Bog'liq Mavzu; gsm 5G tarmoq standarti tahlili Mundarija Kirish Reja; I
II BOB. 4G MOBIL ALOQA TARMOQLARI XIZMAT KO’RSATISH SIFATINI BAHOLASH 2.1. Harakatdagi radioaloqa tizimlarining vazifasi va xizmat ko’rsatish zonasining o’lchami Harakatdagi radioaloqa tizimilari(XRT)ni vazifasi va xizmat ko’rsatish
zonasining o’lchamlariga bog’liq ravishda 4 sinfga ajratish mumkin:
1. Xizmat ko’rsatish zonasi bitta nurda 400-800 km va orbitaning balandligiga
bog’liq ravishda bir sun’iy yo’ldosh uchun 3000-8000 km diametrdagi
sun’iy yo’ldoshli aloqa tizimlari;
2. Ta’sir etish radiusi 0.3 dan 35 kmgacha bo’lgan uyali harakatdagi radioaloqa
tizimlari;
3. Xizmat ko’rsatish zonasi antennaning ko’tarilish balandligiga qarab 2 dan
50 km gacha bo’lgan radiusda ishlovchi professional mobil (Tranking)
radioaloqa tizimlari;
4. Sota o’lchamlari 0.3 km radiusgacha bo’lgan simsiz telefoniya tizimlari.
Turli sinflardagi tizimlar orasidagi farq, avvalo, taqdim etiladigan xizmat
turlari va sifatidan iborat. Yuqoriroq sifatni ham mobil, ham stasionar (umumiy
foydalanishdagi telefon tarmoqlari, ISDN va boshqalar) abonentlar uchun ikki
tomonlama radioaloqa xizmatlarini taqdim etadigan sotali tarmoqlar va simsiz
telefoniya tizimlari ta’minlaydi. Aynan shu xizmatlar, lekin kamroq imkoniyatlar
bilan sun’iy yo’ldoshli tizimlarda ishlatiladi. PMR tizimlarida esa asosiy xizmat
ko’rsatish turlari yarim dupleksli aloqa va abonentlarni guruhli chaqirish
hisoblanadi [19].
Xizmat ko’rsatish zonalarining o’lchamlari xizmat ko’rsatiladigan hudud
bo’yicha abonentlarning zichligi va taqsimlanish xarakteriga bog’liq. Abonentlar
soni yuqori zichlikli joylarda 100m gacha radiusli femtosotalar va pikosotalar
yaratiladi, ko’p binoli va aholisi yuqori zichlikda joylashgan hududlarda esa
mikrosotalar (0.1-0.5 km) tashkil etiladi. Shahar va shahar atrofidagi zonalarni
qamraydigan makrosotali zonalarning ta’sir etish radiusi 30-35 kmdan oshmaydi.
Olis va borish qiyin tumanlarda qishloq joylarida abonentlarga xizmat ko’rsatish
ham sotali, ham sun’iy yo’ldoshli tizimlarda amalga oshirilishi mumkin.
Sotali tarmoqlar va simsiz telefoniya tizimlari bir kvadrat kilometrli
hududda 10000 erlangacha bo’lgan katta zichlikda joylashgan abonentlarga xizmat
ko’rsatishi mumkin. Tranking tarmoqlar esa trafik hajmi 1-2 erl/kv.kmdan
oshmagan hollarda samaraliroq hisoblanadi. Sotali tizimlarda spektral
samaradorlikni oshirish uchun TDMA va CDMA ko’p stansiyali ulanish
texnologiyalari qo’llaniladigan keng polosali kanallardan foydalaniladi. Shu bilan
bir vaqtda PMR tarmoqlarda asosan FDMA yoki TDMA li qisqa polosali kanallar
qo’llaniladi.
Boshqa farqlar aloqani tashkil etish sxemasida bo’ladi. Sotali aloqa va
simsiz telefoniya tizimlarida abonentlar orasida individual chaqiruvlar amalga
oshiriladi. Bunda so’zlashuvning o’rtacha davomiyligi bir necha minutlarga еtishi
mumkin. PMR tizimlarining odatiy ish rejimi esa qisqa uzatishga, lekin tez-tez
chaqiruvlarga (1 minutdan kam) asoslangan. Chaqiruvlar to’g’ridan-to’g’ri, yoki
dispetcher orqali amalga oshirilishi mumkin. PMR tizimlarida aloqa o’rnatish vaqti qoidaga ko’ra, 0.3s dan oshmasligi kerak.
Chastotaviy resursdan foydalanish usuli bo’yicha harakatdagi radioaloqa
tizimlari ikki sinfga ajratiladi:
- abonentlarga kanallar qattiq biriktirilgan aloqa tizimlari;
- umumiy xizmat ko’rsatish zonasida abonentlarning talabi bo’yicha
kanallarni taqdim etishli tizimlar.
Kanallarning o’zgartirilmasdan biriktirishli tizimlarda yuqori operativ aloqa
ta’minlanadi. Kanallarni o’zgartirilmasdan biriktirish prinsipi PMR konvensional
tizimlarida keng tarqaldi. Tranking tizimlar erkin ulanishli tizimlar qatoriga kiradi.
Ular tanlangan chastotalar guruhi ichida istalgan kanalda ishlash imkoniyatini
beradi; binobarin, aniq (konkret ) bir kanal ajratilgan resursga biriktiriladi. Sotali
aloqa va simsiz telefoniya tizimlarida abonent bir xizmat ko’rsatish zonasida
joylashganida talab bo’yicha kanalni taqdim etish ta’minlanadi.
XRTda yangi tizimiy va texnik еchimlardan foydalanish signal/shovqin7
nisbatini (inglizcha Eb /N0) yaxshilash imkoniyatini berdi. Agar analog tizimlarda
Eb /N0 nisbat 17-18 dB bo’lgan bo’lsa, unda raqamli tizimlarda bu ko’rsatkich 7-9 db ga teng bo’ldi.
Harakatdagi radioaloqa еr usti tizimlari uchun (sun’iy yo’ldoshli tizimlardan
tashqari) o’zaro nisbiy xarakteristikalar 2.1-jadvalda keltirilgan. Keltirilgan
tizimlar ro’yxati yetarlicha to’liq bo’lmasada, baribir, u yoki bu tizimni qurishdagi
farqlarni baholash imkonini beradi.
“Signal-shovqin” nisbati bu 1 bitli signal energiyasini 1Gs dagi shovqinlar
quvvati zichligiga nisbatidir (Eb /N0). XRTda bu parametr ko’rsatkichi qanchalik
past bo’lsa, tizimning aloqa sifat shunchalik yuqori bo’ladi. Eb /N0 ko’rsatkichi
katta amaliy ahamiyatga ega, chunki xatoli bitlarning paydo bo’lish tezligi bu
nisbatning (kamayuvchi) funksiyasi hisoblanadi.(2-jadval)