NEFTDAN OLINADIGAN MOYLAR
Distillyat moy frakstiyalaridan qayta ishlab olingan surkov moylari- distillyat moylar deyiladi, gudrondan olinganlari-qoldiq moylar deyiladi. Boshlang’ich moy frakstiyalaridan moy komponentlarini olish murakkab ko’p bosqichli jarayondir. Xar bir bosqichni vazifasi moylarni ekspluatastiya xususiyatini pasaytiradigan gruppalar birikmasidan tozalashdir. Neft frakstiyalaridan hamma kislotali xossaga ega bo’lgan birikmalarni, to’yinmagan uglevodorodlarni, qisman oltingugurtli va smolali birikmalarni, qisqa yon zanjirli polistiklik aromatik uglevodorodlarni, qattiq parafinlarni chiqarib tashlash kerak. Boshlang’ich moy frakstiyalaridan moy komponentlarini olish asosida yuqorida ko’rsatilgan zararli komponentlarni tozalash yotadi. Bu usullar-fizik (erituvchilar bilan ekstrakstiyalash), eritmadan past haroratda cho’ktirish, fizik-ximik- adsorbstiya, kimyoviy usul-N2SO4 bilan tozalash va gidrotozalashdir.
Qoldiq moylarini ishlab chiqarish distillyat moylarni ishlab chiqarishga nisbatan murakkabdir, chunki gudronda asfalten-smolali birikmalar juda ko’p. Mazutni vakuum ostida haydalgandan keyingi qolgan qoldiqni-gudronni deasfaltizastiya qilinib undagi bo’lgan smolali-asfaltenlarni chiqarib olinadi. Deasfaltizat saylab tozalovchi eritmalar-fenol yoki furfurol bilan tozalanadi. Bundan maqsad-qolgan smola-asfaltenlarni va yonbosh zanjiri qisqa bo’lgan polistiklik aromatik uglevodorodlarni ajratib olish. Selektiv (saylab) tozalangan rafinatdan erituvchilar asteton, dixloretan yordamida qattiq parafinlarni cho’ktiriladi. Deparafinlangan mahsulotni adsorbstiya yoki gidrotozalash yordamida me’yoriga etkaziladi.
Distillyat moy frakstiyalari, odatda, deasfaltizastiya qilinmaydilar.
Distillyat va qoldiq moylarni umumiy texnologik sxemasi shu bilan farq qiladi. Moy frakstiyalari tozalangandan so’ng moylarni rangi o’zgaradi, ular ancha rangsizlanadi. Smolali va polistiklik aromatik uglevodorodlardan tozalash natijasida moylarni kokslanishi va yopishqoqlik indeksi ortadi. Smola va to’yinmagan uglevodorodlardan tozalash moyni termobarqarorligini oshiradi. Kislota xususiyatiga ega bo’lgan uglevodorodlardan tozalash esa korroziya aktivligini pasaytiradi va qattiq uglevodorodlardan tozalash qotish temperturasini pasaytiradi.
Moylarni tovar xolatiga keltirib tayyorlash komponentlarni aralashtirish qurilmasida olib boriladi. Yengil, o’rta va og’ir distillyatlar va qoldiq komponentlar bo’lsa moylarni xoxlagan navini tayyorlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |