Restriksion endonukleazalar–Restriktazalar
Tabiatda biror mikroorganizm hujayrasiga tashqaridan
yot genetik material kirsa, u darhol hujayra nukleaza
fermentlari ishtirokida parchalab tashlanadi. DNK molekulasini mayda bo‘laklarga bo‘luvchi fermentlar kesuvchi endonukleazalar yoki restriktazalar deb ataladi. Restriktazalar endonukleazalarning DNKni muayyan maxsus ketma-ketliklari restriksiya saytlari (nuqtalari)ni tanib kesadigan, gidroliz qiladigan guruhi hisoblanadi. Yot DNKni parchalaydigan har qanday restriktaza fermenti DNKni o‘ziga mos nukleotid ketma-ketligini tanib kesadi, natijada to‘mtoq yoki yopishqoq uchli bir nechta DNK bo‘laklari hosil bo‘ladi. Yopishqoq uchli DNK bo‘laklarining qo‘sh zanjiri bir necha nukleotidga siljigan holda bo‘laklarga ajraladi. Xuddi shunday bo‘laklar o‘zaro komplementar juftlar hosil qilib, birikish xususiyatiga ega. Olingan DNK bo‘lagini plazmida yoki bakteriya virusiga kiritish mumkin. Restriktazalarni nomlashda ferment ajratib olingan bakteriya turning lotincha nomini bosh harfl ari va qo‘shimcha belgilaridan foydalaniladi. Chunki bir turdagi bakteriyalardan bir necha xil restriktazalar ajratib olingan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga qo‘sh zanjir DNK molekulasini «yopishqoq» uchlar hosil qilib kesuvchi restriktazalar (EcoRI), «to‘mtoq» uchlar hosil qilib kesuvchi restriktazalar (HpaI) ham mavjud. Restriktazalar hosil qilgan «yopishqoq» uchlardan foydalanib, har xil DNK bo‘laklarini bir-biriga bog‘lash soddalashadi. Ana shu xususiyati tufayli bu xil restriktazalar gen muhandisligida keng qo‘llaniladi.
Restriktaza fermentlarining ochilishi DNK molekulasini bo‘laklarga bo‘lib,
elektroforez qurilmasida o‘ta aniqlik bilan bir-biridan ajratib olish imkonini berdi. Bu usulda ajratib olingan DNK bo‘laklaridan gen muhandisligida foydalaniladi.
Hozirgi kunda 500 dan ortiq xilma-xil restriktazalar tozalanib olingan va o‘rganilgan.
Ayrim restriktazalar tanib kesadigan nukleotidlar ketma-ketligi
XULOSA.
Har qanday tirik hujayrada uning metabolizmini belgilovchi va nazorat qilivchi genetic dastur joylashgan. Gen injenerligining taraqqiyotiga endigina 30 yil to’lgan bo’lsada, uning bilogik tadqiqot izlanishlarida birmuncha inqilobiy yutuqlar qo’lga kiritilgan. Ushbu yo’nalishning shakllanishida vektorli molekulalarni konstruksiyalash asosida rekombinativ DNKlar gen injenerligining asosini tashkil qiladi.
Gen injenerligi jarayoni o’tkazishda juda tor doiradagi uslubiyotlar qo’llaniladi. Ularga DNKni sekvenirlash, fragmentlarga ajratish, alohida genlarni seleksiya qilish vazifasi yuklatilgan bo’lib bular genetic rejani tashkil etadi. Keyingi bosqichda gen tashuvchi vektorning genomini o’zgartirilmoqchi bo’lgan organizm DNK siga ulanadi. Jarayonda quyidagi fermentlardan foydalaniladi.
-endonukleaza yoki restriktaza;
-teskari transkriptaza yoki revertaza;
-DNK- ligaza;
-ekzonukleazalar;
-ishqoriy fosfataza;
-polinukleotidkinaza;
-dezoksinukleotidiltransferaza;
-DNK polimerazalar.
Xulosa
Genlarni ajratishda quyidagi usullardan foydalaniladi: kimyoviy sintez, tirik organizm genomidan genlarni ajratish va shuningdek teskari transkriptaza asosida i-RNKga komplementar kodlovchi DNK (k DNK) ni sintezlash. Birinchi va ikkinchi usullar chegaralangan. Kimyoviy sintez usuli uzoq jarayon bo’lib, birmuncha qimmatga tushadi. Bir xil fragmentli DNK bo’laklarini ajrtaib olish restriktaza ta’sirida bo’lib bu ferment DNK zanjirining muayyan nuqtalarini qaychiga o’xshab qirqadi. DNKni ajralgan joylari yopishqoqlik xususiyatiga ega bo’lib, ular o’zaro komplementar, juftli asoslarni hosil qiladilar. Genlarni ajratishda keng qo’llaniladigan usul fermentativ hisoblanadi. Hujayradagi jami i-RNK ajratilib, immunopretsipitatsiya asosida gen sintezlaydigan i-RNK cho’ktiriladi. Ferment teskari transkriptaza va magniy ionlari yordamida i-RNK molekulasida komplementar holda kDNK sintezlanadi. Revertazaning ish holati uchun zatravka( tomizg’i) zarur bo’ladi. Buning uchun i-RNK ga poli T qo’shiladi. U esa i-RNK tarkibidagi poli Aning 3-oxiriga bog’lanib, ikki zanjirli shpilka deb atalgan qism hosil qiladi.
Gen injenerligi dunyo miqyosida tan olingan bo’lib, insoniyatning eng dolzarb muammolari aynan gen injenerligining “chekiga tushgan”. Inson umrini uzaytirish, oziq- ovqat muammosi yoki turli xil kasalliklar bilan bog’liq holatlar qo’yingki deyarli barcha sohalarga gen injeneriyasi kirib bordi va asta sekin “dunyoni qo’lga olmoqda”.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Biokimyo . Yo. X.To’raqulov.
Biologiya 10- sinf uchun darslik. A. Abdukarimova . J. Tolipova.
Biokimyo M.N. Valixonov.
Bioximiya. A.Qosimov. Q.Qo’chqorov, S. Teshaboyev
Internet manbalari:
-arxiv.uz
-library.net
-mover.uz.
Do'stlaringiz bilan baham: |