Mavzu: genlarnnng komplementar, epistatik va polimer ta’siri


Noallel genlarning o’zaro nokumulyativ polimeriya ta’siri



Download 274,92 Kb.
bet6/6
Sana28.05.2022
Hajmi274,92 Kb.
#613485
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ma'ruza № 5

Noallel genlarning o’zaro nokumulyativ polimeriya ta’siri.
Kumulyativ effektga ega polimer genlardan tashqari, nokumulyativ effektga ega bo’lgan polimer genlar ham mavjud. Bunday genlarning faoliyatiga misol qilib, achambiti (Capsella bursa pastoris) o’simligida qo’zoq mevasi shaklining irsiylanishini ko’rsatish mumkin. Bu o’simlikning qo’zoq mevalari uchburchak va tuxumsimon shaklda bo’ladi. Agarda qo’zoq mevalari uchburchak shaklda bo’lgan achambitining bir irqini, mevasining shakli tuxumsimon bo’lgan boshqa irqi bilan chatishtirilsa, birinchi avlodda olingan barcha duragaylarning mevasi uchburchak shaklda bo’ladi.
F1 duragaylarini o’zaro chatishtirib, ikkinchi avlod duragaylarida bu belgining irsiylanishini tahlil qilsak, u holda, F2 da ikkita fenotipik sinf hosil bo’ladi: 1516 qism uchburchak mevali o’simliklar va 116 qism tuxumsimon mevali o’simliklar .
Olingan dalillar ota-ona o’simliklarning ikkita noallel genlar bo’yicha farqlanishini ko’rsatadi:

R

♀ uchburchak mevali




tuxumsimon mevali




A1A1A2A2

x

a1a1a2a2




G

A1A2




a1a2




F1

uchburchak mevali




A1a1A2a2




R

♀ uchburchak mevali




♂ uchburchak mevali




A1a1A2a2

x

A1a1A2a2




G

A1A2, A1a2, a1A2, a1a2




A1A2, A1a2, a1A2, a1a2




1.

A1A1A2A2=1




15 uchburchak mevali o’simliklar

2.

A1A1A2a2=2

3.

A1a1A2A2=2

4.

A1a1A2a2=4

5.

A1A1a2a2=1

6.

a1a1A2A2=1

7.

A1a1a2a2=2

8.

a1a1A2a2=2

9.

a1a1a2a2=1




1 tuxumsimon mevali o’simliklar

SHunday qilib, har ikki genning retsessiv allellariga ega (a1a1a2a2) o’simliklarning qo’zoq mevalari tuxumsimon shaklda ekan. Genotipda dominant allelning bo’lishi tufayli meva uchburchak shaklda bo’ladi. Xarakterli tomoni shundaki, uchburchak shaklning rivojlanishi dominant allellarning soniga bog’liq emas. Genotipda 1 ta dominant yoki 2 ta dominant, yoxud 4 ta dominant allel ishtirok etsa ham, uchburchak shakl rivojlanadi. Bu holat polimer genlarning nokumulyativ effektidir.


Tovuqlar oyoqlaridagi patning “bor-yo’qliligi” belgisi ham xuddi shu tarzda irsiylanadi. Oyoqlari patli va oyoqlari patsiz bo’lgan tovuq zotlari o’zaro chatishtirilganda, birinchi avlodda (F1) olingan jo’jalar barchasining oyoqlari patli bo’lgan .
F1 da voyaga yetgan xo’roz va tovuqlarni o’zaro chatishtirib olingan F2 individlarida o’rganilayotgan belgi bo’yicha ajralish kuzatilib 15/16 qism oyoqlari patli va 1/16 qism oyoqlari patsiz parrandalar olingan.
F2 da olingan natija boshlang’ich tovuq va xo’rozlarning ikki juft genlar bilan farqlanishini ko’rsatadi. SHunga ko’ra, oyoqlari patsiz tovuqlarning genotipini a1a1a2a2 deb, oyoqlari patli bo’lgan xo’rozlarning genotipini A1A1A2A2 deb olamiz. F1 da olingan parrandalarning genotipi A1a1A2a2. F2 da esa genotip va fenotip bo’yicha quyidagicha ajralish kuzatiladi:

R

♀ oyoqlari patsiz




oyoqlari patli

a1a1a2a2

x

A1A1A2A2

G

a1a2




A1A2

F1

oyoqlari patli

A1a1A2a2

R

♀ oyoqlari patli




♂ oyoqlari patli

G

A1a1A2a2

x

A1a1A2a2




A1A2, A1a2, a1A2, a1a2




A1A2, A1a2, a1A2, a1a2

F2

Genotipik sinflar

Fenotipik sinflar



Genotip

Takrorlanish soni

Fenotipik radikal

Fenotip

Nisbat

1.

A1A1A2A2

1

A1_A2_

oyoqlari patli


parrandalar

15


2.

A1A1A2a2

2

3.

A1a1A2A2

2

4.

A1a1A2a2

4

5.

A1A1a2a2

1

A1_a2a2

6.

A1a1a2a2

2

7.

a1a1A2A2

1

a1a1A2_

8.

a1a1A2a2

2

9.

a1a1a2a2

1

a1a1a2a2

oyoqlari patsiz parrandalar

1



Parrandalar oyoqlarining patli bo’lishligi genotipda bo’ladigan dominant allellarning soniga bog’liq emas. Bitta dominant allel (A1a1a2a2) ham, to’rtta dominant allel (A1A1A2A2) ham bir xil fenotipni – oyoqlarning patli bo’lishligini ta’min etadi.
SHunday qilib, noallel genlar o’zaro ta’sirining komplementar, epistaz va polimeriya tiplarini ko’rib o’tdik. Ularning barchasi Mendelь tomonidan diduragay chatishtirish uchun belgilangan fenotip bo’yicha (9:3:3:1) ajralishning klassik formulasining ko’rinishini o’zgartiradi. Keltirilgan fenotip bo’yicha barcha ajralishning tiplari 9:3:3:1 kabi qonu-niy hisoblanib, ajralish genetik mexanizmining buzilishining oqibati bo’lmay, balki individual rivojlanishda genlar o’zaro ta’sirining natijasi hisoblanadi.

Download 274,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish