Mavzu: Germaniya iqtisodiyotining rivojlanish


Germaniyaning O’zbeksiton bilan iqtisodiy aloqalari



Download 1,88 Mb.
bet26/29
Sana02.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#311730
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Reja Kirish-fayllar.org

Germaniyaning O’zbeksiton bilan iqtisodiy aloqalari.

Germaniya bilan O‘zbekiston o‘rtasida rasmiy munosabatlar 1992-yildan boshlangan. Ammo bu ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar uzoq davrga borib taqaladi.

O‘zbekistonning G‘arbiy Еvropadagi birinchi elchixonasi 1993 yil Bonn shahrida ochildi. O‘sha paytdanoq o‘zaro aloqalar, delegatsiyalarning tashriflari yo‘lga qo‘yildi. Germaniya Federal iqtisodiy hamkolik vazirining 1992 yil avgustdagi rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun asos yaratdi.

Hamkorlik dasturlarini muvofiqlashtirish va tezroq amalga oshirish maqsadida 1993-yil avgustda idoralararo komissiya hamda 1995-yil may oyida O‘zbekiston - Germaniya doimiy ishchi guruhi tuzildi. Mazkur komissiya va guruh muntazam ravishda yig‘ilishlar o‘tkazib, investitsiyalarni kafolatlash va sug‘urtalash, loyihalarni moliyalash, xususiylashtirishga ko‘maklashish, qimmatli qog‘ozlar bozorini vujudga keltirish kabi muhim masalalarni hal qilib kelyapti. 1993-yil Toshkentda Germaniyaning texnikaviy hamkorlik jamiyatining vakolatxonasi ochildi. Jamiyat faoliyati tufayli bozor iqtisodiyotiga oid seminarlar va o‘quv kurslari o‘tkazish yo‘li bilan mutaxassislar tayyorlash, iqtisodiy qonunchilik, xususiylashtirish, kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, shahar yo‘lovchi transportiga doir qonun va nizomlar ishlab chiqish, “Onalik va bolalikni himoya qilish” tadbirlari bo‘yicha maslahatlar berish dasturi amalga oshirila boshladi.Germaniya Federativ Respublikasi O'zbekistonda taraqqiyot sohasida keng miqyosda faoliyat olib bormoqda hamda iqtisodiyot va boshqa sohalardagi islohotlarni qo'llab-quvvatlamoqda. Bunga quyidagi asosiy yo'nalishlar kiradi:

Xususiy sektor va huquqiy tizimni takomillashtirish, kasb-hunar ta'limi, infrastrukturalarning rivojlantirilishi, sog'liqni saqlash, qishloq xo'jaligi, atrof-muhit uhofazasi, iqtisodni rivojlantirish, turizm, aholi daromadining yaxshilanishi va maktab tizimi. Ko'p tomonlama hamkorlik bilan bir qatorda - masalan, UNDP, UNHCR, EU, Jahon Banki, YeXTB va OTB – Germaniya federal hukumati 1992 yildan 2010 yilgacha taraqqiyot sohasida ikki tomonlama hamkorli dasturlari uchun 300 million Yevro mablag' ajratgan, shundan 240 million Yevro atrofida mablag' moliyaviy hamkorlik uchun va taxminan 60 million Yevro mablag'

texnik hamkorlik uchun ko'zda tutilgan. Quyidagi german tashkilotlari O' O’zbekistonda taraqqiyot sohasidagi hamkorlik doirasida faoliyat yuritadi:

GIZ (Xalqaro hamkorlik bo'yicha Germaniya tashkiloti) Toshkent, Nukus, Andijon va Termiz shaharlardagi bo'linmalari bilan, KFW (Tiklanish uchun kredit tashkiloti), CIM (Xalqaro migratsiya va taraqqiyot markazi), SES (Faxriy mutaxassislar xizmati), Germaniya Omonat kassalarining xalqaro hamkorlik bo'yicha jamg'armasi, ZEF (Bonn universitetining taraqqiyot yo'nalishidagi tadqiqotlar markazi), DVV (Germaniya Xalq universitetlari uyushmasi), KAS (Konrad Adenauer jamg'armasi ) va FES (Friedrix Ebert jamg'armasi). Joylarda o'z xodimlariga ega bo'lgan ushbu tashkilotlar bilan bir qatorda quyidagi tashkilotlarning alohida loyihalari ham mavjud: Sequa, Tyuringen federal o'lkasi savdo va sanoat palatasi, Chegera bilmas shifokorlar, DEG (Germaniya taraqqiyot jamiyati), IRZ (Huquq sohasi bo'yicha xalqaro hamkorlik jamg'armasi) va boshqalar. O'zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoning iqtisodiy taraqqiyotidagi va o'zgarishda bo'lgan hududni barqarorlashtirishdagi geostrategik ahamiyati sababli Germaniya uchun muhim hamkor hisoblanadi. 2009 yil iyul oyida o'tgan so'nggi hukumatlararo muzokaralar davomida ikkala davlat vakillari, jumladan, barqaror iqtisodiy taraqqiyot va sog'liqni saqlash yo'nalishlaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha aniq kelishuvlar qabul qilishdi.

O‘zbekiston RespublikasiTashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Germaniyaning “AKA”, “KFV”, “Berliner Bank” va “Doyche Bank” kabi banklari bilan bazis bitimlari tuzgan. Shu bitimlar asosida kamida 778,7 mln. Nemis markasi miqdorida turli loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Germaniyaga 2001-yil 2-5-aprel kunlari qilgan tashrifi ikki mamlakatning o‘zaro munosabatlarida sifat jihatidan yangi davr boshlanganligini bildirdi. Tashrif davomida moliya, sayyohlik, fan-texnika, narkotiklar kontrabandasiga qarshi kurash kabi sohalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirishni nazarda tutuvchi 14 ta hujjat imzolangandi. Bugungi kunda respublikamizda germaniyalik

investorlar ishtirokida 112 ta korxona faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularning 27 tasi 100 foiz Germaniya kapitaliga ega. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligidan Germaniya Federativ Respublikasining 36 ta firma va kompaniyalarining vakolatxonalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Mamlakatimizda korporativ boshqaruvning samarador usullarini joriy etishda rivojlangan davlatlar, xususan, Germaniya tajribasi o‘rganilmoqda. Germaniyaning “Daimler”, “Siemens”, “BMW”, “Lufthansa”, “Thyssen Krupp”, “MAN”, “Knauf” singari 25 yetakchi kompaniyasi tashabbusi bilan 2002-yilda asos solingan Yevropa menejment va texnologiyalar maktabi bilan Yevropa menejment va texnologiyalar maktabi bilan hamkorlik bu borada muhim rol o‘ynamoqda. Germaniyaning 40 dan ortiq firma va kompaniyalari («Daymler Bents», «Simens», «Lyufganza», «BASF», «Salamander», «Alkatelь», «Tissen» va boshq.) ishtirokida «Landtexnik-Toshkent», «CHirkom», «Grasso», «ToshVirt», «Intermed Ekasan», «O’zsalaman», «O’z-Vinkler» kabi o’nlab qo’shma korxonalar barpo etildi.
Germaniya-O’zbekiston o’rtasida ilmiy-texnik hamkorlik yuqori texnologiyalar,
oziq-ovqat, yo’l texnikasi, biotexnika, aloqa, tibbiyot va farmatsevtika, qog’oz
ishlab chiqarish, elektrotexnika va elektronika, ekologik sof ishlab chiqarish kabi
sohalarda kengayib bormoqda.

O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston va Germaniya davlatlari o‘rtasidagi savdo hajmi ortib bormoqda. Masalan, 2016-yilda ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi 521,5 mln. AQSH dollari, jumladan, eksport – 32,9 mln. AQSH dollari, import esa – 488,6 mln. AQSH dollarini AQSH dollari, import esa – 488,6 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbekiston va Germaniya davlatlari o‘rtasidagi

hamkorlik bugangi kunda ham izchil rivojlanib boradi, albatta. Bunga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri Angela Merkel O‘zbekiston Respublikasi va GFR o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan bir-birlariga yo‘llagan tabrik misol bo‘ladi.

Xulosa

Bu davlat bilan tanishib chiqar ekanmiz, Gemaniyaning o’ziga xos jihatlarining ko’pligi kishini lol qoldiradi. Shu oʻrinda haqli savol tugʻiladi: Ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniyada yuz bergan va Yevropadek ulkan oilaga namuna boʻlgan iqtisodiy moʻjiza siri nimada, qanday qilib ushbu davlat


dunyodagi yetakchi mamlakatlar qatoridan joy olishga erishdi?

Jahon ekspertlarining fikricha, nemis moʻjizasi zamirida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka toʻla erkinlik berish hamda uni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash gʻoyasi mujassamdir. Germaniya federal statistika xizmati maʼlumotiga

koʻra, hozirgi kunda mamlakatda kichik biznes subyektlari soni 3,5 millionga yaqin. Bu mamlakatdagi barcha korxonalarning 80 foizi degani. Kichik biznes vakillarining asosiy qismi oilaviy tadbirkorlik yoʻnalishida faoliyat yuritadi va ularning har biri 1 yilda oʻrtacha 700 ming yevro daromad koʻradi. Qayd etish


joizki, mamlakat aholisining qariyb 70 foizi shu sohada mehnat qiladi. Mamlakat soliq hajmining 41 foizi, yalpi ichki mahsulotining esa teng yarmi ushbu sektor
hissasiga toʻgʻri keladi. Birgina misol. 2017 yilda Germaniyaning umumiy YAIM
hajmi 3,70 trillion AQSH dollarini tashkil etgan boʻlsa, shundan salkam 1,8 trillion dollari aynan kichik biznes sektoriga tegishlidir.

Nemis moʻjizasining yana bir yutugʻi – mamlakatda kredit tizimi toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganidir. Germaniya kredit tizimi aholini kredit olish orqali manfaat koʻrishi tamoyiliga asoslanadi. Yaʼni, mamlakatda kichik biznesni yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan nemis fuqarolari hech qanday muammolarsiz 20 yil muddatga 50 ming yevrogacha imtiyozli davlat kreditini olishi mumkin. Tadbirkor dastlabki 2 yil davomida ushbu kreditdan beminnat foydalanadi. Bu davrda bankdan olingan


qarz uchun toʻlov amalga oshirilmaydi, kredit foizlari toʻlanmaydi. Keyingi 8 yilda esa bank kreditlari imtiyozli ravishda yiliga 4-5 foiz miqdorida toʻlab boriladi. Qarzdorlik summasi 11 yildan keyin qoplana boshlanadi. Bundan tashqari, hukumat ilmiy izlanishlarga oid loyihalarni 40 ming yevrogacha moliyalashtiradi.

Bu, oʻz navbatida, iqtisodiyotda innovatsion yangiliklardan keng koʻlamda foydalanish imkonini bermoqda. Biznes uchun yaratilgan erkinlik va imtiyozlar,

xorij kapitali uchun cheklovlar yoʻqligi chet ellik tadbirkorlarning Germaniya iqtisodiyotiga faol investitsiya kiritishida asosiy omilga aylangan. Ammo bu Germaniyada omad barchaga birdek kulib boqadi, degani emas. Qulay imkoniyatlarga qaramay, boqadi, degani emas. Qulay imkoniyatlarga qaramay,


koʻpchilik tadbirkorlar orasida kasodga uchrayotganlari ham bor. Bunday holatga tushib qolmaslik uchun tadbirkor oldindan qatʼiy reja tuzishi, meʼyoriy-huquqiy
hujjatlarni puxta oʻrganib, kerak boʻlganda konsalting xizmatidan foydalanishi talab etiladi. Bundan tashqari, nemis tilini bilish Germaniyada biznes qilishning eng muhim omillaridan biridir.

Mamlakat qonunchiligiga koʻra, tadbirkorlik – bu savdo faoliyati boʻlib, u bilan bir yoki bir necha kishi shugʻullanishi mumkin. Bunday faoliyat koʻchmas


mulk va qimmatli qogʻozlarni sotish va sotib olish, sugʻurta va bank faoliyati, logistika, ekspeditorlik, rieltorlik, transport xizmati kabilarni oʻz ichiga oladi.


Germaniyada savdo faoliyati bilan shugʻullanish yakka tartibdagi tadbirkorlik sifatida baholanadi. Yuridik shaxslar esa foyda olish maqsadida davomli tarzda ish
olib boruvchi firmalar hisoblanadi. Germaniyada tovarlarni savdo markasi ostida sotish, xizmat koʻrsatish, mamlakatdan qoʻshimcha qiymat soligʻi yoki bojlarsiz asbob-uskuna, texnika hamda tovarlarni olib chiqib ketish, shuningdek, qoʻshimcha qiymat soligʻini qaytarish, banklarda hisob raqam, kredit kartalari va chek daftarlarini ochish mumkin. Bundan tashqari, mamlakatga kirish uchun koʻp
martalik biznes vizalariga ega boʻlish, imtiyoz asosida sugʻurta olish, turli dotatsiyalar va subsidiyalardan sugʻurta olish, turli dotatsiyalar va subsidiyalardan
foydalanish mumkin. Germaniyada kichik biznesning rivojlanishi oʻzaro
ishonch asosiga qurilgan boʻlib, bunda xalq bankka, bank esa xalqqa ishonadi.


Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish