Poligonometriya uslubi. Bu uslubda koordinatalari aniqlangan punktlarni tutashtiruvchi chiziqning uzunligi hamda tutash chiziqlar orasidagi gorizontal burchaklar o’lchanadi. Triangulyatsiya punktlari kabi poligonometriya punktlari ham joyda maxsus markaz bilan belgilab, markazga geodezik belgi (piramida yoki signal) o’rnatiladi. Poligonometriya yo’li ochiq polygon(6.8-rasm.a) yoki yopiq poligon (6.8-rasm,b) bo’lishi mumkin. Ochiq poligonometriya yo’li odatda koordinatalari ma’lum bo’lgan ikkita tayanch punkt oralig’ida o’tkaziladi. Yopiq poligonometriya yo’li esa koordinatasi ma’lum bo’lgan punktdan boshlab yana shu punktga bog’lanadi. Bir necha poligonometriya yo’llari poligonometriya tarmog’ini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |