3 Ma’ruza
Mavzu: GIDROMEXANIK JARAYONLAR.
Reja:
1.Texnikaviy gidravlika asoslari.
2.Suyuqliklar muvozanat holati uchun Eylerning differentsial tenglamasi.
3.Suyuqliklar harakati uchun Eylerning differetsial tenglamasi.
4.Suyuqlik harakatining Nav’e-Stoks differentsial tenglamasi.
5.Oqimning moddiy va energetik balanslari. Moddiy balans. Energetik balans.
Adabiyotlar
A-1, A-2, A-64. A-7. A-8. Q-1, Q-2.
1.Texnikaviy gidravlika asoslari.
Gidravlika – bu mexanikaning bir bo’limidir. Unda, suyuqliklar muvozanat va harakat qonunlari, hamda ularni amaliyotda qo’llash o’rganiladi.
Gidravlika ikki bo’limdan iborat: gidrostatika va gidrodinamika.
GIDROSTATIKA
Gidrostatika suyuqliklarning muvozanat qonunlarini, gidrodinamika esa - suyuqlik va gazlarning harakat qonuniyatlarini o’rgatadi.
Gidromexanik jarayonlar asosida gidrodinamika qonuniyatlari yotadi va bu qonuniyatlar issiqlik va massa almashinish, hamda kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar samaradorligini belgilaydi.
Umumiy tushunchalar
Gidravlikada suyuqlik, gaz va bug’larni birlashtirib, umumiy bir nom - suyuqlik deb yuritilishi qabul qilingan. Bunga sabab, suyuqlik va gazlarning harakat tezliklari tovush tezligidan kam bo’lganda, ularning xaraqat qonuniyatlari bir xil. Shuning uchun, gidravlikada suyuqlik ham, gazlar ham, bug’lar ham suyuqlik deb yuritiladi.
Suyuqlik va gazlarning ko’pchilik xossalari bir-biriga yaqin va o’xshash. Masalan, suyuqlik ham, gazlar ham biror shaklga ega emas. Undan tashqari, ularning qovushoqliklari orasidagi farq juda kichik. Yana, kritik temperaturadan yuqori temperaturalarda suyuqlik va gazlar orasidagi farq umuman yo’qolib boradi.
Gidravlikaning asosiy qonuniyatlarini keltirib chiqarish uchun gipotetik ideal suyuqlik degan tushunchadan foydalaniladi.
Bosim ta’sirida absolyut siqilmaydigan, temperatura ortishi bilan zichligi o’zgarmaydigan va qovushoqlikka ega bo’lmagan suyuqlik ideal suyuqlik deb ataladi.
Lekin, amaliyotda suyuqliklar bosim ta’sirida siqiladi, temperatura ta’sirida esa - zichligi o’zgaradi va ma’lum qovushoqlikga ega bo’ladi. Bunday suyuqliklar haqiqiy (real) suyuqliklar deb nomlanadi.
Xaqiqiy suyuqliklar tomchili va elastik (gaz va bug’) suyuqliklarga bo’linadi. Tomchili suyuqliklar amalda siqilmaydi va juda kichik hajmiy kengayish koeffitsientiga ega. Lekin, elastik suyuqliklarning hajmi, temperatura yoki bosim ta’sirida o’zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |