Chilpiq hududidan islomgacha boʻlgan qadimiy dafn marosimlariga xos yodgorliklar topilgan. Odamlar istiqomat qilganligini tasdiqlovchi belgilar yoʻqligi tufayli Chilpiq otashparastlar jasadlarini keltirib qoʻyadigan maxsus daxma vazifasini oʻtaganligi taxmin qilinadi. Akademik Tolstov boshchiligidagi Xorazm arxeologik va etnografik ekspeditsiyasi 1940-yilda qal'a hududidan koʻplab sopol ostadonlar siniqlarini topishgan. - Chilpiq hududidan islomgacha boʻlgan qadimiy dafn marosimlariga xos yodgorliklar topilgan. Odamlar istiqomat qilganligini tasdiqlovchi belgilar yoʻqligi tufayli Chilpiq otashparastlar jasadlarini keltirib qoʻyadigan maxsus daxma vazifasini oʻtaganligi taxmin qilinadi. Akademik Tolstov boshchiligidagi Xorazm arxeologik va etnografik ekspeditsiyasi 1940-yilda qal'a hududidan koʻplab sopol ostadonlar siniqlarini topishgan.
Chilpiq - qadimiy inshoot qoldigʻi (V-VI asrlar). Nukus va Beruniy shaharlari (Qoraqalpogʻiston) oraligʻidagi Sulton Uvays togʻi qoyalari ustida, Qipchoq shahridan 5–6 km shimolroqda, Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida balandligi taxminan 35 metrlik konussimon tepalik ustida joylashgan aylana shaklli qal’a. Atrofi qalin paxsa devor bilan oʻralgan, bir tomoni kirish yoʻli sifatida ochiq qoldirilgan. Chilpiqning 6-8 metrlik devori saqlangan, diametri 60 metr. Arxitekturasi va topilgan sopol boʻlaklari boʻyicha qal’a eramizning V-VI asrlariga, ilk Afrigʻiylar davrlariga oid Geografik joylashgan o’rni Inshoot tarxi haqla shaklida bo‘lib, Nukusdan janubga (Xiva, Samarqand, Toshkent tomon) 43 km. masofada avtomobil yo‘lida, 35-40 metr balandlikdagi konussimon tepalikda joylashgan. - Inshoot tarxi haqla shaklida bo‘lib, Nukusdan janubga (Xiva, Samarqand, Toshkent tomon) 43 km. masofada avtomobil yo‘lida, 35-40 metr balandlikdagi konussimon tepalikda joylashgan.
- Mazkur qadimgi Zardushtiylik yodgorligi - Dahmiy Chilpiq (Shilpiq, Chilpiq-qal’a) yoshi 2200 yildan ortiq. Chilpiq - bu 15 metr balandlikdagi 65 metr diametrga ega tomsiz dumaloq minora bo‘lib, Nukusdan 43 km masofadagi tabiiy yassi tepalikning cho‘qqisida joylashgan. Qoldiqlari minora ichida yovvoyi qushlarga yem uchun qoldirilgan. Keyinroq, suyak qoldiqlari loy taxtachalar - ossuariyalarga to‘planib, yerga ko‘milgan. Ushbu dafn etish usuli zardushtiylik falsafasi bilan bog‘liq bo‘lib, jasad qoldiqlari bilan yerni zararlantirishni tahqirlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |