Mavzu haqida talabakarga tushuncha berish bilim,ko'nikma,malakalarini oshirish. Turli XIL nutq buzilishlarini logopedik tekshirish xususiyatlari


Maktab yoshidagi bolalar uchun quyidagi qo'shimcha ma'lumotlar talab qilinadi



Download 19,75 Kb.
bet4/4
Sana02.01.2022
Hajmi19,75 Kb.
#308618
1   2   3   4
Bog'liq
2 5350440502376270090

Maktab yoshidagi bolalar uchun quyidagi qo'shimcha ma'lumotlar talab qilinadi:

- Maktabda o'qishni boshlashda duduqlanish og'irlashdimi  yoki takrorlanib qoldimi?

- Maktabda moslashish hususiyatlari.

- Duduqlanish ta'lim jarayonida qanday namoyon bo'ladi (joydan va doskadan javob berish, yozma javob berishga o'tish va hk). Bola darsda qanday javob berish usulini afzal ko'radi.

- O'zlashtirish darajasi.

- tengdoshlari bilan muloqotlar xususiyati.

- Ota-onalar bilan munosabatlarning tabiati.

- "qiyin" tovushlarning mavjudligi va logofobiya.

H) MTT tarbiyachisi, psixologi, musiqa rahbari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar tahlil qilinadi.

Nutq funktsiyasini tekshirishda quyidagilar qayd etiladi:

1. Nutqiy xulq-atvorining xususiyatlari. Kirishuvchanlik, nutqiy faollik, muloqotga kirishish, chetlashish, impulsivlik, vaziyat o'zgarishiga reaktsiya xarakteri (nutq jarayonlarining dinamikligi va o'z vaqtida bo'lishi, aloqa mavzusini o'zgartirganda moslashuvchanlik), nutqni tashkil etish tahlil qilinadi.

2. Nutq tempi (sezilarli darajada tezlashgan; biroz tezlashgan; o'rtacha; ozgina sekinlashgab; sezilarli darajada sekinlashgan; notekis).

3. Ovoz (baland; past; modulyatsiya qilingan; modulyatsiya qilinmagan; burunlashgan; xirillagan va boshqalar).

4. Nafas olish (qorin, yuqori ko'krak; ritmik, aritmik; etarli darajada chuqur, sayoz; tarang va h.k.).

5. Har xil nutq turlarida duduqlanishning og'irligi:

- birgalikdagi  nutqda;

- aks ettirilgan nutqda;

- pichirlagan nutqida;

- avtomatlashtirilgan qatorlarda;

- she'r o'qiyotganda;

- nasr o'qiyotganda;

- savol-javob nutqida;

- berilgan mavzu bo'yicha hikoyada;

- o'qilgan narsalarni qayta hikoya qilishda;

- o'z-o'zidan nutqda.

6. Nutqiy sudoraga  turi: tonik, klonik, aralash.

7. Sudoragalarni lokalizatsiyasi:

- nafas a'zolarida: inspiratuar; ekspiratuar;

- vokal: vokal; ovoz paychalarini yopilishida; laringeal titrovchi spazm;

- artikulyatsion: lab; til; tanglay pardasining sudoragasi;

- yuzning murakkab sudoragalari.

8. Qiyin tovushlarning mavjudligi (tovushli fobiya).

9. Emotsional ahamiyatga ega nutq vaziyatlarining mavjudligi (ushbu holatlarni batafsil sanab bering).

10. Nutqiy hiylalarni mavjudligi: (so'zlarni almashtirish; so'zlarni qayta tuzish; embolofraziya; nutqiy muloqotni o'zboshimchalik bilan cheklash).

11. Ihtiyorsiz hamroh harakatlarning mavjudligi va ularning tabiati.

12. Nutqiy qiyinchiliklar paytida duduqlanish boshidan kechirgan sub'ektiv hislar: lablaridagi taranglik; tilda taranglik; jag'ning taranglik; tomoqni tarangligili; ko'krak qafasidagi taranglashishi; diafragma sohasidagi taranglik; umumiy mushaklarning tarangligi;  nafas olishda qiyinchiliklar va boshqalar. (Ushbu belgilar faqat o'spirinlarda va kattalarda aniqlanadi).

13. Duduqlanishni kuchaytiradigan omillar:

- hayajon;

- charchoq;

- begonalar bilan suhbatlar;

- shovqin;

- o'zligini boshqara olish.

14. Nutqni yaxshilaydigan omillar:

- shovqin;

- o'zligini boshqara olish;

- e'tiborni boshqa narsaga qaratish;

- nutqning harakat bilan uyg'unlashtirish.

15. Suhbatdoshning yordamiga munosabat: ijobiy; salbiy; befarq.

16. Nutqning nuqsoniga munosabat: etarli; etarli emas; haddan tashqari baholangan.

17. logofobiya mavjudligi: tnlangan vaziyatli; umumlashtirilgan va boshqalar.

18. Duduqlanishsiz  nutq davrlarining mavjudligi: muntazamliligi, davomiyligi.

19. Duduqlanishning namoyon bo'lishiga emotsional holatning ta'siri.

20. Duduqlanish kechishi: progressiv; regredient; statsionar; to'lqinsimon.

21. Duduqlanish bilan birga keladigan boshqa nutq nuqsonlari.

22. Nutq tutilishlarining og'irligini aniqlash: engil; o'rta engil; o'rtacha darajadagi duduqlanish; o'rta-og'ir duduqlanish; og'ir duduqlanish; duduqlanish tufayli nutqiy muloqot deyarli amalga oshmaydi.

Xulosa


Duduqlikni tekshirish natijalari logoped tomonidan psixologik-pedagogik xulosa shaklida umumlashtiriladi. Xulosada duduqlanuvchini o'rganishning barcha jihatlarining umumlashtirilgan ma'lumotlarini aks ettirish kerak, bu me'yordan ma'lum bir og'ishlarni aniqlashga imkon berdi.

Xulosada logoped quyidagilarni aks ettiradi:

- markaziy asab tizimining organik jarohat belgilarining mavjudligi (tibbiy xulosa asosida);

- nutq va motorikaning ontogenezining xususiyatlari;

- duduqlanish paydo bo'lishida psixogeniyaning ahamiyati;

- duduqlanish paydo bo'lgan yoshi;

- duduqlanishning og'irligi;

- sudoragalarning turi va lokalizatsiyasi;

- sudorogalarning namoyon bo'lishining hissiy holatga bog'liqligi;

- logofobiyaning mavjudligi;

- duduqlanishni kechishi;

- boshqa nutq nuqsonlarining mavjudligi.



Mazkur ma'lumotlar asosida, logoped duduqlanishning klinik shakli(nevrotik, nevrozsimon, aralash)ni aniqlash imkoniga ega bo'ladi.  E.A. Loginov va S. B. Yakovlev bolani duduqlash bilan tekshirish sxemasini taklif qiladi.




Download 19,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish