f=2
|
F=3
|
F=4
|
F=2
|
F=1
|
F=2
|
F=3
|
F=3
|
F=0
|
F=1
|
F=2
|
F=4
|
----
|
F=0
|
F=1
|
F=5
|
----
|
----
|
F=0
|
Demak, ikki va uch komponentli sistemalarda eng ko’pi bilan 4 va 5 faza muvozanatda bo’lishi mumkin.
Geterogen sistemalar ikki sinfga bo’linadi:
A) Erkinlik darajalari soni bo’yicha;
F= 0 (invariant) nolь variantli,
F=1 bir yoki mono variantli,
F=2 bivariantli (divariant) sistema va hokazo.
B)Komponentlar soniga qarab: bir, ikki va hokazo komponentli.
Sistema xossalari – bunga fizik-kimyoviy taxlil bilan aniqlanadigan 30 dan ortiq fizik xossalar kiradi: suyuqlanish, erish,issiqlik siьimi,issiqlik o’tkazuvchanlik,sindirish ko’rsatgichi, xajmi (zichlik,solishtirma xajm, molekulyar bog’lanish, qovushqoqlik,sirt tarangligi va xokazo.)Sistema xossalari EKSTENSIV va INTENSIV bo’lishi mumkin.Ekstensiv xossalar- moddalarning miqdoriga bog’liq bo’lgan xossalar. Intensiv xossalar – moddalarning miqdoriga bog’liq bo’lmagan xossalar; harorat,solishtirma xajm,kontsentratsiya va boshqalar.
Sistemalarni fizik-kimyoviy taxlili suyuqlanish,eruvchanlik va mikrotuzilishlarni o’rganishga asoslangan.
Mineral tuzlar va o’g’itlar texnologiyasida muvozanatda turgan turli sistemalarning holat diagrammalari keng qo’llaniladi.Bunday diagrammalar,tuzlarni erishi va kristallanishi hamda, qattiq aralashmalarni suyuqlanishi bilan bog’liq muammolarni yechishga imkon beradi.Ko’pincha bu jarayonlar o’zgarmas bosimda boradi.
Muvozanatdagi bunday sistemalarda suyuq va qattiq fazalar ishtirok etadi,gaz faza ehtiborga olinmaydi.Suv – tuz sistemalarda omillarga bog’liq holda (harorat va komponentlar kontsentratsiyasi) bitta suyuq faza (eritma) va bir qancha qattiq faza (muz,suvsiz tuz,tuz kritallogidrati, qo’shaloq tuz yoki turli tuzlar aralashmasi) ishtirok etishi mumkin.
Mustaqil komponentlar soniga qarab sistema bir-, ikki-, uch- , to’rtkomponentli va xokazo bo’lishi mumkin.
Bir komponentli sistemaga misol: suv yoki tuz.
Ikki komponentliga- tuz va suv (masalan N2O-Na2SiF6, N2O-NaCl, H2O-KNO3 va h).
Uchkomponentliga – suv va bir xil ionli ikki tuz (Masalan, N2O-NaCl-KCl; H2O-NaCl-Na2SO4; H2O-MgSO4-MgCO3).
To’rt komponentli – suv va bir xil ionga ega bo’lgan uch xil tuz(NaCl+KCl+MgCl2+H2O).
Suv va umumiy ionga ega bo’lmagan ikki tuzdan iborat sistema ham to’rt komponentli bo’lib, bunday sistema o’zaro almashinuvchi sistema deyiladi. (masalan, NaCl+KNO3 = NaNO3 + KCl).
Bu sistemalarda mustaqil komponentlar suv va tenglamadagi xohlagan uchta tuz.
Hohlagan sistemadagi bir-biriga bog’liq bo’lmagan komponentlar soni, sistemani tashkil etuvchi komponentlar sonidan, ular o’rtasida borishi mumkin bo’lgan kimyoviy raektsiyalar sonini ayirmasiga teng. Uzaro ta’sir etuvchi suvli NaCl+KNO3 = KCl + NaNO3 sistemasida moddalar soninig beshta (H2O,NaCl,KNO3,KCl,NaNO3), borishi mumkin bo’lgan reaktsiyalar soni bitta. SHuning uchun sistema to’rtkomponentli deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |