O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Ro’ziyev Asliddin
“GERMANIYA OLIY TA’LIM TIZIVIDA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O’QITISHNING XALQARO TAJRIBASI”
mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy raxbar: f.f.d.,prof. G.M.Ro’zmatova
Chirchiq-2021
Mavzu; Germaniya oliy ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi
Mundarija
Kirish
I bob. Germaniya oliy ta’lim tizimi va ta’lim olishning afzalliklari
1.1. Germaniya oliy ta’lim tizimi
1.2. Germaniya ta’lim olishning afzalliklari
II bob. Germaniya oliy ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish va bunda turli metodlardan foydalanish
2.1. Germaniya oliy ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish
2.2. Germaniya oliy ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitishdagi metodlar
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Kirish
O’zbekistonda ta’lim tizimi islohoti umumta’lim maktablari, litsey va kollejlar rivojlanishida o’zining ijobiy o’zgarishlarini namoyon etmoqda. Jahon mamlakat-lari tajribalarini keng ko’lamda o’rganish, yangiliklar va yutuqlarni ta’lim tizimiga joriy etish,bularning hammasi bu tizim faoliyatini yanada rivojlantirishga ko’maklashmoqda.Ta'lim sifatining oshirilishi,tarbiya berishning o’ziga xos usullaridan keng foydalanilayotgani,yoshlarimizning iqtidor va salohiyati yuzaga chiqarilayotgani sohadagi izchil islohotlar mevasidir.
Ayni paytda bilim dargohlarining o'quv jarayoni va tarbiyaviy tizimida sifat o'zgarishini,o'qitishning zamonaviy ilg'or chet davlatlar tajribasidan, uslub va metodlaridan qanday foydalanayotgani masalalari tarixini o'rganish, ilmiy tadqiqot qilish, yutuq va kamchiliklari haqida tegishli xulosalar chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi.Darhaqiqat, bugunda chet el davlatlari ta'limi o'qitish tajribasi keng o'rganilmoqda,to'plangan tajribalar ommalashtirilmoqda. Uzluksiz ta'lim tizimining bo'g'inlaridan biri ta'lim tizimini yangilash jarayonini jadallashtirish, bu borada rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o'rganish va ularni amaliyotga tadbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mazkur masala to'g'risida o'z fikr mulohazalarni aytish vaqti keldi deb, o'ylaymiz.Fikrimizcha,O'zbekistonda ta’lim tizimi taraqqiyotida xorij tajribasidan foydalanish undagi muammolarni aniqlash va tegishli xulosalar chiqarish tarixchilarimiz tomonidan tadqiq etilishi zarur bo'lgan dolzarb muammolar sirasiga kiradi.
Tadqiqot obyekti va predmeti. Germaniya oliy ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish jarayoni.
Germaniya oliy ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish tizimini o'rganish va tahlil qilish tadqiqot predmeti qilib olindi.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Mustaqillikka erishgan ilk kunlarimizdan boshlab O'zbekistonda ta’lim tizimi taraqqiyotida xorij tajribasidan foydalanish ularning faoliyati tarixini tadqiqotlar asosida tahlil qilish, dissertasiya ishining asosiy maqsadini tashkil etadi.Bu maqsadni amalga oshirish uchun tadqiqot davomida hal qilishi lozim bo'lgan quyidagi vazifalar belgilandi:
- Germaniya oliy ta’lim tizimini yoritish;
-O'zbekistondagi xorijiy oliy o'quv yurtlari va ular bilan hamkorlik muno- sabatlarini o'rganish;
- Germaniya ta’lim olishning afzalliklarini tadqiq etish;
- Germaniya oliy ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitishdagi metodlarni ko’rib chiqish
. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Germaniyada ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasini tadqiq va tasnif etishda mazkur soha yo'nalishlari bo'yicha yozilgan asarlar va manbalar, hujjatlarda muammolarning yechilishi, tajribalari, ijrosi tadqiqot etildi. Adabiyotlarning nazariy, uslubiy asoslari tahlil etilib, muammolarning yoritilishi bilan bog'liq ilmiy mohiyati aniqlanib, tarixiy haqiqatni tiklashga harakat qilindi.Shuningdek, mazkur adabiyotlar, manbalar internet ma'lumotlari va hujjatlarida aks etgan shu sohadagi yangiliklar tarixiy haqiqatlarni qay darajada aks ettirganini aniqlash imkoniyatini berdi. Ayniqsa, bugunda ta'lim tizimi muassasalarining muammolari xolisona,dialektik asosda o'rganilishi kurs ishi yangi nazariy xulosalarning chiqarilishini ta'minladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |