Mavzu: Geologik,gidrogeologik xavfli hodisalar. Qurg’oqchilik va yong’inlarda fuqarolar muhofazasi. Bakteriologik (biologik) vositalar bilan zararlangan o’choqda epidemiologiyaga qarshi chora-tadbir. Kimyoviy qurol



Download 24,01 Kb.
bet2/5
Sana30.05.2022
Hajmi24,01 Kb.
#620690
1   2   3   4   5
Bog'liq
Geologik,gidrometeorologik xavfli hodisalar. Qurg\'oqchilik va yong\'inlarda fuqaro muhofazasi.(1)

Geologik omillar - yerning paydo bo’lishi bilan bog’lik bo’lgan va hozirgi vaqtgacha davom etib kelayotgan ichki va tashqi (endogen va ekzogen) kuchlari ta’sirida paydo bo’ladigan xavfli jarayonlarni yuzaga keltiradi.
Gidrogeologik omillar - yer osti va ustidagi suvlar (gidrosfera) ta’sirida bevosita yuzaga keladigan noxush vaziyatlar tushuniladi. Atmosfera omillari - yerning atmosfera qatlamidagi o’zgarishlar (iqlim, ob-havo, ifloslanish, azon qatlami va boshq.) natijasida xavfli holatlar paydo bo’lishiga olib keladi. Respublikamiz hududlarida har to’rtala guruhga taalluqli xavfli halokat va jarayonlar uchrab turadi. Ulardan zilzila, ko’chki, o’pirilish, suv toshqini va sellar nisbatan ko’proq uchraydi. Keyingi vaqtlarda olinayotgan ma’lumotlar, olib borilayotgan tadqiqot ishlari va kuzatuv natijalari yildan-yilga tabiiy ofatlar soni ortib borayotganligini tasdiqlamoqda. Ayniqsa, ko’chki, toshqin va sellar miqdoriy jihatdan yuqori ko’rsatkichni 40 egallab turibdi. Masalan, 1999 yili respublikamizda 600 ga yaqin ko’chki, sel va toshqinlar ro’y bergan bo’lsa, bu raqam 1997 yilga nisbatan 3,5 va 1996 yilga nisbatan 6 barobar ortganligini ko’rish mumkin. Ularning aksariyat qismi Farg’ona, Surxondaryo, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari hududlarida, ya’ni tog’li va tog’ oldi hududlarida uchramoqda. Geologik va gidrometeorologik xavfli hodisalar. Geologik xavfli hodisalar. Zilzila odamlar o’limiga, ma’muriy-ishlab chiqarish binolarining, texnologik asbob-uskunalarning, energiya ta’minoti, transport kommunikatsiyalari tizimlarining, uy-joylarning turli darajada buzilishiga, ishlab chiqarish va insonlar hayot faoliyatining izdan chiqishiga olib keladi. Ko’chki, o’pirilish, tuproq yemirilishi insonlar o’limi, xo’jaliklarga shikast yetishiga, odamlarni xavfsiz joyga ko’chirilishiga sabab bo’ladi. Gidrometeorologik xavfli hodisalar. Qor ko’chishi, kuchli shamol (dovul), jala kabi ob-havoning keskin o’zgarishi natijasida turli dam olish maskanlariga, sayyohlar va sportchilarning jarohatlanishiga, aholi punktlariga jiddiy zarar yetkazilishiga sabab bo’luvchi noxush vaziyatlar majmuasi. Sel, suv toshqini, to’planishi oqibatida farovon hayotni izdan chiqaruvchi, aholi turar joylariga, sanoat va qishloq xo’jaligi ob’yektlariga jiddiy ta’sir ko’rsatishi natijasida shoshilinch ko’chirish tadbirlari bilan tugallanadigan xavfli vaziyatlar. YUqorida qayd qilingan tabiiy ofatlar sodir bo’lish ko’lami, ya’ni ular qamrab olgan hududlarning kattaligiga qarab lokal, mahalliy, respublika va transchegarali turlarga bo’linadi. Quyida geologik va gidrometeorologik xavfli hodisalar yuzaga keltiradigan tabiiy ofatlarning tafsilotlari va xususiyatlarini kengroq mushohada qilamiz.
Zilzila - tabiatda sodir bo’ladigan eng xavfli hodisalarning biridir. YUNESKO ma’lumotiga ko’ra zilzila - yuzaga keladigan iqtisodiy zarar va insonlar halokati bo’yicha tabiiy ofatlarning ichida birinchi o’rinni egallaydi. Haqiqatda zilzila davriyligi bir necha o’n yillarni qamrab olsada (ayrim vaqtlarda 100 yillarni), u ro’y bergan qisqa (10-15 soniya) muddat ichida bir necha minglab aholiga ega bo’lgan shaharlarni vayron qilish qudratiga ega. SHunga qaramasdan kishilar bunday xavf ostida esankirab qolmasdan, uning oqibatlarini bartarf qilishga, shikastlanganlarga yordam 41 berishga oshiqadilar va xarobalar o’rnida yanada zamonaviyroq maskanlar barpo etadilar. Avvalo, zilzila to’g’risida atroflicha ma’lumotga ega bo’lish uchun o’tmishdagi va hozirda bo’layotgan zilzilalarning statistik ko’rsatkichlariga e’tiborni qaratsak. Zilzilani qayd qilish bundan to’rt ming yil avval boshlangan bo’lib XXI asrga qadar 671 ta halokatli zilzilalar qayd qilingan. SHulardan 82 tasi XX asrga to’g’ri keladi. Zilzilalarning davriyligiga e’tibor beradigan bo’lsak, bir yilda 8 balli (Rixter shkalasi bo’yicha) zilzila bitta; 7-7,9 balli - 18 ta; 6-6,9 balli - 120 ta bo’lishi kuzatilgan. Nisbatan kuchsiz bo’lgan zilzilalar ko’proq uchraydi, ya’ni 3-4 balli zilzila bir yilda 49 mingtagacha bo’lishi aniqlangan. Birgina XX asr yakunida yuz bergan Eron (1990) zilzilasida 50 ming, Turkiyadagi (1999) zilzila chog’ida 45 mingdan ortiq odamning jabrlanishi tabiiy ofatlar ichida eng kam tarqalgan zilzila nechog’li katta kuchga ega ekanligidan dalolat beradi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, mustaqillikka erishganimizdan so’ng O’zbekiston qutqaruvchilari birinchi marta xalqaro miqyosda Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etishda qatnashib kelishdi. Ko’pgina davlatlar qatori (60 dan ortik) yurtimiz qutqaruvchilari ham bu insonparvarlik tadbirida uyushqoqlik, yuqori malaka va tezkor harakat qilishda dunyoning yetakchi davlatlari qutqaruvchilari bilan birga jonbozlik ko’rsatishdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli tez harakt qiliuvchi respublika ko’p tarmoqli markazning qutkaruvchilari ilk bor Vatanimiz bayrog’i ostida eng kuchli va halokatli tabiiy ofatni oqibatlarini bartaraf qilish tadbirlarida mardonavor turib, xalqaro miqyosda O’zbekiston Respublikasining obro’siga salmoqli hissa qo’shdilar. O’zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada sodir bo’lgan zilzila oqibatida jabrlanganlarni qidirib topish, ularni xavfsiz joylarga olib chiqib to’plash ishlarida ko’pgina mamlakatlar qutqaruvchilari tajribasidan qolishmasligini amalda isbotlab berishdi. Haqiqatda zilzila davriyligi bir necha o’n yillarni qamrab olsada (ayrim vaqtlarda 100 yillarni), u ro’y berganda qiska (10-15 soniya) muddat ichida bir necha minglab aholiga ega bo’lgan shaharlarni vayron qilish qudratiga ega. Bunday vaziyatlarda fuqarolar tabiiy ofat oqibatlaridan esankirab qolmasdan, uning oqibatlarini bartaraf qilishga, shikastlanganlarga yordam berishga, ularga malakali shoshilinch birinchi tibbiy xizmat ko’rsatish usullarini mukammal egallab olishlari muqsadga muvofiqdir. Aksariyat hollarda zilzila bo’lib o’tgandan so’ng xavf to’g’risidagi tasavvurimiz keyingi zilzilagacha so’nib boradi. YA’ni, faqat zilzila sodir bo’lganidagina unga tayyorgarlik ko’rish, ma’lum chora-tadbirlarni amalga oshirish to’g’risida o’ylab qolamiz. Vaholanki, O’zbekiston zamini yuqori seysmik faollashgan zonada bo’lganligini e’tiborga olgan holda zilzila to’g’risida aholiga yetarli ma’lumot berishning o’zi shu xavfning oldini olish borasida bajarilishi lozim bo’lgan tadbirlarga katga hissa qo’shishga olib keladi.
XX asr boshida tarixga “Andijon fojiasi” deb muhrlangan Andijon zilzilasi (3 dekabr’ 1902 y.) 50 ming aholi yashaydigan shaharni bir necha soniyada vayronaga aylantirgan. Toshkent zilzilasigacha va undan so’ng respublikamizning turli burchaklarida har xil kuchga ega bo’lgan zilzilalar bo’lgan va sodir bo’lmoqda. Zilzilalarni o’rganishga, sir-sinoatlarini yechishga umrini baxshida qilgan olim, akademik B.Golitsin “Zilzilalar yer bag’rini bir lahza yorituvchi chiroqqa o’xshaydi”, deb bejiz ta’kidlamagan.
Ulardan eng ko’p tarqalganlari va ko’pchilik mutaxassislarga ma’qul bo’lgani uchta bo’lib, birinchisi 1917 yilda Xalkaro seysmik assotsiatsiya tomonidan qabul qilingan 12 balli Merkalli-Kankani-Ziberg shkalasi hisoblanadi va undan hozirgacha bir qancha yevropa davlatlarida foydalanib kelinmoqda. Ikkinchisi, 1931 yilda AQSH tadqiqotchilaridan Vud va N’yumanlar Merkalli shkalasiga bir oz o’gartirishlar kiritib, mukammallashtirgan 12 balli MM shkalasi qisoblanadi. Uchinchisi Rossiyadagi (Sobiq Ittifoq davrida) yer fizikasi institutida proffessor S.V.Medvedev tomonidan ishlab chiqilgan 10 balli GOST-6249-52 shkaladir.
Zilzila kuchinn aniqlash shkalasi (ballarda).
I. Sezilmaydigan maxsus asboblar - seysmograflar yordamida qayd qilish mumkin.
P. Zo’rg’a seziluvchi zilzilalar.
III. yerning kuchsiz tebranishi.
IV. Sezilarli tebranish.
V. Uyg’onib ketish.
VI. Qurquv bosish.
VII. Binolar shikastlanadi.
VIII. Binolarning kuchli shikastlanishi.
IX. Binolarning batamoi shikastlanishi.
X. Inshootlarning batamom buzilishi.
XI. Talafot.
XP. yer rel’yefinnng o’zgarishi. Barcha yer usti va osti inshootlari to’liq shikastlanadi. YOriqlar paydo bo’lib, rel’yef butkul o’zgaradi. Daryo o’zanlari o’zgaradi. Yirik tog’ ko’chkilari bo’ladi. YAngi ko’llar paydo bo’ladi.

Download 24,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish