Mavzu: Hayot tarzi va salomatlikka munosabat
Reja:
1.Salomatlikka nisbatan qarashlarimiz qanday shakllanadi?
2 Turmush tarzini salomatlikka ta’siri
3. Salomatlikni asrash.
Satomatlik va kasallikka nisbatan karashlarimiz ijtimoiy va madaniy darajada yaralar ekan, bemorlar bilan doimiy мулоqот yoki muloqot orttirilgan shaxsiy tajriba bunda sezilarli ta'sirga ega. Sog'liqni saqlash xodimlarining jamiyat a'zosi sifatida shakllanishi kasallik yoki kasallanish bilan bo'lgan doimiy to'knashish sharoitida kechadi.
Biz kishilik jamiyatining salomatlik haqidagi tasavvurlari bolalikdan oilada va jamiyatda shakllanadigan bir qismi bo'lsak-да, kasbiy bilimlarimiz va ish tajribamiz salomatlik va kasallik to'g'risidagi karashlarimizga kuchli ta'sir etishi mumkin. Salomatlik hakida gapirganimizda, haqiqatda biz tibbiy va ijtimoiy yordam xizmatlari to'g'risida gapirayotganimizni bildirishi mumkin. Bizning tasavvurlarimiz turlicha ijtimoiy va madaniy muhitlarda orttirilgan boshqa soha kishilari tasavvurlaridan mutlaqo farq qilishi mumkin. Lekin ko'pchilik uchun real mavjudlikning biotibbiy talkin qilinishi to'grirokdir. Biotibbiyot nuktai nazaridan «noratsional» tuyulgan harakat. agar buni ma'lum guruh kishilari qarashlariga ko'ra tushunilsa. mutlaqo ratsional bo'lishi mumkin.
Sog'liqni saqlash xodimlari foydalanadigan kasbiy manbalarda salomatlikka nisbatan jamiyatda qabul qilingan tasavvurlarga ko'pincha eskirgan yoki bepisand muomalani ko'rish mumkin. Bular shuni bildiradiki, kishilar fan ma'lumotlariga yetishishlarining qandaydir darajada «iloji bo'lmagan» yoki ilmiy tibbiyot ularning intellektual kobiliyatlaridan ko'pincha ancha yuqori turadi.
Haqiqatda ko'pchilik kishilar o'z sog'liklariga nisbatan juda murakkab va yaxlit qarashlardalar, ammo ular tajriba va tasavvurlarining mutaxassislar va siyosatchilar tomonidan inkor etilishini o'zlarvda ko'ra olishlari mumkin.
Buning isboti sifatida odamlar salomatligiga atrof-muhit nojo'ya omillari ta'sir qilgandagi sarosimani olish mumkin. Hukumat iqtisodiy mulohazalardan kelib chikib, aholining xavotirlarini paykamay qolishi mumkin. Ilmiy olam esa toki ilmiy-ishonarli usullar bilan o'lchanmaguncha ilmiy «dalillar» yetishmasligi sababli ularning tajribalarini tasdiqlamasligi mumkin. Ko'pincha aholi duchor bo'lgan zararli ta'sirlarni o'lchash mumkin (masalan, mahsulotning radiatsion ifloslanishi darajasi), birok bu ko'rsatkichlar iqtisodiy sabablarga ko'ra e'tiborsiz qolishi mumkin.
Adabiyotlarda, shuningdek, «kishilarning alohida guruhlari» salomatlik mezonlari to'g'risida to'liq tushunchaga ega emaslar, degan taxminlar bor. Tibbiy adabiyot tarixan ayollar tajribalari va ularning harakatini tartibga solishni inkor etuvchi patriarxal qayd etishlarga to'lgan. Bundan tashqari, «ehtiyojlar iyerarxiyasi» psixologik nazariyasiga tayangan salomatlik haqidagi ko'plab qarashlar (masalan, Maslow, 2-bobga karang) «aniq nomutanosibliyuji ilgari surmokdalar. Masalan, kambag'al kishilar salomatlik tushunchasini asosan ijtimoiy ehtiyojlariga yo'ysalar, ayni vaqtda, nisbatan boyroq kishilar (ehtiyojlar iyerarxiyasi bo'yicha boshqa darajadagilar) salomatlik tushunchasini ko'proq uning ruhiy va emotsional mezonlariga taqaydilar: Bu taxminlar noaniq va ta'sirsiz xarakterga ega.
Bu karashlar nima uchun kambag'al kishilar yukori darajada qalban ezilish his etishlarini tushuntirib bera olmaydilar. Ular kambag'allar hayotining kambag'allikni keltirib chiqaruvchi emotsional va ruhiy holatga og'ir ta'sir etuvchi emotsional mezonlarini inkor etadilar.
Salomatlikka nisbatan qarashlarda mutaxassislar va nomutaxassislarning konsepsiyalari garchi farq qilsa-da, ba'zan umumiy tushunchalar xam bor. Konsepsiyaning bu ikki modeli alohida emas, balki ko'proq bir vaqtda amalda bo'ladi. Ikkala guruh ham mutaxassislar ham, nomutaxassislar ham bu konsepsiyalardan turli holatlarda foydalanadilar. Ma'lumki, vrachlar va sog'liqni saqlash xizmatining boshqa xodimlarini salomatlikdan ko'ra ko'prok ularning kasallik va kasallanish natijasida orttirgan tajribalari qiziktiradi. Pirovardida. kishilar mutaxassislar uchun zarur, deb hisoblangan ma'lumotlar bilan kiziqmaydilar. Hamshira sifatida muomala qila bilish va davolash uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan maqsadlarni aniqlay olish esa biz uchun muayyan holatlarda qaysi qarashlar asosiyligini aniqlash hamda o'z tushunchalarimizning ishonarliligini va cheklanganligini anglay olishda zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |