Rus matnshunosligida tadqiq usullari birinchi marta D. Lixachevning "Tekstologiya" qisqacha ocherkida uchraydi. O'zbek matnshunosligiga ularning hammasini ham tatbiq etib bo'lmaydi. Biroq o'zbek matnshunoslari qo'llagan quyidagi tadqiq usullari haqida gapirish mumkin:
Rus matnshunosligida tadqiq usullari birinchi marta D. Lixachevning "Tekstologiya" qisqacha ocherkida uchraydi. O'zbek matnshunosligiga ularning hammasini ham tatbiq etib bo'lmaydi. Biroq o'zbek matnshunoslari qo'llagan quyidagi tadqiq usullari haqida gapirish mumkin:
1. Matniy tafovutlarni tahlil qilish usuli
2. Asosiy matn tuzish usuli
3. Ko'chirishdagi xatoliklarni tahlil qilish usuli
4. Muallif matni xatoliklarini aniqlash usuli
5. Matnni ongli ravishda o'zgartirish hollarini tahlil qilish usuli
6. Qo'lyozma tavsifini amalga oshirish usuli 7. Kon'ektura yo'li bilan matnni tiklash usuli 8. Qo'shimchalar va tushirib qoldirishlarni aniqlash usuli 9. Gloss va interpolyatsiyalar tahlili 10. Qo'lyozma nusxalar o'rtasidagi farqlar tahlili
11. Nusxalar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik va munosabatni aniqlash usuli 12. Matnlarni klassifikatsiya qilish (tasniflash) usuli 13. Tekstologik belgilarni aniqlash usuli 14. Matnni tiklash (rekonstruksiya) usuli
Qo'lyozma nusxalarning hoshiyalarda uchraydigan izohlar, to'ldirishlar, konkretlashtiruvchi mulohazalar, boshqa manbalarga havolalar, Qur'oni karim oyatlari yoki hadislardan shu munosabat bilan keltirilgan misollar matnshunoslikda gloss deb ataladi.
Gloss
Gloss
Interpolyatsiya
Qo'lyozma nusxa ko'chirish jarayonlarida ayrim xattotlarning hoshiyadagi bitiklarni asosiy matnga qo'shib yuborgan holatlarini ham uchratish mumkin.
Bunday tahrir interpolatsiya deb ataladi.
Kon'ektura
Kon'ektura deganda matn kontekstidan kelib chiqib, matndagi xato yozilgan o'rinlar yoki o'qib bo'lmas darajada o'chib ketgan so'z va jumlalarni tiklash tushuniladi. Kon'ektura faqat beixtiyor ravishda yoki e'tiborsizlik tufayli yo'l qo'yilgan xatolarni tuzatishga nisbatan qo'llaniladi.