orgatamiz.Darsimiz shori:’’Oddiydan murakkabga qarab,kelajakka bir qadam’’.(Shiorlar xo’r bo’lib ayttiriladi)
Fasllar haqida, fasllardagi tabiat hodisalari haqida suhbat.
2.O’tilgan mavzuni so’rash.Tursunboy Adashboyevni Navoiy bobomlar she’rini yoddan ayttirish. Savollar orqali mavzuni mustahkamlab olish.
a)A.Navoiy kim bo’lgan?
b)Uning qanday hadislarini yoddan bilasiz?
v)Uning eng yaqin do’sti kim?
She’rni ifodali o’qitish.Mavzuni yana bir bor o’quvchilarga mazmunini tushuntirib Alisher Navoiy haqida to’liq ma’lumot berish.
3.Yangi mavzuni bayoni: Hidi,tilimi va mazasidan.
O’quvchilarni 3 guruhga bo’lish.Har bir guruhga nom beriladi.
1 –guruh‘’ Bilimdonlar’’.
2-guruh”Zukkolar’’.
3-guruh ‘’Topqirlar’’.
1-topshiriq.O’quvchilar dastlab mavzuni mustaqil o’qib chiqadilar.So’ngra 1-guruh o’quvchilariga mavzuni ifodali qilib o’qib berish topshiriladi.
2-guruh o’quvchilari esa mavzuni mazmunini so’zlab beradilar.
3-guruh o’quvchilari Z.M Bobur ruboiylaridan aytib beradilar. Har uchala guruh javoblari tinglanib umumlashtirib olinadi va shoir haqida to’liq ma’lumot beriladi.
-Bobur A.Temur avlodlaridan.U12 yoshida Andijonga podsho bo’ladi.O’sha davrda toju-taxt uchun kurashlar kuchayib ketgan edi.Bobur o’z Vatanini tashlab ketishga majbur bo’ladi. U Hindistonga boradi va u yerda ham taxtga o’tiradi.Shoir u erda o’tirib ham o’z Vatani haqida she’rlar yozadi.U odil shoh bo’lgan,hamisha odamlarga yaxshilik qilib,o’zi yashab turgan yurtda katta bog’ barpo qiladi.Uning yaxshilik haqidagi quyidagi ruboiysi hammaning qalbidan chuqur o’rin olgan.
Har kimki vafo qilsa,vafo topqusidir,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir.
Yaxsgi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz
Har kimki yomon bo’lsa,jazo topqusidir.
So’ngra guruhlarga muammoli savol tashlanadi:-Sizlar Boburni shoir deysizlarmi yoki shoh? Nima uchun uni shoh va shoir deb ataymiz?Bobur so’zini ma’nosini bilasizlarmi? Har bir guruh bitta savolga javob beradi.
O’quvchilar javoblari tinglanib,to’ldiriladi va mavzu barcha o’quvchiga ikki nuqtadan o’qitiladi.
4.DARSNI MUSTAHKAMLASH.
Lug’at ishi.
Har bir guruh Mirzo Boburga ta’rif berib,uning xarakter xususiyatlarini berilgan qog’ozga yozadilar.
MASALAN.
MIRZO BOBUR.
Mehribon ota-vatanparvar-zamonasining o’tkir bilimdoni-buyuk saltanat egasi-shoir-kamtarin inson-Odil shox-ziyrak inson va hakoza.
Test savollari.
1. A.Navoiy qachon va qayerda tug’ilgan?
a)1441-yil 9-fevralda Hirotda.
b)1444-yil1-fevralda Andijonda.
v)1441-yil6-yanvarda Toshkentda.
2. Bobur kim bo’lgan?
a)shoir
b)shoh
v)shoh va shoir
3. Bahor she’rini kim yozgan?
a)A .Navoiy
b)Q. Hikmat
v)T.Adashboyev
4. Bobur nimani olib kelishni buyuradi?
a)qovunni
b)gulni
v)olmani
5.’’Tog’ri so’z bola’’ she’rini kim yozgan?
a)G’.G’ulom
b)H.Niyoziy.
v)A.Oripov/
5.O’quvchilar bilimi va guruhlar ishini baholash.G’olib gurihni “Bilimdon” jurnali bilan mukofatlash.
6.VAZIFA.Mavzuni o’qib,savollarga javob topib kelish.
Bobur ruboiylaridan yod olib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |