Mavzu: Gigienaning asosiy qoidalari Reja



Download 27,25 Kb.
bet2/2
Sana01.07.2022
Hajmi27,25 Kb.
#724603
1   2
Bog'liq
Gigiena referat

Jismoniy rivojlanish deganda organizm shakli va funksiyalari yetilishining pedagogik jarayoni tushuniladi. Jismoniy rivojlanish inson kuchi yetilayotgan paytda, shuningdek, uning salomatligida maxsus tashkil etilgan tarbiya ta’siri ostida ro’y berayotgan sifat o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. Bu ma’noda u jismoniy tarbiyaning natijasi sifatida ko’rib chiqiladi.
Jismoniy yetuklik shaxsni jismoniy tarbiya vositalari yordamida shakllantiruvchi pedagogik jarayon natijasidir. Ta’lim berish- yuksak ishchanlik qobiliyatini tarbiyalash, salomatlikni asrash va mustahkamlash, sog’lom hayot tarziga yo’naltirish uchun kerak bo’ladigan bilim va ko’nikmalar bilan yoshlarni qurollantirishdan iborat.
JR jarayonida boshqaruv pedagog tarafdan qator xarakatlar qilinishini nazarda tutadi.

  1. talabaning har tomonlama tayyorligi haqida boshlanqich kompleks axbarotni olish: uning kuchi, zaif tomonlarini aniqlash;

  2. maqsadga etishishni ta’minlovchi normativ ko’rsatkichlar bilan tanishish.

  3. valeologik tarbiya tizimi nazarda tutiladi.

  4. tizim samaradorligini baxolash.

  5. natijalarni tahlil etish, xulosalar yasash va navbatdagi maqsadni belgilash.

6.Bunday JR, gavda tuzilishini kompleks baxolash, antropometrik o’lchashlar, bir oyda 1-2 marta testlash, natijalarni taqqoslash kabi ishlar amalga oshirish lozim.
7.Talabalarning xar tomonlama tayyorgarligini kompleks baxolash.
8.Talabalarning jismoniy rivojlantirish jarayonida pedagogik nazorati.
Shaxsni jismoniy rivojlantirish jismoniy tarbiya bo’yicha pedagogik jarayon samaradorligini taxlil qilish va baxolashni nazarda tutadi.
Pedagogik nazoratda- shaxsni JR natijalarini son –sifati xarakteristikasini imkonini beradi.
Pedagogik nazoratning funksiyalari: diagnostik, joriy, modul, reyting, yakuniy;
Diagnostika nazoratida-talaba tayyorgarligini kuchli va kuchsiz taraflarining aniqlash turadi.
Jismoniy rivojlanishning dasturiy metodi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-o’quv materialini puxta taxlil qilish va uni Ta’lim aktlariga mantiqiy va metodik ketma-ketligiga solish: talabaning o’quv materialini o’zlashtirish jarayonida mustaqilligi va faolligini oshirish: ish vaqtini ongli taqsimlash.
-o’quvchilarning o’quv faoliyatini samarali boshqarish:
-Ta’limni talabalarning kollektiv bo’lib ishlashi bilan bog’liklikda individuallashtirish:
-talabalar va o’qituvchi faoliyatini rasionalizasiyalash va identisifikasiyalash uchun zamonaviy texnika vositalarini qo’llash va ulardan foydalanish:
Dasturlashtirish -JR jarayonining talabani real imkoniyatlarini hisobga olib strategiyasi, mazmuni o’tkazish joyi, mavsumga qarab rejalashtirish, jismoniy tayyorgarligi past talabalarga 500 tadan kam bo’lmagan, yaxshi tayyorgarligi bor 1000tagacha harakat mashqlarini berish tavsiya etiladi.
Ayni paytlarda musobaqa metodini qo’llash dasturi ham o’z samarasini beradi.
Shuni qayd etish kerakki, jismoniy tarbiya, asosan, insonni jismonan rivojlantirishga yo’naltirilgan. «Jismoniy rivojlanish» deganda maxsus tashkil etilgan tarbiya ta’sirida inson salomatligini saqlash va mustahkamlash jarayonida ro’y berayotgan sifat o’zgarishlar tushuniladi. Shuning uchun jismoniy yetuklik nafaqat jismoniy tayyorgarlik ko’rsatkichlari, balki jismoniy rivojlanish, organizmning funksional va jismoniy ahvoli haqidagi ma’lumotlar bilan ham belgilanadi. Tarbiyaviy-sog’lomlashtirish jarayonini to’liq xarakterlash uchun har bir pedagog tibbiy-biologik tekshirishlardan foydalanishi kerak. Jismoniy yetuklikka erishish jarayonida jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, yurak-qon tizimining funksional holatini nazorat qilish lozim.
Nazorat ishlari shug’ullanuvchining kuchli va zaif tomonlarini aniqlash; qo’llanilayotgan jismoniy mashqlarning afzalliklari va kamchiliklarini topish; amaliy mashg’ulotlar rejasini tuzish imkonini beradi.
Nazorat ishlari turli mashqlar yoki testlar yordamida o’tkaziladi. Nazorat mashqlarini qo’llashning aniq tizimi testlash deyiladi. Nazorat mashqlari-ayrim jismoniy sifatlar (kuch, chidam, chaqqonlik, chayirlik va h.z.) yoki jismoniy tayyorgarlikni aniqlash maqsadida qo’llaniladigan mazmuni, shakli va bajarilishi shartlari standartlashtirilgan harakatlardir. Nazorat mashqlari oddiy jismoniy mashqlar sifatida ham qo’llanilishi mumkin.
«Jismoniy rivojlanish» deganda organizmdagi kuchlar zahirasini aniqlovchi morfologik va funksional xususiyatlar kompleksi tushuniladi. Insonning jismoniy rivojlanish darajasi jismoniy mashg’ulotlar xarakteri va imkoniyatlarini belgilovchi muhim omildir. Ayni paytda jismoniy rivojlanish jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish natijasi sifatida ham ko’rib chiqiladi.
Jismoniy rivojlantirish vositalarining pedagogik asoslari.
Ma’lumki, jismoniy sifatlarni tarbiyalash jarayonida kuch, tezlik va chidamlilik ko’rsatkichlari orasida ma’lum o’olatlarda ijobiy o’zaro bog’liqlik kuzatiladi. Ayrim xolatlarda esa bunday aloqa yo’q.
Talabalarni valeologik tarbiya vositalari yordamida samarali JR uchun aloo’ida ko’rsatkichlar o’rtasida o’zaro aloqa darajalarini (korrelyasiya koeffisiyenti) aniqlab olish zarur.
Yuqorida qayd etilgan sifatlardan birining rivojlanishi boshqalarning yaxshilanishiga olib keladi va nihoyat salbiy o’zaro aloqa, bunda sifatlardan birining rivojlanishi boshqalarning yomonlashuviga sabab bo’ladi.
Mushaklar kuchini rivojlantirishga yo’naltirilgan jismoniy mashqlar kompleksi ko’krak qafasi aylanasini kengaytiradi, vazn-bo’y ko’rsatkichini optimizasiyalaydi, quvvat imkoniyatlarini yaxshilaydi.
3.7 Umumiy jismoniy tayyorgarlik salomatlikni yaxshilashning asosiy vositasi sifatida.
A.A. Gujalavskiyning ta’kidlashicha, umumiy JR jismoniy tarbiyaning asosiy, bazaviy ko’rinishi xisoblanadi.
Umumiy JR quyidagicha vazifalarni yechishga imkon beradi:
Inson organizmining har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, chidamlilik, kuch, tezlik, chayrlik, chaqqonlik sifatlarini tarbiyalash, umumiy xarakterdagi funksional bazani yaratish;
-salomatlikni mustaxkamlash, tashqi muxitning zararli omillariga qarshi ta’sir ko’rsatish:
-ishlash qobilyati pasaygan davrda faol xordik chiqarish uchun sharoit yaratish.
-iroda kuchini mustaxkamlash va boshqalar.
Jismoniy rivojlanishning ayrim ko’rsatkichlari va jismoniy mashqlar orasida kuchli va o’rta darajadagi aloqa korreliasion tahlil natijasida ko’riladi.
Inson gavda-tana tuzilishi, suyak-muskul bo’lib-bo’g’inlari uchun maxsus mashqlarni bajarilishidagi o’zaro aloqalar xakida tushuncha beriladi.
Chiniqish sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning mustaqil vositasi sifatida.
Quyosh radiasiyasi, havo va suv muhitining xususiyatlari salomatlikni yaxshilash, chiniqish va ish qobiliyatini oshirish uchun samarali vosita xisoblanadi.
Chiniqishni amaliy mashg’ulotning so’nggi qismida 10-15 daqiqa davomida amalga oshirish tavsiya etiladi.
Sog’lomlashtiruvchi yurish:
Sog’lomlashtiruvchi yugurish:
Ushbu masalaga oid qator misol va dalil, tavsiyalar beriladi.
Ma’lumki, jismoniy tayyorlanish darajasi salomatlikni mustaxkamlashga, xarakat sifatini va tana shaklini rivojlantirishga, shuningdek kishini xarakatlanishini kengaytirish xakida tushuncha hosil qilishga yo’naltirilgan.
Jismoniy tayyorlanish- bu jismoniy qobiliyatni tarbiyalash jarayoni bo’lib, salomatlikni mustaxkamlashni umumiy darajasini oshirish bilan mustahkam aloqadadir. Bunga asosiy vosita sifatida shug’ullanuvchilarning organizmiga umumiy ta’sir etishi tuyiladigan, turli-tuman sport turlaridan mashqlar va umumiy rivojlantiruvchi mashqlar qo’llaniladi. Bunda mushak-bog’lam apparatini mustahkamlaydi va rivojlantirishga erishadi, ichki sistemasi va organlarini vazifasini takomillashtiradi, harakat sifatlarini umumiy oshirish darajasini rivojlantirish va koordinasiya xarakatini oshiradi. Talabaga muntazam ravishda mashqni ta’sir etishini yakuniy ifodasi uni jismoniy rivojlantirishni, jismoniy tayyorgarlikni yaxshilash deb hisoblanadi.
Jismoniy tayyorgarlik organizmni vegetativ vazifasi holati, tana shakli va xarakat sifatlarini rivojlanish darajasi, shuningdek, kishi egallagan har xil xarakat malakalari bilan o’ziga xos xususiyatini ko’rsatib turadi.
Talabalarni jismoniy tayyorgarligi jismoniy tayyorlash natijasi sifatida bir butun qilib birlashtirib baholash, jismoniy, funksional tayyorgarlik va jismoniy rivojlanish, qaddi-qomat, qon aylanishini o’ziga xos xususiyati ko’rsatkichlarini son va sifat jihatdan ifodalilikni ko’rsatadi.
Shug’ullanuvchilar 11 ta test bo’yicha 55 dan oshiq ball to’plasa, kuchli jismoniy tayyogarlikka ega bo’ladi, 44-54 ball-yaxshi, 33-43 ball-o’rta va 32 balldan past-jismoniy tayyorgarligi bo’sh hisoblanadi
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Vayner E.N. Valeologiya. Uchebnik dlya vuzov. M. Flinta. Nauka 2001.

  2. Lantev A.P. Gigiyena. M.Fis. 1990.

  3. Sinyakov A.F. Retsiptk dlya zdorovya. M.Fis. 1987.

4. Dembo A.G. Sportivnaya medisina i lechebnaya fizicheskaya kultura.
5. Koshboxtiyev I.A. “Osnov fizicheskogo sovershenstvovaniya studentov”
Download 27,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish