1. Xalqlar iqtisodiy masala deganda nimani tushunadi? Ular iqtisodiy sohada nimalarga erishganliklarini amalda ko`rsatish; 2. Faqat zamonaviy iqtisodiy munosabatlarni kuzatish bilan cheklanmaslik; 3. Barcha xalqlarga xos iqtisodiy xodisa va harakatlarni taqqoslab tanqid qilish. Bu sohada ayniqsa qadimgi xalqlarga e'tibor berish; 4. Iqtisodiy muassasalarni maqtamaslik va haqorat qilmaslik, chunki ulardan ayrimlarigina barcha xalqlar uchun foydali yoki zararlidir. Shunday qilib, tarixiy maktab vakillari tarixiy rivojlanish, evolutsiya va bosqichlar ketma-ketligini e'tirof etib, iqtisodiy qonunlarni e'tibordan chetda qoldirdilar. Tarixiy maktab faoliyati barcha kamchiliklardan qat'i nazar katta e'tiborga loyiq bo`ldi. Bu maktabning o`ziga xos usulini nemis iqtisodchilarining keyingi avlodi o`z ijodi bilan davom ettirdi. XIX asrning 70-yillarida iqtisodiy ta'limotlar tarixi fanida bir nechta nazariy maktablar vujudga keldiki, ular o`z maqsad, vazifalari va uslubiyatlari bilan o`zaro farq qilar edilar. Germaniyadagi yangi tarixiy maktab ham xuddi ana shunday ya'ni yangi yo`nalishni ilmiy asoslashga harakat qilgan valklassik nazariyotchilarni ayovsiz tanqid qilgan nazariy maktablardan biri edi. Ushbu maktab iqtisodchilari klassiklar fikricha qarshi iqtisodiy qonunlarning nisbiy ekanligi, tarixiylik nuqtayi nazaridan vaqtincha ekanligini hamda itimoiy va tabiiy faktorlargi mos ravihda shartli ekanligini ko`rsatib berdilar. Shuningdek klassiklarning "iqtisodiy inson" g`oyalari ham tanqid qilinib, undagi insonlarning xo`jalik faoliyati - xulqiga xos kechinmalari (ijtimoiy manfaat, oilaviy g`amxo`rlik, mehribonlik, burchni his etish, urf-odatlar va boshqalar e'tibordan chetda qolmaganligini alohida ta'kidladilar. Va nihoyat, ular klassik maktabga xos bo`lgan abstraksiya va deduksiya uslublaridan keng foydalanish o`z navbatida ilmiy kuzatish va induksiya uslublaridan yetarli foydalanmaslikka asosiy sabab ekanligini ko`rsatib berdilar. haqiqatan ham, yangi tarixiy maktab olimlari qo`llagan va iqtisodiyot fanidagi yangicha tarixiy usullar ushbumaktab erishgan ijobiy yutug`larga asosiy sababchi edi. Chunki bir qancha marotaba nashrdan chiqqan fundamental tarixiy-iqtisodiy monografiyalar na faqat oddiy ilmiy ishlar sifatida, balki bu izlanishlar natijasi, qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda o`z o`rnini topdi. Shu o`rinda taniqli iqtisodchi olim Ya.S.Yadgarovning yozishicha, tarixiy maktab xo`jalik hayoti evolutsiyasini ilmiy o`rgangan yangi tarixiy maktabning o`tmishdoshi bo`lgan bo`lsa, o`z navbatida bu maktab hozirgi zamon iqtisodiyot fanidagi institutsional yo`nalish ya'ni amerika ijtimoiyinstitutsional maktablari shakllanishiga ijobiy ta'sir ko`rsatgan edi.
Foydalanilgan adabiyotlar: Www. Google. Com Www. Hozir. Org Www. Fayllar. Org Www. Wikipediya. Uz
Www. Ziyo. Uz
Do'stlaringiz bilan baham: |