Sofokl (Sophokles) (taxminan mil. av. 496—406) — yunon dramaturgi, shoir, siyosiy va harbiy arbob. Antik manbalarga koʻra, 123 drama yozgan, shulardan 7 tasi - Sofokl (Sophokles) (taxminan mil. av. 496—406) — yunon dramaturgi, shoir, siyosiy va harbiy arbob. Antik manbalarga koʻra, 123 drama yozgan, shulardan 7 tasi
- ("Ayaks", 442 yildan oldinroq; "Antigona", taxm 441; "Traxinalik ayollar", yozilgan vaqti nomaʼlum; "Shoh Edip" va "Elektra", 430 yillar orasida; "Filoktet", 409; "Edip Kolonda", 401)
- va ayrim dramalaridan parchalar, baʼzi lirik sheʼrlari yetib kelgan. S. oʻtmishdoshi Esxil va izdoshi Yevripiddan farqli oʻlaroq, voqelikni qanday boʻlsa, shunday qabul qilib, Yunonistonning gullagan davridagi demokratiya asoslariga shubha bilan qaramagan. S. antik davr tragediyalari uchun ustuvor ahamiyatga ega boʻlgan shaxsning maʼnaviy shakllanishi muammosini yechishda dunyoning Parvardigor tomonidan idora etilishini nazardan qochirmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |