Mavzu: Hayvonlarning o’shishi. Jinssiz ko’payish



Download 29,28 Kb.
bet6/8
Sana31.01.2022
Hajmi29,28 Kb.
#420335
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14-maruza

Odamningo’sishi. Odam organizmining umumiy o’sishi rivojianish bosqichiga bog’liq. Maksimal o’sish tezligi embrion rivojlanishining dastlabki 4 oyida sodir bo’ladi. Chunki bu davrda hujayralar intensiv bo’linib ko’payadi. Embrion o’sgan sari mitoz soni kamayib boradi. 6 oydan keyin embrionda yangi muskul va nerv hujayralari hosil bo’lmaydi (faqat neyrogliya hosil bo’ladi).
Muskul hujayralarining bundan keyingi rivojlanishi davrida hujayra yiriklashadi, tarkibi o’zgaradi, hujayralararo moddalar yo’qoladi. Bu mexanizm ba’zi to’qimalarda postnatal o’sish davrida ham sodir bo’ladi. Organizm ontogenezining postnatal o’sishi 4 yoshga borganda sekinlashadi, ma’lum vaqt bir tekis o’sish kuzatiladi. Jinsiy voyaga yetish davrida (pubertat davrda) o’sish tezlashadi, ya’ni sakrash kuzatiladi. Bunday o’sish gormonlar ta’sirida sodir bo’lad Organizm bir-biriga bog’liq bo’lgan qonuniyatlar asosida o’sadi. Shunga qaramasdan, ba’zan tez o’sadi yoki o’sishdan orqada qolish ham kuzatiladi.
Odamda o’sish jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari bilan aniqlanadi. Bunday ko’rsatkichlarga bo’yning o’sishi, og’irlik, bosh aylanasi, ko’krak qafasi aylanasi kiradi.
Homilaning o’sishi. Homiladorlikning birinchi haftasida embrion qobig’i rivojlanadi. Birinchi oyning oxiriga borib, embrionning kattaligi 10 mm ga yetadi, ikkinchi oyning oxirida 3 marta, to’rtinchi oyning oxirida 30 marta kattalashadi. To’qqizinchi oyning oxirida 470 mm bo’ladi. Homila vazni tez ortadi. 3 oylikda 20 g, 6 oyligida 600-700 g, 9 oyligida 2400-2500 g dan ortiq bo’ladi.
Gavda og’irligining yoshga qarab o’zgarishi. Yangi tug’ilgan qiz bolaning o’rtacha vazni 3,3 kg, o’g’il bolaning vazni esa 3,4 kg bo’ladi. Bolaning vazni tug’ilgandan keyin birinchi oyda 600 g, ikkinchi oyda 800 g ortadi. Bir yashar bolaning vazni 6-7 kg bo’ladi. Ikkinchi yoshda bola vazniga 2,5-3,5 kg qo’shiladi, 4-6 yoshlarda bola vazniga har yili 1,5-2 kg qo’shilib bo’ladi. 7 yoshdan boshlab bolalarning vazni tez ortib boradi. Ayniqsa, jinsiy balog’atga yetish davrida har yili o’smir vazniga 6-7 kg qo’shilib boradi.
Bolalarda yoshga qarab bo’yning o’zgarishi. Yangi tug’ilgan bolaning bo’yi 48-50 sm bo’ladi. Bir yilda bolaning bo’yi 25 sm o’sadi. Ikki, uch yoshda bolaning bo’yi har yili 8 sm dan o’sadi, 4 yoshdan 6 yoshgacha har yili 5-7 sm o’sadi. Jinsiy balog’at yoshida har уilio’smirning bo’yi 7-8 sm gacha o’sadi. O’sishning asosiy qismi, ya’ni 90% i 15-16 yoshgacha va qolgan 10% i 20-25 yoshga to’g’ri keladi. 25-50 yosh o’rtasida bo’yning uzunligi deyarli bir xil saqlanadi. Undan keyin har 10 yilda 1-2 sm dan kamayib boradi. Buning sababi shundaki, umurtqalar o’rtasidagi tog’aydan iborat disklarning zichlashishi va yupqalashuvi hamda odamda jismoniy harakatlar kamayishi natijasida suyak-muskul to’qimalarining hajmi kichrayadi.
Bosh aylanasi va ko’krak qafasi o’lchamlarining yoshga qarab o’zgarishi. Yangi tug’ilgan bola boshining aylanasi ko’krak qafasining aylanasidan ortiq bo’ladi. Yangi tug’ilgan bola boshning aylanasi 34 sm, ko’krak qafasi aylanasi 33 sm bo’ladi. Bola hayotining birinchi yilida boshining aylanasi 12 sm o’sadi, keyin har yili 2 sm dan ortib boradi, 6 yoshda 51 sm, 10 yoshda 52
sm, 15-16 yoshda 53 sm bo’ladi. Katta yoshda 53- 60 sm bo’ladi.
Tana proporsiyasining o’zgarishi. Yangi tug’ilgan bola boshining uzunligi tana umumiy uzunligining 1|4, 2 yoshda 1|5, 6 yoshda 1|6 qismini tashkil etadi Yangi tug’ilgan bola qo’llarininguzunligi oyoqlar uzunligiga teng bo`ladi.
Boshqa organlarga nisbatan bosh miya tezroq o’sadi. Yangi tug’ilgan bolada katta odamnikiga nisbatan bosh miyaning vazni 25%, 6 oyligida 50%, 2,5 yoshda 75%, 5 yoshda 90%, 10 yoshda 95% ni tashkil etadi.
Butun ontogenez davrida embrion davriga nisbatan oyoqlar uzunligi 5 marta, qo’llar uzunligi 4 marta, gavda uzunligi esa 3 marta ortiq o’sadi.
Вolabir yoshgacha juda tez o’sadi. Ayniqsa, balog’at yoshida bo’y, og’irlik, ko’krakqafasining aylanasijadalo’sadi. 10-13 yoshdaqizlarning, 12-15yoshda og’il bolalarning vazni ortishi tezlashadi. Qizlarda bo’yning o’sishi 17-18 yoshida, o’g’il bolalarda 19 yoshda to’xtaydi. 11 yoshgacha qiz bolalarning o’sishi o’g’il bolalarbilanbirxilda boradi, keyin qiz bolalar tezroq o`sadi, 15-16 yoshdan esa o’g’il bolalarqiz bolalarga nisbatan tez o’sa boshlaydi. Bolalarningjismoniy va aqliy jihatdan o’sishi va rivojlanishida turmush tarzi, mehnat faoliyati, jismoniy mashqlar, kasalliklar bilan og’riganligi muhim ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, ob-havo, iqlim, quyosh radiasiyasi ham bolalar o’sishi va rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Bolalaryoz faslida tez o’sadi. Agar bola jismoniy chiniqqan bo’lsa, sog’lom va tez o’sadi, organlari bir-biriga mutanosib taraqqiy etadi. Masalan, bolalarning nafas olish organlarining takomillashuvi yurak-qon tomirlar sistemasining rivojlanishiga, nerv sistemasi funsiyalarining takomillashuviga, harakat organlari faoliyat ijobiy ta’sir etadi. O’sish va rivojlanish organizmda sodir bo’ladigan assimilyasiya va dissimilyasiya jarayonlari asosida yuz beradi. Katta odamda bu jarayonlar tenglashgan bo’lsa, o’sayotgan organizmda assimilyasiya dissimilyasiya nisbatan jadal kechadi.
Odam gavdasiningo’sishi va hajmining ortib borishini pedagog, vrach, antropolog va sosiologlaro’rganadi. Bu jarayon jismoniy rivojlanishdagi siljish yoki akselerasiya (tezlanish) deyiladi. Akselerasiya yosh avlodning jismoniy va ruhiy jihatdan tez o’sishidir.
Olimlar bolalar o’sishida keyingi yuz yil davomida ijobiy siljishlar bo’lganligini kuzatmoqdalar. Jumladan, keyingi yuz yil davomida yangi tug’ilgan chaqaloqlarning bo’yi 5-6 sm ga, kichik va o’rta maktab yoshidagi bolalarning bo’yi 10-15 smga, vazni esa 8-10 kg ga ortgan.
Hozirgi davrda katta yoshdagi odamlar gavda o’lchamlarining ortishi, odam umrining uzayishi, hayz ko’rish kechroq tugashi, ruhiy funksiyalar va odam rivojlanishidagi boshqa o’zgarishlar kuzatilmoqda.

Download 29,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish