Mavzu: genlarnnng komplementar, epistatik va polimer ta’siri


Genlarning komplementar ta’sirida belgilarning irsiylanishi



Download 274,92 Kb.
bet2/6
Sana28.05.2022
Hajmi274,92 Kb.
#613485
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ma'ruza № 5

Genlarning komplementar ta’sirida belgilarning irsiylanishi
Ikki va undan ortiq allel bo’lmagan genlar o’zaro ta’sirining komplementar tipida, duragay organizmlarda ota-onada kuzatilmagan yangi belgi rivojlanadi. Belgining rivojlanishiga ta’sir etuvchi genlarning qimmati bir xil emasligi hisobga olingan holda, komplementar tipda nasldan-naslga o’tishning uch xili kuzatilishini ko’rsatib, ular ustida alohida-alohida to’xtab o’tamiz.
a) Yangi belgi hosil bo’lishda qatnashuvchi allel bo’lmagan ikki genning mustaqil ravishda biror bir belgini rivojlantirishi: bunga misol qilib, tovuqlarda toj shaklining irsiylanishini ko’rsatish mumkin. Tovuqlarda no’xatsimon, gulsimon, yong’oqsimon va oddiy-bargsimon toj shakllari kuzatiladi.
Agarda no’xatsimon va bargsimon tojli parrandalar o’zaro chatishtirilsa, birinchi avlod jo’jalari no’xatsimon tojli bo’ladi, ikkinchi avlodda esa, 3:1 nisbatda no’xatsimon va bargsimon tojli parrandalar olinadi. Natija tahlili shuni ko’rsatadiki no’xatsimon toj bargsimon tojga nisbatan dominant ekan. Agarda no’xatsimon tojni rivojlantiruvchi genni R bilan, bargsimon tojni boshqaruvchi genni esa – r bilan belgilasak, u holda:



R

♀ no’xatsimon toj




♂ bargsimon toj

RR

x

rr

g

R




r

F1

Rr




no’xatsimon toj

R

no’xatsimon toj no’xatsimon toj




Rr

x

Rr

g

R, r




R, r

F2

1RR : 2Rr : 1rr

Agarda gulsimon tojli va bargsimon tojli parrandalar ham o’zaro chatishtirilsa, F1 jo’jalari gulsimon tojli, ikkinchi avlodda esa 3 : 1 nisbatda gulsimon va bargsimon tojli parrandalar olinadi. Agarda gulsimon tojni R geni bilan, bargsimon tojni r geni bilan belgilasak, u holda:

R

♀ gulsimon toj




♂ bargsimon toj

RR

x

rr

g

R




g

F1

Rr




gulsimon toj







R

gulsimon toj




gulsimon toj

Rr

x

Rr

g

R, r




R, r

F2

1 RR : 2 Rr : 1 rr




3 : 1
gulsimon toj bargsimon toj

Olingan dalillarning tahlili shuni ko’rsatadiki, bargsimon tojga ega parrandalar har ikkala genning retsessiv allellarini (rrrr) o’zida saqlar ekan.
Agarda ikkita dominant belgiga, ya’ni gulsimon va no’xatsimon tojga ega bo’lgan tovuq va xo’rozlar o’zaro chatishtirilsa, F1 da yangi belgi-yong’oqsimon toj rivojlanadi, ikkinchi avlodda esa toj shakli bo’yicha ajralish sodir bo’lib to’rtta fenotipik sinf hosil bo’ladi: yong’oqsimon, gulsimon, no’xatsimon va bargsimon tojli parrandalar. Fenotipik sinflarning miqdoriy nisbati 9:3:3:1 ga teng. Ikkinchi avlodda qo’sh retsessiv (rrrr) gomozigotali bargsimon tojli parrandalarning kelib chiqishi, chatishtirish uchun olingan tovuq va xo’rozlar o’z genotiplarida dominant gen allellari bilan bir qatorda ikkinchi genning retsessiv allellarini o’zida saqlovchi ekanligidir. SHularga asoslanib, ota-ona parrandalarning genotiplarini quyidagicha belgilaymiz.



R

♀ gulsimon toj




♂ no’xatsimon toj

RRrr

x

rrRR

g

Rr




rR

F1

RrRr




yong’oqsimon toj

R

♀ yong’oqsimon toj




♂ yong’oqsimon toj

Rr Rr

x

Rr Rr

g

RR, Rr, rR, rr




RR, Rr, rR, rr

F2

Genotipik sinflar

Fenotipik sinflar



Genotip

Takror-lanish soni

Fenotipik radikal

Fenotip

Nisbat

1.

RRPP

1

R_R_

yong’oqsimon toj

9



2.

RRPp

2

3.

RrPP

2

4.

RrPp

4

5.

RRpp

1

R_rr

gulsimon toj

3



6.

Rrpp

2

7.

rrPP

1

rrR_

no’xatsimon toj

3

8.

rrPp

2

9.

rrpp

1

rrrr

bargsimon toj

1

SHunday qilib, F2 da yana bir butunlay yangi belgi-bargsimon toj ro’yobga chiqdi. Olingan dalillarning qiyosiy tahlili F1 da va F2 dagi yangi belgi-yong’oqsimon toj _ bu ikkita allel bo’lmagan genlar dominant allellari (R-P-) ning o’zaro komplementar ta’siri tufayli ro’yobga chiqishini ko’rsatadi.


F2 da ajralib chiqqan yana bir belgi-bargsimon toj esa, mazkur genlaring retsessiv gomozigota (rrpp) holatidagi komplementar ta’sirining oqibatidir.
b) Yangi belgi hosil bo’lishida qatnashuvchi noallel genlar har birining alohida-alohida ravishda, belgiga mustaqil ta’sir eta olmasligi.
Komplementar holda nasldan-naslga o’tishning bu xilida, F2 da 9:7 nisbatining qayd etilishi va unga doir misol ustida to’xtalamiz.
Misol sifatida, xushbo’y no’xat (Lathyrus odoratus) o’simlik turining irqlarida gul rangining irsiylanishini olamiz. Bu o’simlikning gullari oq ikki irqi o’zaro chatishtirilganda, olingan F1 duragay o’simliklarning gullari qizil rangda bo’lgan. F1 o’simliklari o’z-o’ziga changlantirilib olingan F2 o’simliklarida gul rangi bo’yicha ajralish kuzatilgan. Olingan duragaylarning 916 qismi qizil gulli, 716 qismi esa oq gulli bo’lgan.
Ota-ona o’simliklarining genotiplari quyidagicha ekanligi isbot etildi:

R

♀ oq




♂ oq

AAbb

x

aaVV

g

Ab




aV

F1

AaVb




qizil

R

♀ qizil




♂ qizil




AaVb

x

AaVb

g

AV, Ab, aV, ab




AV, Ab, aV, ab

F2

Genotipik sinflar

Fenotipik sinflar



Genotip

Takrorlanish soni

Fenotipik radikal

Fenotip

Nisbat

1.

AABB

1

A_V_

qizil gulli

9



2.

AABb

2

3.

AaBB

2

4.

AaBb

4

5.

AAbb

1

A_bb

oq gulli

7



6.

Aabb

2

7.

aaBB

1

aaB_

8.

aaBb

2

9.

aabb

1

aabb

F1 va F2 da gulning qizil rangda bo’lishi A va V genlarining komplementar faoliyati natijasidir.
Qovoqlarda (Cucurbita pepo) meva shaklining irsiylanishi ham komplementariya tipida bo’ladi. Uning sharsimon, gardishsimon, uzunchoq shaklli mevaga ega navlari mavjud. Tadqiqotlar natijasida sharsimon (bir xil fenotip) shakliga ega navlarning shu belgi genotipi bo’yicha o’zaro farq qilishi aniqlandi. Ularning genotiplari AAbb va aaVV. Bu genlarning komplementar ta’sir etib, har xil meva shakllarining rivojlanishini ta’min etishi mumkin ekanligi isbotlandi.
Buning uchun yuqorida qayd etilgan meva shakli bir xil-sharsimon, lekin genotiplari har xil bo’lgan qovoq navlari o’zaro chatishtirilib, AaVb genotipga ega F1 duragaylari olindi. Ularda ota-ona o’simliklaridan butunlay farq qiluvchi yangi meva shakli-gardishsimon shakl rivojlangan .
Birinchi avlod duragay (F1) o’simliklarini o’z-o’ziga chatishtirib, olingan F2 avlod o’simliklarida belgilarning ajralishi kuzatildi. Meva shakli (fenotipi) bo’yicha F2 o’simliklarini uchta sinfga bo’lish mumkin bo’ldi:
1) gardishsimon mevali; 2) sharsimon mevali;
3) uzunchoq mevali o’simliklar.
Ularning miqdoriy nisbati 9:6:1. Fenotipik sinflar genotiplarini umumlashtirilgan fenotipik radikal holda quyidagicha ifodalash mumkin:



R

sharsimon mevali




♂ sharsimon mevali

AAbb

x

aaVV

g

Ab




aV

F1

AaVb




gardishsimon mevali

R

♀ gardishsimon mevali




♂ gardishsimon mevali

AaVb

x

AaVb

g

AV, Ab, aV, ab




AV, Ab, aV, ab

F2

Genotipik sinflar

Fenotipik sinflar



Genotip

Takrorlanish soni

Fenotipik radikal

Fenotip

Nisbat

1.

AABB

1

A_V_

gardishsimon mevali

9



2.

AABb

2

3.

AaBB

2

4.

AaBb

4

5.

AAbb

1

A_bb

sharsimon
mevali

6



6.

Aabb

2

7.

aaBB

1

aaB_

8.

aaBb

2

9.

aabb

1

aabb

uzunchoq mevali

1

SHunday qilib, yuqorida biz ko’rgan F2 duragay avlodlarida ota-ona organizmlarida bo’lmagan ikki xil yangi-gardishsimon hamda uzunchoq mevali o’simliklar ajralib chiqdi.


Ularning paydo bo’lishi ikki juft allel bo’lmagan genlarning o’zaro komplementar ta’siri natijasidir. Meva shaklining gardishsimon bo’lishi dominant holatdagi (A_V_) allel bo’lmagan genlarning komplementar ta’siri natijasidir. Meva shaklining uzunchoq bo’lishi esa retsessiv gomozigotali holatdagi (aabb) allel bo’lmagan genlarning komplementar ta’-siriga bog’liq.
SHuni qayd etish kerakki, ota-ona o’simliklar genotipidagi A va V genlari komplementar faoliyat ko’rsatish bilan bir qatorda, ularning har biri mustaqil holda, o’xshash fenotipli belgini (sharsimon shakl) rivoj-lantiradi.

Download 274,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish