Mavzu: genlarnnng komplementar, epistatik va polimer ta’siri


v) Komplementar genlardan faqat bittasigina mustaqil ravishda belgining rivojlanishini ta’min etadi



Download 274,92 Kb.
bet3/6
Sana28.05.2022
Hajmi274,92 Kb.
#613485
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ma'ruza № 5

v) Komplementar genlardan faqat bittasigina mustaqil ravishda belgining rivojlanishini ta’min etadi.
Bunga misol qilib sichqonlarda jun rangining irsiylanishini keltiramiz. Uch xil tipdagi - kul rang (aguti), qora va oq ranglarning irsiylanishini ko’raylik. Aguti rangining namoyon bo’lishi, rang rivojlanishini ta’min etuvchi gen hamda shu rangni junning uzunligi bo’yicha taqsimlovchi ikkinchi bir genning mavjudligi bilan amalga oshadi. Aguti rangli sichqonlarning har bir jun tolasi uzunasiga halqa shaklidagi sariq pigmentga, junning asosi va uchi esa, qora pigmentga ega. Pigmentlarning bunday (zonal tarzda) taqsimlanishi aguti rangini keltirib chiqaradi. Aguti yovvoyi kemiruvchilarga xos rang hisoblanadi. Qora sichqonlarda pigmentning zonal taqsimlanishi kuzatilmaydi, jun bo’yicha tekis bo’yalgan bo’ladi. Oq sichqonlar-albinoslar bo’lib, pigmentdan mahrumdir. Junning aguti rangi ham qora, ham oq rang ustidan dominantlik qiladi.
Qora rangli sichqonlar oq rangli sichqonlar bilan chatishtirilganda F1 da olingan sichqonlarning barchasi kul rang - aguti bo’lgan. Ikkinchi avlodda, jun rangi bo’yicha ajralish sodir bo’lib, 916 qism aguti, 316 qism qora va 416 qism oq rangli sichqonlar olingan.
CHatishtirish uchun olingan albinos sichqonlar, aftidan rang geni bo’yicha retsessiv gomozigotali, pigmentni taqsimlovchi gen allellari bo’yicha esa dominant gomozigotalidir (aaBB); qora sichqonlar esa, rang genining allellari bo’yicha dominant gomozigotali, junda pigmentni taqsimlovchi genning allellari bo’yicha retsessiv gomozigotali (AAbb) hisoblanadi. F1(AaBb) organizmlarda, har ikki genning dominant allellarining o’zaro faoliyati tufayli, aguti tipidagi rang rivojlanadi.



R

♀ qora




♂ oq

AAbb

x

aaBB

G

Ab




aB

F1

AaBb

kul rang (aguti)

R

♀ kul rang




♂ kul rang

AaBb

x

AaBb

G

AB, Ab, aB, ab




AB, Ab, aB, ab

F2

Genotipik sinflar

Fenotipik sinflar



Genotip


Takror-lanish soni

Fenotipik radikal

Fenotip


Nisbat


1.

AABB

1

A_B_

kul rang (aguti)

9



2.

AABb

2

3.

AaBB

2

4.

AaBb

4

5.

AAbb

1

A_bb

qora rang

3



6.

Aabb

2

7.

aaBB

1

aaB_

oq rang

4



8.

aaBb

2

9.

aabb

1

aabb

SHunday qilib, ikkinchi avlodda jun rangi bo’yicha ajralish sodir bo’lib, 9/16 qism aguti, 3/16 qism qora va 4/16 qism oq rangli sichqonlar olingan.


Genlarning komplementar ta’sirida sichqonlarda jun rangining irsiylanishi.







Genlarning o’zaro epistatik ta’sirida belgilarning irsiylanishi
Mendelь qonunlari bilan tanishish jarayonida biz bir juft allel genlarning dominant (A) holati, retsessiv (a) holatiga nisbatan ustunlik qilishini ko’rgan edik. Bu hodisa bir gen allellaridagi dominantlik deb yuritiladi. Genetik tahlil sohasidagi tadqiqotlarning Mendeldan keyingi davrdagi rivoji tufayli, allel bo’lmagan genlarning o’zaro munosabatida ham dominantlik-retsessivlik holatlari namoyon bo’lishining mumkinligi isbotlandi.
Bir gen allelining ikkinchi bir gen alleliga nisbatan dominantlik qilish (A>B yoki B> A, a >B yoki b> A) hodisasi epistaz deb ataladi. Genetik tahlil sohasidagi tadqiqotlar natijasida epistaz dominant va retsessiv holatda bo’lishligi aniqlangan. Boshqa genlar faoliyatini bosib turadigan, ya’ni unga nisbatan dominantlik qiladigan genni ingibitor yoki supressor deb ataladi. Ular I yoki S simvollari bilan ifodalanadi. Ingibitor gen epistatik gen deb ham yuritiladi. Allel bo’lmagan dominant I geniga nisbatan retsessiv holatdagi gen esa gipostatik gen deb ataladi. Dominant epistazda noallel strukturaviy genlar faoliyatini to’xtatib qo’yish funktsiyasini ingibitor genining dominant alleli gomozigotali (II) va geterozigotali (Ii) holatda amalga oshiradi. Retsessiv epistazda strukturaviy noallel genlar faoliyatini ingibitor genining retsessiv alleli gomozigota (ii) holatda to’xtatib turadi. Endi dominant va retsessiv epistaz bilan alohida - alohida tanishib o’tamiz.

Genlarning epistatik ta’sirida tovuq zotlarida


pat rangining irsiylanishi.

Download 274,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish