Oziq-ovqat sanoati. Turli ichimliklar ishlab chiqarish keng yo’lga qo’yilgan. Bundan tashqari sut va go’sht mahsulotlari ishlab chiqarish ham mavjud. Oziq-ovqat sanoati Germaniyada asosiy tarmoqlaridan biri hisblanadi. Oziq-ovqat sanoati, Germaniyaning yirik besh tarmoqlari avtomobilsozlik, elektrenergetika, mashinasozlik, kimyo sanoati qatoridan o‘rin olgan. 2012 yil oziq-ovqat sanoati aylanmasi 150 mlrd yеvroni tashkil etgan. Mamlakatda 5900 ta korxona va unda 544000 kishi ishlab turibdi. Oziq-ovqat sanoati korxonalari uchun kichik va o‘rta biznes korxonalari xarakterlidir. Bu korxonalarda ya’ni 75 foizida 100 kishidan iborat ishchilar faoliyat olib boradi. Oziq-ovqat sanoatida go‘shtni qayta ishlash, sutni qayta ishlash, qandolat va non va non mahsulotlari va alkogol ichimliklari ishlab chiqarish tarmoqlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari sabzovot mahsulotlarini qayta ishlash, mineral suv va salqin ichimliklar ishlab chiqarish tarmoqlari asosiy o‘rindadir. 2012 yil oziq ovqat sanoati aylanmasining o‘sish ko‘rsatkichi 1.2 foizni tashkil etdi. Mahsulotinng katta qismi 84 foizi
umumyevropa bozorlariga, 16 foizi Yevropa ittifoqidan tashqariga, asosan Rossiya, AQSh, Shveysariyaga eksport qilinadi. Germaniya oziq-ovqat maxsulotlarining xorijda muvofiqiyatga erishgan besh jihatiga quyidagilar- yuqori sifati, mahsulotning xavsizligi, qulay narxdaligi, ishonchliligi va ta’m sifati. “Made in Germany” oziq-ovqat sifat ko‘rsatkichi bugungi kunda butun dunyoga mashhurdir. Oziq-ovqat , vino ishlab chiqarish, pivo ishlab chiqarish va boshqalar asoan mamlakat qishloq xo‘jaligida yеtkazib beriladigan xom ashyo hisobiga
ishlaydi. Germaniyada to‘rt mingdan ziyod pivoning turli sortlari ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarilgan pivoning uchdan bir qismi eksport qilinadi. Vino ishlab chiqarish Reynda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Mozelya va reyn uzumlaridan tayyorlangan vinolar xorijiy mamlakatlarda mashxurdir. Mozelyani shu sababli
“vino yo‘li” deb atashadi.
Sanoat sohasi. GFRning haddan tashqari «o’ta sanoatlashgan»iga
qaramay keyingi yillarda YaIM tarkibida moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari va
bandlar hissasining qisqarishi va xizmat ko’rsatish sohalari (bu tarmoq ulushi
YaIMda 37% dan iborat) ulushining ko’payib borishi xosdir. Bu jarayon moddiy
ishlab chiqarish tarmoqlarida ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini qo’llash (ishlab
chiqarish xizmatlarining ortishi) orqali mehnat unumdorligining ortishi, aholi
is’temoli tarkibining o’zgarishi va turmush darajasining yaxshilanishi, bo’sh
vaqtning ortishi va boshqa iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos jarayonlar
bilan bog’liqdir. Ayni vaqtda, yuqorida ta’kidlanganidek, Germaniya o’ziga xos
xususiyatga ega bo’lib, bu davlatning sotsial yo’nalishlaridagi iqtisodiy siyosati,
ta’lim, tabiatni qo’riqlash, sog’liqni saqlash, uy-joy qurilishi, sotsial ta’minot kabi
sohalarda davlatning faolligi milliy iqtisodiyotda xizmatlarning ortishiga ijobiy
ta’sir qilmoqda. Hozirgi vaqtda xilma-xil xizmatlar sohasida mehnatda bandlarning
57% (bundan savdo va transportda 19%), davlat boshqaruvi sohalarida esa 15%
band.
Do'stlaringiz bilan baham: |