O’yin bir necha muhim funksiyalarni bajaradi:
Biologik o‘yin. Go‘daklik davridan boshlab o‘yin bolaning qo‘l motorikasini, tana va ko‘z harakatlarini rivojlantiradi, shuningdek, energiyani sarflashiga hamda o‘zini erkin tutishiga imkoniyat yaratadi.
2.Shaxsiy o‘yin. O’yin faoliyati bolaga tashqi olamni anglashga, o‘z tanasi hamda ruhining qanday imkoniyatlarga ega ekanini bilishga yordam beradi. Demak, o‘yin bolaning bevosita kognitiv sohasiga ta’sir qilar ekan. O’yin bolaga fantaziya va simvolizatsiya yordamida “orzularining amalga oshishiga”, o‘z “men”i bilan bog‘liq nizolarni hal qilishga imkon yaratadi.
3.Shaxslararo o‘yin. Bola asosiy ijtimoiy malakalarni o‘yin jarayonida egallaydi: o‘yinchoqlami bo‘lishishdan tortib, fikr almashinishgacha. Bu funksiyalardan asosan guruhiy va oilaviy terapiyada foydalaniladi.
4.Ijtimoiy - madaniy o‘yin. Har bir tarixiy davrda bolalar kattalar rolini o‘zlashtirib, o‘z repertuarini kengaytirganlar. O’yin orqali bolalar ushbu rol egasi jamiyatda nima ish bilan shug‘ullanishi, uning g‘oyalari, xulqi va qadriyatlarini tushuna boshlaydi.
O’yin mashqlaridan misollar. Qo‘rquvni yengish bilan bogliq o‘yin.
Tish doktori (itdan qo‘rqqan holatlarda ham foydalanish mumkin). O’yin uchun o‘yinchoq kuchukcha va boshqa hayvonchalar zarur. Psixolog bolaga: “qara, qanday shirin kuchukcha. Uning ismi Bobik. Uning quloqlari katta, og‘zi ham katta, tishlari o‘tkir. Lekin kuchukchaning tishlari og‘riyapti, u yig’layapti. Yordam berish kerak. Kel, sen hayvonlarni davolovchi shifokor bolasan.” Bola itga ukol qiladi, tishlarini tozalaydi, plastilindan plomba yasaydi va h. k. Boshqa hayvonlarni ham da’volashni taklif qilish mumkin.
4.O’yinlarni o‘tkazishda trenerga tavsiyalar. Guruhlar bilan ishlashda o’yin samaradorligini oshirishda, albatta, trenerning kasbiy mahorati asosiy o’rinni egallaydi. O’yin mashg’ulotlarida trenerning kutilmagan vaziyatlarga nisbatan inprovizatsiyaning hosil qilish qobiliyatining mavjudligi bilan o’yin mashg’ulotining samarador natijalar bilan yakunlanishiga asos bo’ladi.
O’yinning oxiri har doim qandaydir emotsional ahamiyatga ega bo’lishi kerak. Ya’ni o’yin oxirida albatta ikki xil holat kuzatilishi zarur: Birinchidan, ishtirokchilarda ko’tarinki kayfiyat kuzatilishi lozim. Ikkinchidan, o’yindagi o’zaro munosabatlardan mantiqiy yakun kelib chiqish kerak. Eng oddiy emotsional olqish sifatida qarsak rol o’ynashi mumkin, vaziyatdan kelib chiqqan holda olqishlashning boshqa usullaridan ham foydalanish mumkin. O’yin payitidagi o’zaro munosabatlarning muvaffaqiyatini ta’minlash uchun trener guruhdagi shart - sharoitlarni, masalan, guruh a’zolarining yoshini, qiziqishlari kabilarni hisobga olishi zarur. Hamma o’yinlar ham turli yoshdagi guruhlarda muvaffaqiyatli o’tavermaydi. Har bir o’yin guruh bilan ishlash jarayonida o’z o’rniga ega bo’ladi. O’yinlar o’ziga xos mantiq asosida tashkil qilinishi lozim, masalan, “taktil to’siqlarni bartaraf etish” o’yinini o’tkazmasdan turib, “ishonch asosida ” o’yinini o’tkazib bo’lmaydi. “ Ismlarni eslab qolish o’yini” muvaffaqiyatli o’tishi uchun doira shaklida o’tirgan ishtirokchilar bir - birlarining ismini eshitganligiga, bir -biriga ahamiyat berganligida ishonch hosil qilish kerak, chunki bilmagan narsani esda saqlab bo’lmaydi.
Boshlovchi guruh bilan ishlashdan oldin o’yinni o’tkazish uchun zarur bo’lgan barca materiallarni va xatti - harakatlarini yaxshilab o’ylab olishi kerak. Qatnashchilarni o’yinga qiziqishini oshirish uchun materiallarning yorqinligi, jozibadorligi nazardan qochirmaslik lozim.
Boshlovchi e’tibor berishi kerak bo’lgan muhim jihatlardan yana biri - guruhning o’yin jarayoniga kirishib ketishidir. Har bir guruh uchun o’yinlar qandaydir yangi va oziga xos hodisadir. Shuning uchun o’yinlarni tanlashda “oddiydan murakkabga” tamoyiliga amal qilish zarur. Ayni hollarda boshlovchining kayfiyati ko’tarinki bo’lishi va ko’zlangan maqsadga erishishi uchun bu kayfiyatni guruh a’zolariga ham “yuqtirish ” kerak. Agar guruh o’yinga kirishishni istamasa cho’chish kerak emas, bu odatlanilmagan holatga nisbatan dastlabki aks ta’sir (reaksiya) bolib, tezda o’tib ketadi.
Albatta, koplab o’yinlarni o’tkazish jarayonidagi boshlovchida bu boradagi zarur ko’nikma va malakalar shakllanib boradi, biroq muayyan o’yin qoidalarini bajarish, vazifalarni tushunish, shart- sharoitlarni hisobga olish natijasida trenerning ishi osonlashadi, eng muhimi - guruhdagi ishning sifati oshadi, trening oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalar yuqori darajada amalga oshiriladi. Shunday ekan, trening jarayonida o’yinlardan unumli foydalanishga harakat qilish zarur.
1. Rolli o‘yinlar va “Psixodramma”. Ro’lli o’yinlar hayotiy vaziyatlar va munosabatlar modellashtiriladigan, maxsus tashkil qilinadigan o’yinlardir. Ular shaxslararo munosabatlar harakterini anglash, bu munosabatlarni yaxshilash ishida qo’l keladi. Trening jarayonida rolli o’yinlar ko’pincha turli ishtimoiy rollami bajaruvchi kishilar orasidagi munosabatlami muvofiqlashtirish uchun taklif qilinadi. Ijtimoiy rollarga biz hayotda o’zimiz sezmagan holda duch kelamiz. Jumladan, oilada turmush o’rtoq, ota - o’gil ona - qiz, yo’lovchi , xizmatchi, talaba, rahbar va xakozolar. Bular faqat inson ekanimizni anglatuvchi tushunchalargina emas, balki muayyan ijtimoiy rollar hamdir. Ulardan har biri o’z yo’l-yo’riqlari va xulq-atvor qoidalari va normalariga ega.
Rolli o’yinlarda asosiysi - muloqot yoki munosabatdir. O’z pozitsiyamizni o’zgalarnikiga moslashtirish jarayonida munosabatlarning yangi usullarini ishlab chiqishimiz mumkin. Bunda odatlanilgan xulq -atvorning yaxshi va yomon jihatlari yaxshiroq aylanadi yoki boshqa ishtirokchilar bilan bevosita muloqot jarayonida yangi xulq - atvor ko’rinishlari shakllantiriladi.
Rolli o’yinlarda xulosa chiqarish, tajriba to’plash va uni anglash va kundalik hayotga tadbiq etish muhimdir.
Rolli o’yinlarni o’tkazish qoidalari. Qoidalar nafaqat o’yinga, shuningdek, uning yakunlarini muhokama qilishga ham tegishlidir. O’yin qoidalari o’yinning mazmunidan kelib chiqqan holda ishlanadi. Bunda o’yindagi o’zaro munosabatlar va tajriba almashishga katta ahamiyat berish zaryr.
O’yinda qatnashayotgan har bir ishtirokchi o’zi va o’zgalar bilan samimiy munosabatda bolishi, taklif qilingan rolga ma’suliyat bilan yondoshishi zarur.
Tajribalarni o’rtoqlashayotgan ishtirokchilarning fikri treningning fikriga mos kelmagan holda ham trener ularning nuqtai - nazarini hurmat qilishi zarur. Shuning uchun ham hamma bir-birini fikrini bo’lmasdan, diqqat bilan eshitib boshqa ishtirokchilarning o’yin jarayonida nimalarni his qilganini tushunishga harakat qilish zarur.
Muhokamada barcha ishtirokchilar o’z kechinma va hissiyotlari haqida gapirishi, boshqalarning xatti - harakatini tahlil qilmasligi shart. Ularning fikrini tajribasini o’zidan eshitgan ma’qul.
Rolli o’yinlar foydali usul bo’lishi bilan birga uni o’zlashtirish qiyinroqdir. Quyidagi tavsiyalar bu usulning foydaliligini oshirishga yordam beradi:
Treningni dastlabki kunlarida o’yinga ko’ngilli, sergap va faol ishtirokchilarni tanlab olish lozim;
Trenerning o’zi ham bosh ro’llarda birini ijro etishi maqsadga muvofiqdir;
Ishtirokchilarga qaysi yo’nalish bo’yicha haharakat qilishlari lozimligini tushuntirish yoki ularning ishini boshlab olishlari uchun birorta ssenariy taklif etish kerak;
Ishtirokchilarga instrnksiya berishda “rekvizit”lar - shliyapa, ismlar yozilgan kartochka pariklar va h.xakozalardan foydalanish mumkinligi ekanligini;
Trener imkon bo’lsa, vaziyatni yumor bilan to’ldirishga harakat qilishi lozim;
Butun guruhni juftliklarga bo’lib tashlash va ha bir juftlik hayotiy vaziyatlardan kelib chiqib, ma’lum bir sahnani (ota - o’gil kabi) rollar ijro etishni so’rash kerak. Shu tarda butun guruh oilada mavjud bo’lgan xijolatchilik, bir - biridan uyalish kabilar yo’qoladi.
Psixodramma usuli Y.L.Moreno tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, guruhiy psixoterapiiyaning turlaridan biridir. Psixodramma sahnalashtirilgan tomosha shaklida o‘tkaziladi. Mijozlar uchun og‘riqli va muammoli bolgan vaziyatlar sahnalashtiriladi. Qatnashchilar bu vaziyatlarda o‘zining yoki boshqa kimsaning rolini ijro etadilar. Ba o’zida sahnalashtirilgan muammoli vaziyatni tomoshabin sifatida kuzatadilar. Rolli o‘yindan keyin mijozlar ruhan yengil tortib, o‘zlarini yaxshiroq anglay boshlashadi, muloqot ko‘nikma va malakalarini egallab borishadi. Psixodrammada qollaniluvchi asosiy texnikalar quyidagilardan iborat: Rol almashtirish texnikasi. Psixolog ishtirokchidan qadrli insonining o‘rnida o‘zini tasavvur etishni, uning xulq-atvori, xatti- harakatlari va so‘zlarini takrorlashni so‘raydi. Bu vaziyat insonning atrofidagi odamlarni yanada chuqurroq tushunishiga yordam beradi, uning empatiya qobiliyati kuchayib, odam o‘zini real idrok qilishga erishadi.
Nusxa olish. Bunda psixolog yoki boshqa ishtirokchilardan tayinlangan yordamchi “Men” ishtirokchining ayta olmaydigan ichki hissiyotlarini chiqarib beradi.
“Oyna” texnikasi. Ishtirokchi o‘z tuyg‘ularini so‘z yoki xatti- harakat orqali namoyon eta olmaganida, yordamchi “Men” sahnada uning rolini ijro etadi. Uning tuyg‘ularini va xatti-harakatlarini xuddi unikidek tasvirlashi kerakki, ishtirokchi o‘zini oynada ko’rayotgandek tasavvur qilishi lozim.
“Kelajakni loyihalash”. Bunda ishtirokchiga kelajakdagi o‘z xulq- atvorini tasvirlash imkoniyati beriladi.
Tushlarning psixodramatik taqdimoti. Bu texnikada tushlar, fantaziyalar, gallyutsinatsiyalar aks ettirilib, insonning ichki realligini anglash sohasi kengaytiriladi.
Bundan tashqari, psixodrammada yana ko‘pgina usullar qollaniladi. Biz yuqorida eng ko‘p foydalaniladigan, amaliyotda ko‘p ishlatiladigan usullarni keltirib o‘tdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |