Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti Agrobiologiya va o‘simliklarni himoyalash fakultetining agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo‘nalishi talabasi Chovdirboyeva Barnoning agrokimyo Fanidan Tayyorlagan
Mavzu: G‘o‘zani o‘g‘itlash Reja: 1.G‘o‘zani oziqlanish asoslari.
2.G‘o‘zaga azotli o‘g‘itlarni qo‘llash meyori, muddati, usullari va shakllari.
3.Almashlash ekish dalasida fosforli o‘g‘itlarni qo‘llashni ahamiyati.
4.G‘o‘za hosildorligini oshirishda kaliyli o‘g‘itlarni qo‘llash va uni samaradorligi.
G‘o‘za asosan Markaziy Osiyo Respublikalarida yetishtiriladi. Sug‘oriladigan yerlarda g‘o‘zaning asosiy qismi bo‘z tuproqli, shuningdek, o‘tloq va o‘tloq-buz tuproqli yerlarda eqiladi. G‘o‘za o‘simligi xalq xo‘jaligining asosiy ekinlaridan biri hisoblanadi. Respublikamizda 1 mln 360 ming sug‘oriladigan maydonga eqiladi.
G‘uzaning o‘rtacha hosildorligi 2004 yil 25,7 s/ga ni tashkil etdi. Umuman 28-36 s hosil olish imkoniyatlari bor. G‘o‘za o‘simligi biologik jihatdan ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib bizning sharoitda bir yillik ekin sifatida ekib yetishtiriladi. G‘o‘za o‘simligi kuchli o‘q ildizli tizimga bo‘lib tuproqning 120-180 sm chuqurligiga va 150 sm kenglikga tarqalib o‘sadi. Bir tonna paxta va shunga mos miqdordagi vegetativ massa to‘plash uchun g‘o‘za tuproqdan o‘rta hisobda 50-60 kg azot, 15-20 kg fosfor va 50-60 kg kaliyni o‘zlashtirib ketadi. G‘o‘za o‘stirilgan yerlardan oziq elementlarining chiqib ketishi hosildorlik darajasiga va uning strukturasiga bog‘liq. Gektaridan olinadigan hosil yuqori (40-45 s) bo‘lganda vegetativ va reproduktiv qismlar orasidagi nisbat ancha qulay bo‘ladi va 1 t. Paxta yetishtirish uchun sarflanadigan oziq moddalar miqdori nisbatan kam, hosilga qaraganda oz bo‘ladi.
G‘o‘za maysasi unib chiqqandan to shonalash davrigacha juda sekin rivojlanib quruq moddaning atigi 4-5 foizi shakllanadi. Shonalashdan to gullashgacha o‘simlik quruq massasining 25-30 foizi shakllanadi. O‘suv qismining jadal to‘planishi ko‘saklarning ochilish davrigacha davom etadi. Quruq massa miqdorining bundan keyingi ortib borishi hosil organlari salmog‘ining ortishi hisobiga sodir bo‘ladi. G‘o‘zani oziq moddalarga bo‘lgan talabi bevosita quruq massaning to‘planish tezligi bilan bog‘liq, lekin bu jarayon bir meyorda ketmaydi.
Boshqa ekin turlari kabi g‘o‘za ham o‘suv davrining boshlarida fosfor va azotga o‘ta talabchan. Bu davrda g‘o‘za azot va fosfor tanqisligiga ta’sirchan bo‘ladi, vaholanki, chigit unib chiqqandan to shonalashgacha bo‘lgan davr ichida u hosil bilan chiqib ketadigan oziq elementlarining bor-yo‘g‘i 8-10 foizi miqdorida talab qiladi. G‘o‘za gullash boshlashdan to yoppasiga pishguncha qadar oziq moddalarni eng ko‘p miqdorda o‘zlashtiradi
Bir tonna paxta xomashyosi va unga mos vegetativ massani to’plash uchun g’o’za tuproqdan o’rta hisobda 50—60 kg azot, 15—20 kg fosfor va 50—60 kg kaliyni o’zlashtiradi. G’o’za yetishtiriladigan maydondan oziq moddalarning chiqib ketishi hosil miqdori va tarkibiga bog’liqdir. Hosildorlik yuqori (45—50 s/ga) bo’lganda, g’o’zaning hosil qismlari o’suv organlariga nisbatan kuchliroq rivojlanadi va tabiiyki, bunda bir tonna xomashyo uchun nisbatan kamroq miqdorda oziq moddalari sarflanadi
G’o’za nihollarini qo’shimcha oziqlantirishlar soni azotning yillik me’yori va tuproq sharoitlariga bog’liqdir. Yillik azot me’yorining ekishgacha va ekish bilan birga berilgandan keyin qoladigan qismini rivojlanishning 2—3 chin barg, shonalash va gullash davrlarida teng miqdorlarda taqsimlanishi maqsadga muvofiqdir. So’nggi qo’shimcha oziqlantirish iyul oyining birinchi o’n kunligidan kechiktirilmasligi lozim, chunki kech muddatlarda kiritilgan azotli o’g’itlar g’o’zani “g’ovlab ketishi” ga, hosil miqdorining kamayishi va pishishining kechikishiga sabab bo’ladi
Ma’lumki, azotli o’g’itlar ekishgacha, ekish bilan birga va qo’shimcha oziqlantirish sifatida qo’llaniladi. Ekishgacha (erta bahorda chizellash paytida) yillik azot me’yorining 20—25 kg miqdori (8— 10% i) berilishi mumkin. Bunda azotli o’g’it bahor faslidagi yog’insochin ta’sirida erib, tuproqning 30—50 sm qatlamiga yuviladi, qaysiki, nihollarning ildiz tizimi orqali osonlikcha o’zlashtiriladi. Ko’p hollarda azotli o’g’itlarning bir qismi tuproqqa ekish bilan birga kiritiladi, lekin uning miqdori gektariga 20—25 kg dan oshib ketmasligi lozim, aks holda chigit atrofidagi azotning konsentratsiyasi ortib ketishi hisobiga ularning unib chiqishi kechikadi.