Qarshi davlat universiteti Kimyo-biologiya fakulteti Biologiya yo’nalishi 2 kurs 02087- guruh talabasi Oromova Sevinchning Zoologiya fanidan tayyorlagan TAQDIMOTI 2022-YIL
Mavzu: Hayot paydo bo`lishi haqidagi zamonaviy tasavvurlar.
Reja:
1.Hayotning paydo boʻlishi
2.Yerda jonli tabiat to‘g‘risida hozirgi zamon tabiatshunosligi
3. Materiya tashkillanishining biologik bosqichlari
Hayotning paydo boʻlishi - tirik organizmlarning paydo boʻlishi va rivojlanishi toʻgʻrisidagi qarashlar majmui. [[Hayotning tabiati (qarang [[Hayot), uning paydo boʻlishi toʻgʻrisida har xil fikrlar mavjud. Ilo-hiy kitoblarda tirik jonzotlarni muayyan makon va zamonda maʼlum reja asosida oliy Yaratuvchi tomo-nidan yaratilganligi taʼkidlanadi. Qurʼonda dunyo 6 kunda yaratilganligi yozilgan. Irlandiyalik arxiyepis-kop Asher dunyo miloddan avvalgi 4004 yil oktyabrda yaratilganini hisoblab chiqqan. Kreatsionizm taʼlimotiga asosan hayot gʻayritabiiy hodisa natijasida bir marta paydo boʻlgan va oʻshandan buyon oʻzgarmasdan qolgan. Qad. Xitoy, Rim, Bobilda paydo boʻlgan nazariyalarga binoan hayot tabiatda "avjud boʻlgan narsalardan oʻz-oʻzidan (spontan) vu-judga kelgan. Yunon faylasufi Em-pedokl (miloddan avvalgi 490—430 yil) tiriklik havo, tuproq, olov va suvdan; Demokrit (miloddan avvalgi 460—370 yil) hayot loydan; Fales (miloddan avvalgi 625—547 yil) oʻsimlik va hayvonlar balchiqdan paydo boʻlgan, degan fikr bildirishgan. Aristotel fikricha, moddaning muayyan zarrachasi "hayotiy kuch"ga ega; bu kuch qulay muhitda tirik organizmni paydo qiladi: Van Gelmont (1577—1644) iflos kiyim, qorongʻi shkaf va bugʻdoy donidan 3 hafta davomida sichqon paydo boʻlganligini yozadi. Ammo Italiya vrachi va biologi Franchesko Redi ogʻzi yopilgan idishda saqlangan goʻshtda pashshalar paydo boʻlmasligini isbot qiladi.
Eukariot hujayralardagi organoidlarning prokariotlardan kelib chiq-qanligiga eng yaxshi dalil sifatida amerikalik biolog K.Voz ishini koʻrsatish mumkin. Olim va uning xodimlari oʻsimlik xloroplastlaridan olingan ribosomalar sitoplazmadagiga oʻxshamasdan ayrim sianobak-teriyalarnikiga oʻxshashligini aniq-lagan. Bundan tashqari, har xil euka-riotlar mitoxondriyalaridan olingan ribosomal RNK ham hujayra sitop-lazmasidagi ribosomal RNK ga emas, balki ayrim bakteriyalar ribosomal RNK siga juda oʻxshashligi aniqlandi. Eng qizigʻi shundaki, bu bakteri-yalarning nafas olish fermentlari toʻplami hayvonlarnikiga juda ham oʻxshaydi. Endosimbioz hodisasi tabi-atda ancha keng tarqalgan. Mas, anae-rob bakteriyalarning bir turi hujayrasi ichida mitoxondriya funksiyasini bajaradigan aerob simbiont bakteriya boʻladi. Ayrim dengiz baliqlari, korall poliplar, pogonoforalar va boshqa hayvonlar tanasida ham simbiont bakteriyalar yashaydi.
Oparin nazariyasi
1924 yilda A.I.Oparinning «Yerda hayotning paydo bo’lishi» deb nomlangan monografiyasini chop etilishi bu haqdagi fikrning to’liq o’zgarishiga sabab bo’ladi. Yerda hayot bu ikkinchi g’oya nuqtai nazaridan qaralganda evolyutsion yo’l bilan sodda organizmlarning o’zaro almashinuvi va ularni qo’shilishi natijasida murakkab organizmlar kompleksi vujudga kelishi haqidagi g’oya olg’a suriladi. Bu jarayonning sodir bo’lishigi Yer qurrasi suvlari yuza qismida sodda tuzilishli organizmlarning beqiyos ko’pligi, ayrim hollarda 1% dan 10% gacha organizmlarning vujudga kelishi uchun qulay muhitning bo’lishi, erkin energiya, xususan ultrabinafsha nurlarini doimo yerning yuza qismiga yetib kelishi sabab bo’lgan deb qaraladi.
.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Amirqulov N. Umumiy ekologiya. Toshkent, 2002 y.
2. Baratov P. Yer bilimi va o’lkashunoslik. Toshkent, 1990 y.
3. Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish. Toshkent, 1991 y.
4. Gofman P., Kadashnikov. Biologiya bilan umumiy genetika. Toshkent, 1970 y.
5. Gorelov A.A. Konsepsii sovremennogo yestestvoznaniya. Moskva, 1999 y.
6. To’raqulov Yo.H. va boshqalar. Umumiy biologiya. Toshkent, 1996 y.
7. Hamdamov I.H. Tabiat ilmining zamonaviy konsepsiyasi. Ma‘ruza matni. Samarqand, 2000y
8. Hamdamov I.H. va boshqalar. Tabiiy fanlar zamonaviy konsepsiyasi. Тошкент, 2007 y.
9. www.ziyonet.uz
10. www.aim.uz
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |