Mavzu: Gimnastika Basketbol Voleybol Gimnastika so‘zining ma’nosini bilasizmi?



Download 23 Kb.
Sana06.07.2021
Hajmi23 Kb.
#110129
Bog'liq
Gimnastika yengil atletiko voleybol

Mavzu:Gimnastika Basketbol Voleybol

Gimnastika“ so‘zining ma’nosini bilasizmi?

Bu so‘z yunoncha „gimnazo“ so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, „mashq qildiraman“, „mashq qilaman“ degan ma’nolarni anglatadi. Qadim vaqtlarda yuguradiganlar, kurash tushadiganlar, balandlikka va uzunlikka sak￾raydiganlar, hatto qo‘l jangi bilan shug‘ulla￾nadiganlar gimnastikachilar deb atalgan.Bugungi kunga kelib, gimnastika alohidasport turiga aylandi va u ikki turga bo‘linadi.

Gimnastika (yun. gymnastike mashq qilaman) — 1) jismoniy mashqlar tizimi, jismoniy tarbiyaning muhim turi. Kishilarning jismoniy jihatdan har tomonlama oʻsishiga va salomatligini mustahkamlashga, epchil, chaqqon, harakatchan boʻlishiga yordam beradi. Gimnastika oʻz vazifalari, xususiyatlari va metodik usullariga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi: asosiy Gimnastika (gigiyenik va atletik gimnastika b-n birga), gimnastikaning amaliy turlari (shu jumladan ishlab chiqarish gimnastikasi), sport gimnastikasi, badiiy gimnastika va sport akrobatikasi.

Gimnastika mashqlari Yunonistonda jismoniy tarbiya tizimiga kirgan, yoshlarni Olimpiada oʻyinlariga tayyorlash vositasi boʻlib xizmat qilgan. 18-asr oxiri — 19-asr boshlaridan Yevropa mamlakatlarida turli gimnastika asboblarida mashqlar bajarish, 19-asr 2-yarmidan esa musobaqalar oʻtkazish rasm boʻladi. 1896-yildan gimnastika Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi (1928-yildan ayollar musobaqalari oʻtkaziladi). 1903-yildan erkaklarning, 1934-yildan ayollarning jahon birinchiligi oʻtkaziladi.

Oʻzbekistonlik sport gimnastikachilari K. Joʻrayev, T. Karimov, E. Gʻiyozov, G. Gʻiyozov, T. Ibrohimov, Sh. Xonkeldiyev, A. Otaxonovlar turli musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashganlar. Oʻzbekiston gimnastikachilaridan G. Shamray ilk bor olimpiada chempioni unvoniga sazovor boʻldi (1952, Xelsinki). Oʻzbekistonlik S.Diomidov 18- va 19-Olimpiada oʻyinlarida sovrinli oʻrinlar oldi. Elvira Saadiy esa Myunxen olimpiadasining oltin medali (1972) va jahon chempioni unvoni (1974) bilann taqdirlandi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolaridan Oksana Chusovitina, R. Galiyeva katta shuhrat qozondi.

Basketbol (ing . basket — savat, ball — toʻp) — sport turi, 3,05 m balanddagi savatli halqaga toʻpni qoʻlda tashlab oʻynaladigan jamoa oʻyini. B. mashgʻuloti va musobaqalari uchun toʻrtburchak maydoncha (oʻlchami 26x14 m) yoki zal (balandligi 7 m) talab qilinadi. Har bir jamoada 12 nafardan oʻyinchi boʻlib, maydonga bir yoʻla har jamoadan 5 tadan oʻyinchi tushiriladi (bu oʻyinchilar almashtirilishi mumkin). Qaysi jamoa raqibining savatiga koʻp toʻp tushirsa, oʻsha yutgan hisoblanadi. Uyinda savatga tushirilgan toʻp uchun 2 ochko, jarima belgilanganda tushirilgan toʻp uchun 1 ochko, jarimadan tashqaridagisi uchun 3 ochko beriladi. Erkaklar 40 min., ayollar 36 min., 15 — 16 yashar oʻsmirlar va qizlar 30 min., 13 — 14 yashar oʻgʻil va qiz bolalar 24 min. oʻynashadi. Oʻyin 2 qismdan iborat, orada 10 min. dam olinadi. Belgilangan vaqtda jamoalar baravar ochko olsa, biror jamoa gʻolib chiqquncha 5 min.dan qoʻshimcha vaqt beriladi. B. vatani AQShdir (1891). Xalqaro basketbol federatsiyasi (FIBA; 1932 y. tuzilgan)ga 177 mamlakat aʼzo (1991). B. 1936 y.dan Olimpiya uyinlari dasturiga kiritilgan. 1950 y.dan B. boʻyicha jahon chempionati oʻtkazib kelinadi. B. Oʻzbekistonda 1921 y.dan oʻynala boshlagan. Oʻzbekistonlik R. Salimova 2 marta jahon hamda olimpiya oʻyinlari chempioni boʻlgan. B. boʻyicha Oʻzbekiston respublika federaiiyasi oliy liga jamoalari oʻrtasida musobaqalar tashkil etib kelmoqda. Oliy ligada Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri hamda Sirdaryo va Navoiy viloyati basketbolchilari musobaqalashadi. Oʻzbekiston terma jamoasi 1997 y. II Markaziy Osiyo oʻyinlari — "Sprayt chellenje" xalqaro turnirining gʻolibi boʻldi (terma jamoa bosh ustozi A. Adisman, jamoa aʼzolari 3. Xabibulin, M. Sha-fenkov, R. Karimov, S. Demurin, B. Mirodilov, T. Abbosov, V. Petrishchev)

Voleybol (ing . volley ball, volley — urib qaytarmoq va ball — koptok) — jamoa boʻlib oʻynaladigan sport oʻyini; oʻrtasidan toʻr bilan (erkaklar musobaqasi uchun 2,43 m va ayollar musobaqasi uchun 2,24 m balandlikda) boʻlingan 9x18 m li maydonchada oʻynaladi. Bir jamoa 6 kishidan iborat boʻlib, 2 jamoa oʻynaydi. Oʻyinchilar toʻpni qoʻl bilan urib, raqib maydoniga tushirishga harakat qiladilar. Koptokni uch urishda raqiblar tomoniga oʻtkazish lozim. Musobaqa 3 yoki 5 qur oʻynaladi. V. AQShda paydo boʻlgan (1895). Xalqaro federatsiya (FIVB; 1947 yil asos solingan) ga 180 dan ortiq mamlakat aʼzo. 1964 yildan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan, 1949 yildan jahon birinchiliklari oʻtkaziladi.

V. Oʻzbekistonda 1920 yildan oʻynaladi. Oʻzbekiston Respublikasi 1991 yil Xalqaro V. federatsiyasiga, 1992 yil Osiyo V. konfederatsiyasiga aʼzo boʻlib kirdi. Oʻzbekistonda bu sport turi bilan 700 mingdan ortiq kishi muntazam shugʻullanadi. U maktablarda om-maviy tus olgan, jismoniy tarbiya boʻyicha dasturning ajralmas qismi hisoblanadi



115-guruh

Askarov RavshanBek
Download 23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish