Ko`p geteroatomli besh a`zoli geterotsiklik birikmalar
Bu sinf birikmalarinig tuzilishida ikki va undan ko`p geteroatom bo`ladi. Ularni umumiy nomda azollar deyiladi. Halqadagi bir geteroatom azot, ikkinchi geteroatom kislorod bo`lsa– oksazol; azot bo`lsa imidazol, oltingugurt bo`lsa tiazol deyiladi.
Pirazollar asosan ikki usulda: atsetilen birikmalariga diazometan biriktirib va diketonlarga gidrazin ta`sir ettirib olinadi.
Bu usul bilan prof. A.G`. Maxsumov va uning maktabining olimlari pirazolning 100 dan ortiq yangi hosilalarini sintez qilib oldilar va ularning fiziologik faolligini o`rgandilar.
Atsetilatsetonga gidrazin bilan ta`sir ettirilganda 3,5-dimetilpirazol hosil bo`ladi:
Pirazol 1700C da suyuqlanadigan koistall modda. Uning hosilalari doridarmonlar va bo`yagichlar ishlab chiqarishda keng ishlatiladi.
Pirazolon va uning hosilalari.
Pira`zolinning muhim hosilalaridan biri pirazolon hisoblanadi.
P irazolonning hosilalari -ketokislota efirlariga almashingan gidrazinlar bilan ta`sir etib yoki gidrazin biriktirib olinadi.
1883 yilda Knorr fenilgidrazinni atsetosirka efiri bilan ta`siri natijasida 1fenil-3-metilpirazolo-5 hosil bo`lishini kashf etdi:
Diketenga fenilgidrazin birikkanda ham yuqoridagi birikmalar hosil bo`ladi:
1-fenil-3-metilpirazolON-5 uch xil tautomer shaklda mavjud bo`lishi mumkin:
1-fenil-3-metilpirazoln-5-ni metil yiodid bilan alkillab antipirin (1-fenil-2,3dimetil-pirazolon-5) hosil qiladi:
Bu reaksiya orqali III tautomer shaklning mavjudligi isbotlanadi.
Antipirin – haroratni pasaytiruvchi vosita sifatida ma`lum. Achchiq ta`mga ega, suvda yaxshi eriydi. Antipirin biopolyar ko`rinishida mavjud bo`ladi:
Amidopirin (piramidon) – 4-dimetilaminoantipirin haroratni pasaytirish bilan birga antinevralogik hususiyatga ega bo`lgan muhim dori. Uni hosil qilish uchun antipirin nitrit kislota yordamida 4-nirozoantipiringa aylantiriladi. Hosil bo`lgan 4nitrozoantipirinni dastlab qaytarib, So`ngra alkillab piramidon olinadi.
Imidazol. Imidazol – pirazolning izomeri bo`lib, 900S da suyuqlanadi, 2560C da qaynaydi. Uni glioksal, ammiak va formaldegiddan olinadi:
Imidazolning hosilalari yuqoridagi usul orqali hosil qilinadilar. Imidazolning asosli xossasi pirazolnikiga nisbatan deyarli besh marotaba kuchli (imidazolning asosli doimiyligi 1,2*10-7, pirazolniki esa 3,4*10-18).
Imidazol halqasi gistidin, gistalin kabi aminokislotalar pilokarlin kabi alkaloidlar tarkibiga kiradi.
Tiazol. Tiazol 1170C da qaynaydigan suyuqlik, tabiatda erkin holda topilgan emas. Ammo tiazol halqasi ko`pchilik tabiiy birikmalar tarkibida uchraydi.
Dori-darmonning parchalanishi natijasida tiazol hosil bo`ladi. Pensillin tia`zolidinning hosilasi hisoblanadi. Tiazolning hosilalari qator tibbiy dorilar guruhini tashkil etadi.
Tiazollarni tioamidlar va xlorketonlarning o`zaro ta`siri natijasida hosil qilish mumkin:
Agar bu jarayonda tioformamid va xlorsirka aldegid ishlatilsa, u holda tiazol hosil bo`ladi:
Pensillin tiazolning hosilalaridan hisoblanadi. U dastlab 1871 yilda A.V. Manasein tomonidan mog`or tarkibidan ajratib olingan. Pensilinning 100 dan ortiq turlari ma`lum bo`lib, uning tuzilishi quyidagichadir:
Pensillinlar asosan R-ning tuzilishi bilan farq qiladilar. Agar R-CH2-C6H5 bo`lsa, G pensilin (benzilpenitsilin) deb, R=-CH2OC6H5- V-penitsilin
(fenoksimetilpenitsilin) deb, CH2-C6H4OH bo`lsa, n-oksibenzilopenitsilin deb va h.k. ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |