9.3-rasm. Signal
Marka (9.4-rasm a) cho’yan diskdan iborat bo’lib, mustahkam imorat devoriga, qoyaga, ko’prik, gidrotexnika va boshqa inshootlar tayanchiga yerdan 1,5 m balandlikda biriktiriladi. Markani o’rnatish uchun imorat yoki inshoot devor parmalab teshiladi, teshik yuvib tozalanadi. Uning ichiga marka gorizontal holarda o’rnatilib, sementlanadi. Markaning devordan chiqib turgan qismining o’rtasida diametri 4 mm keladigan teshikcha bo’ladi, nivelirlash vaqtida shu teshikcha markazining absolut balandligi aniqlaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |