I BOB. GIMNASTIK MASHQLAR
1.1. Saf mashqlarining tasnifi.
Saf mashqlariga - saf usullari, saflanish va qayta saflanish, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish usullari, orani ochish va yaqinlash-tirishlar kiradi. Saf mashqlari yordamida jamoa bo‘lib harakat qilish, ritm va shiddat hissiyotini tarbiyalash masalalari muvaffaqiyatli bajariladi, intizomlilik va uyushqoqlik ortadi.
Saf mashqlarining muhim ahamiyati shundan iboratki, ular kishi qaddi-qomatini rostlashga yordam beradi. Bu narsa harbiy-larning qaddi-qomati to‘g‘ri tuzilishida yorqin ko‘rinib turadi. Tala-balarni zalda yoki maydonchada tez va maqsadga muvofiq joylash-tirishga imkon beradigan saf mashqlarisiz gimnastika mashg‘ulot-larini tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Ko‘p sonli talabalar qatnasha oladigan saflanish turlarining ko‘pligi tufayli saf mashqlari ommaviy gimnastika chiqishlarining tarkibiy qismini tashkil qiladi.
Safdagi harakatlar va buyruq-larning ko‘pgina qismi O‘zbe-kiston Qurolli Kuchlari Usta-vining saf harakatlari direktiva-sidan, ozroq qismi esa gimnastika mashg‘ulotlari jarayonida ama-liyotda qo‘llaniladigan atamalar-dan foydalanilgan.
Ushbu bobda gimnastika amaliy mashg‘ulotlarida ko‘p-roq uchraydigan va mashg‘ulot o‘tishda zarur bo‘lgan saf mashq-lari yoritilgan. Saf mashqlaridan foydalanish qulay bo‘lishi uchun gimnastika zalida shartli nuqta-lar belgilanadi — markazi, o‘r-talik va burchaklari (110-rasm).
Ular zalning o‘ng chegara tomoniga nisbatan belgilanadi. Zalning o‘ng tomoni nisbatan (eshiklar joylashgan) uzun tomonlaridan biri bo‘lib, unda mashg‘ulot oldidan guruhlar saflanadi (odatda, eshik-dan kirishga qarama-qarshi tomonda). Agar zalning uzun tomonida derazalar joylashgan bo‘lsa, guruh derazalarga orqasi bilan saflanadi. Saf mashqlari quyidagi to‘rt guruhga bo‘linadi:
1. Saf usullari.
2. Saflanish va qayta saflanishlar.
3. Joydan joyga ko‘chish.
4. Orani ochish va jipslashish.
Saf mashqlarini qo‘llashdagi asosiy tushunchalar 111-rasmda ko‘rsatilgan.
Saf — talabalarning darsda birgalikda harakatlanishi uchun belgilangan qoidaga ko‘ra tiziladi.
Qator — shug‘ullanuvchilarning bir chiziqda yonma-yon turishi.
Ketma-ket qator — shug‘ullanuvchilarning bir-biri orqasida tizilishi.
Boshlovchi — ketma-ket qatorda birinchi — boshida turgan o‘quvchi (talaba).
Oxirgi — ketma-ket qator oxirida turgan o‘quvchi (talaba).
Front — shug‘ullanuvchilar safining old tomoni (qatorda).
Ichkari — front teskarisi, ya’ni orqa tomoni, 2-, 3-, 4-qatorlar.
Qanot — safning chap yoki o‘ng tomoni.
Saf chuqurligi — ketma-ket qatordagi boshlovchidan oxirgi o‘quvchi (talaba) orasidagi masofa.
Saf kengligi — o‘ng qanotdan chap qanotgacha bo‘lgan masofa (qatorda).
Masofa — yonma-yon turgan shug‘ullanuvchilar orasidagi masofa (ketma-ket qatorda).
Oraliq - front bo‘yicha shug‘ullanuvchilar orasidagi masofa.
Mashg‘ulotda safni o‘qituvchi va talabalar (guruh sardori, o‘quv bo‘limlarining boshliqlari va navbatchilar) tovush yoki belgilangan signal bilan beriladigan buyruq, topshiriqlar berish orqali tuzadilar.
Zich saf - talabalarning qatorda bir-biridan kaft kengligidagi (tirsaklar o‘rtasi) oralig‘ida yoki ketma-ketlarda bir-biridan oldinga uzatilgan qo‘l uzunligidagi masofadan iborat safdir.
Orasi ochiq saf - talabalarning qatorda bir qadam oraliqda yoki o‘qituvchi belgilab bergan oraliqda joylanishidan iborat safdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |