Mavzu: Haydovchisiz boshqariladigan transport vositalarining istiqbollari



Download 18,72 Kb.
bet1/2
Sana24.05.2023
Hajmi18,72 Kb.
#943067
  1   2
Bog'liq
Haydovchisiz boshqariladigan transport vositalarining istiqbollari


Mavzu: Haydovchisiz boshqariladigan transport vositalarining istiqbollari
Oxirgi vaqtlar haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar haqida ko‘p eshityapmiz. Mashhur avtokonsernlar robomobil texnologiyasi ustida ishlamoqda. Ko‘pchilik avtopilotlarni zamonaviy ixtiro, deb o‘ylaydi. Aslida bunday emas. Bu bo‘yicha ilk urinishlar 1980 yildan boshlangan. New York Times gazetasida mo‘’jizaviy mashinalar haqida hikoyalar chop etilgan.
1916 yilda Archibald Lou tomonidan radioboshqaruvga ega dron va samolyotga o‘xshab ketadigan transport vositasi kashf etildi. Albatta, bu davrning ixtirolari amaliy ahamiyatga ega bo‘lmagan, tajriba orttirish maqsadida yasab ko‘rilgan. Bundan keyingi loyihalarda ham avtonomlikka ko‘proq e’tibor berilgan, lekin ular masofaviy boshqarilmagan.
Masalan, 1980 yili Ernst Dikmans nemis tadqiqotchilarini jamlab, haydovchisiz avtomobil ustida ish boshladilar. «Prometey» deb nomlanuvchi loyiha doirasida bir qancha ilmiy ishlar yozildi. Murakkab mashina bilan shug‘ullanish ancha vaqt oldi va 1994 yili «VAmP» Mercedes avtomobili Parij ko‘chalarida harakatlana boshladi. U mustaqil ravishda soatiga 130 kilometr tezlikda harakatlangan.
2004 yilga kelib DARPA Grand Challenge robot-avtomobillari ishtirokida ilk musobaqa tashkil etildi. Shundan so‘ng ko‘plab yirik avtomobil kompaniyalarida haydovchisiz mashina yaratish g‘oyasi tug‘ildi. General Motors, Volkswagen, Audi, BMW, Volvo, Nissan, Google, Tesla Motors avtokonsernlari bu borada o‘zlarini sinab ko‘rdilar.
Guvohi bo‘lganingizdek, haydovchisiz mashina haqida ancha yillardan beri bosh qotirilyapti, lekin hamon ularning yo‘li ochilib ketgani yo‘q. Zero, bu hazilakam ixtiro emas. Avtomaktabda o‘qigan, imtihondan o‘tib, qo‘liga haydovchilik guvohnomasini olgan, kap-katta, aql-hushi joyida insonlar ishtirokida avtohalokatlar sodir etilayotgan ayni vaqtda hayot-mamot masalasini texnikaga batamom topshirib qo‘yishga shoshishmayapti.
Janubiy Koreyada 2021 yil yozining o‘rtalarida Hyundai Motor dan haydovchisiz harakatlanadigan mikroavtobus qatnovi paydo bo‘ldi. U to‘rt eshikli RoboShuttle, deb ataladigan Hyundai N350 furgonidir. Avtomobil yo‘lda vaziyatni baholaydi va nazorat qiladi, keyin qaror qabul qiladi. RoboShuttle ma’lum bir marshrut bo‘ylab harakatlanadi. Yo‘lovchilar esa yo‘l haqi uchun naqd pul to‘lamaydi, balki mavjud 20 ta bekatdan birini tanlagan holda smartfondagi ilova orqali to‘laydi. Kelajakda bunday yo‘nalishlar shaharning boshqa qismlarida ham joriy qilinishi mumkin.
Keyingi bosqichda yo‘lovchi faqat manzilni ko‘rsatadi va harakat qilish buyrug‘ini beradi. Ushbu darajadagi mashina mustaqil ravishda ma’lum bir nuqtaga yetib boradi. Hozircha yo‘llarda bunday mashinalar yo‘q. Avtomobil ishlab chiqaruvchilari BMW va Tesla bir necha yil davomida 5 chi darajali hamyonbop tizimlarni yaratishni e’lon qildi. Ammo mutaxassislarning fikricha, bu ko‘proq vaqt talab etadigan jarayondir.
ResearchAndMarkets.comning boshqariladigan avtomobillar bozori bo‘yicha global prognoziga ko‘ra, dron ishlab chiqarish hajmi 2021-yildagi 20,3 milliondan 2030-yilga borib 62,4 milliongacha oshadi. Shu bilan birga, bu borada hozirda rivojlanayotgan mamlakatlar masalan, Hindiston va Xitoy eng yuqori o‘sish sur’atlarini namoyish etmoqda. 
Yo‘l harakati xavfsizligini oshirish haydovchisiz transport vositalari hal qilishi kerak bo‘lgan asosiy vazifadir. Ammo yangi texnologiya bunga dosh bera oladimi hamda baxtsiz hodisalarning asosiy sababi bo‘lmish inson omilini minimallashtiradimi? Gap ana shunda! Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab har yili 1 million 300 mingga yaqin odam yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ladi. Baxtsiz hodisalarning 90 foizi inson omili sababli ro‘y bermoqda. O‘zini o‘zi boshqaradigan avtomobillardan kutayotganimiz esa bu foizni kamaytirishdir. 
Darhaqiqat, odamlarni eng ko‘p xavfsizlik masalalari tashvishga soladi, ya’ni har birimizni “robot xato qilmaydimi”, “u mashinani qanday boshqaradi”, degan savollar qiziqtiradi. Rostini aytganda, haydovchisiz harakatlanadigan transport vositalarining imkoniyatlari ko‘p va noyobdir. Birinchidan, ular 360 graduslik ko‘rish burchagiga ega, ikkinchidan, u spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaydi, uchinchidan chalg‘imaydi, shuningdek, bir-biri bilan ma’lumot almashadi va nihoyat doimiy ravishda takomillashib boradi. 
Haydovchisiz harakatlanadigan transport vositalariga bo‘lgan e’tiborga nafaqat bunday mashinada haydash ehtimoli, balki sodir bo‘lgan hodisalar ham sabab bo‘ladi. 
2021 yil aprel oyida Tesla avtopiloti yo‘l harakati hodisasiga yo‘liqib, 2 kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Qolaversa, bu avtonom haydovchiga yordam berish funksiyasidagi xatolar tufayli ro‘y bergan yagona baxtsiz hodisa emas. Biroq, shunga qaramay, o‘n minglab odamlar oddiy avtomashinalar bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarda halok bo‘lmoqda. Ular soni bilan solishtirganda haydovchisiz harakatlanadigan transport vositalari bilan sodir bo‘lgan avariyalarda nobud bo‘lganlar soni juda oz.

Download 18,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish