Havoning mikroorganizmlari. Havoning bakteriyalar bilan ifloslanishi boshqa muhitlar (suv, tuproq) kabi epidemiologiya tomonidan katta xavf tug`diradi. Havo muhitida turli-tuman mikroorganizmlar uchraydi: bakteriyalar, viruslar, mog`or zamburug`lari, achitqi bakteriyalar.
Havo muhitiga asosan mikroorganizmlar tuproq changlari orqali tushadi. Mikroblarni qurib qolishi natijasida boshqa muhitlarga nisbatan tezlikda o`ladi. Quyoshni ultrabinafsha nurlari ham ularni tezlikda o`ldiradi. Yopiq sport inshootlarida, ularni katta bo`lishiga qaramasdan bakteriyalar bilan ifloslanishi va changlar to`planishi mumkin. Shu sababli turar joylarda va sport inshootlarida changlarni bo`lmasligiga harakat qilish bakteriyalar bilan kurashishni samarali usuli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |