Mamlakatda kichik biznesning ahamiyati. Germaniya. Bu davlat nomini eshitganda barchaning koʻz oldida qatʼiy tartib-intizom, sifat va gurkiragan
iqtisodiyot gavdalanadi. Bugungi kunda iqtisodiy salohiyati hamda yalpi ichki mahsuloti hajmi boʻyicha Yevropada birinchi, jahonda toʻrtinchi oʻrinda turuvchi
Germaniya postindustrial mamlakat hisoblanadi.
Shu oʻrinda haqli savol tugʻiladi: Ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniyada yuz bergan va Yevropadek ulkan oilaga namuna boʻlgan iqtisodiy Yevropadek ulkan oilaga namuna boʻlgan iqtisodiy moʻjiza siri nimada, qanday qilib ushbu davlat dunyodagi yetakchi mamlakatlar qatoridan joy olishga erishdi?
Jahon ekspertlarining fikricha, nemis moʻjizasi zamirida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka toʻla erkinlik berish hamda uni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash gʻoyasi mujassamdir. Germaniya federal statistika xizmati maʼlumotiga
koʻra, hozirgi kunda mamlakatda kichik biznes subyektlari soni 3,5 millionga yaqin. Bu mamlakatdagi barcha korxonalarning 80 foizi degani. Kichik biznes vakillarining asosiy qismi oilaviy tadbirkorlik yoʻnalishida faoliyat yuritadi va ularning har biri 1 yilda oʻrtacha 700 ming yevro daromad koʻradi. Qayd etish
joizki, mamlakat aholisining qariyb 70 foizi shu sohada mehnat qiladi. Mamlakat soliq hajmining 41 foizi, yalpi ichki mahsulotining esa teng yarmi ushbu sektor
hissasiga toʻgʻri keladi.
Birgina misol. 2017 yilda Germaniyaning umumiy YAIM hajmi 3,70 trillion AQSH dollarini tashkil etgan boʻlsa, shundan salkam 1,8 trillion dollari aynan kichik biznes sektoriga tegishlidir. Nemis moʻjizasining yana bir yutugʻi – mamlakatda kredit tizimi toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganidir. Germaniya kredit tizimi aholini kredit olish orqali manfaat koʻrishi tamoyiliga asoslanadi. Yaʼni, mamlakatda kichik biznesni yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan nemis fuqarolari hech qanday muammolarsiz 20 yil muddatga 50 ming yevrogacha imtiyozli davlat kreditini olishi mumkin.
Tadbirkor dastlabki 2 yil davomida ushbu kreditdan beminnat foydalanadi. Bu davrda bankdan olingan qarz uchun toʻlov amalga oshirilmaydi, kredit foizlari
toʻlanmaydi. Keyingi 8 yilda esa bank kreditlari imtiyozli ravishda yiliga 4-5 foiz miqdorida toʻlab boriladi. Qarzdorlik summasi 11 yildan keyin qoplana boshlanadi. Bundan tashqari, hukumat ilmiy izlanishlarga oid loyihalarni 40 ming yevrogacha moliyalashtiradi. Bu, oʻz navbatida, iqtisodiyotda innovatsion yangiliklardan keng koʻlamda foydalanish imkonini bermoqda.
Biznes uchun yaratilgan erkinlik va imtiyozlar, xorij kapitali uchun cheklovlar yoʻqligi chet ellik tadbirkorlarning Germaniya iqtisodiyotiga faol investitsiya kiritishida asosiy omilga aylangan.
Ammo bu Germaniyada omad barchaga birdek kulib boqadi, degani emas. Qulay imkoniyatlarga qaramay, koʻpchilik tadbirkorlar orasida kasodga uchrayotganlari ham bor. Bunday holatga tushib qolmaslik uchun tadbirkor oldindan qatʼiy reja tuzishi, meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni puxta oʻrganib, kerak boʻlganda konsalting xizmatidan foydalanishi talab etiladi. Bundan tashqari, nemis tilini bilish Germaniyada biznes qilishning eng muhim omillaridan biridir.
Mamlakat qonunchiligiga koʻra, tadbirkorlik – bu savdo faoliyati boʻlib, u bilan bir yoki bir necha kishi shugʻullanishi mumkin. Bunday faoliyat koʻchmas mulk va qimmatli qogʻozlarni sotish va sotib olish, sugʻurta va bank faoliyati, logistika, ekspeditorlik, rieltorlik, transport xizmati kabilarni oʻz ichiga oladi.
Germaniyada savdo faoliyati bilan shugʻullanish yakka tartibdagi tadbirkorlik sifatida baholanadi. Yuridik shaxslar esa foyda olish maqsadida davomli tarzda ish olib boruvchi firmalar hisoblanadi. Germaniyada tovarlarni savdo markasi ostida sotish, xizmat koʻrsatish, mamlakatdan qoʻshimcha qiymat soligʻi yoki bojlarsiz asbob-uskuna, texnika hamda tovarlarni olib chiqib ketish, shuningdek, qoʻshimcha qiymat soligʻini qaytarish, banklarda hisob raqam, kredit kartalari va chek daftarlarini ochish mumkin. Bundan tashqari, mamlakatga kirish uchun koʻp martalik biznes vizalariga ega boʻlish, imtiyoz asosida sugʻurta olish, turli dotatsiyalar va subsidiyalardan sugʻurta olish, turli dotatsiyalar va subsidiyalardan foydalanish mumkin. Germaniyada kichik biznesning rivojlanishi oʻzaro ishonch asosiga qurilgan boʻlib, bunda xalq bankka, bank esa xalqqa ishonadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |