Biz gorizontal otilgan jismning harakatini o‘rganganimizda Yer sirtini yassi deb oldik. Bilamizki, Yer sharsimon shaklga ega. Yerdan h balandlikdagi jismni υ tezlikda gorizontal harakatlantirsak, u og‘irlik kuchi ta’sirida ertami-kechmi yerga qaytib tushadi. Jismning boshlang‘ich tezligi qanchalik katta bo‘lsa, u Yer sirti bo‘ylab shuncha uzoqqa borib tushadi. Agar gorizontal otilgan jismning tezligi juda katta bo‘lsa, Yer sirtining sfera shaklida ekanligi hisobga olinishi zarur bo‘ladi. Jism tezligi ma’lum bir qiymatga yetganida, u yerga yaqinlashish o‘rniga, undan uzoqlasha boshlaydi (2- rasm). Natijada bunday tezlikda jism Yerga qaytib tushmaydi va u ma’lum orbita (aylana trayektoriya) bo‘ylab υ1 tezlikda Yer sharini aylanib yuradi. Bunday jism Yerning suniy yo‘ldoshi deb ataladi. Biz gorizontal otilgan jismning harakatini o‘rganganimizda Yer sirtini yassi deb oldik. Bilamizki, Yer sharsimon shaklga ega. Yerdan h balandlikdagi jismni υ tezlikda gorizontal harakatlantirsak, u og‘irlik kuchi ta’sirida ertami-kechmi yerga qaytib tushadi. Jismning boshlang‘ich tezligi qanchalik katta bo‘lsa, u Yer sirti bo‘ylab shuncha uzoqqa borib tushadi. Agar gorizontal otilgan jismning tezligi juda katta bo‘lsa, Yer sirtining sfera shaklida ekanligi hisobga olinishi zarur bo‘ladi. Jism tezligi ma’lum bir qiymatga yetganida, u yerga yaqinlashish o‘rniga, undan uzoqlasha boshlaydi (2- rasm). Natijada bunday tezlikda jism Yerga qaytib tushmaydi va u ma’lum orbita (aylana trayektoriya) bo‘ylab υ1 tezlikda Yer sharini aylanib yuradi. Bunday jism Yerning suniy yo‘ldoshi deb ataladi. Butun olam tortish qonuni formulasi faqat Yer sirtida emas, Yer sirtidan h balandlikdagi erkin tushish tezlanishining qiymatini ham hisoblash imkoniyatini beradi: - Butun olam tortish qonuni formulasi faqat Yer sirtida emas, Yer sirtidan h balandlikdagi erkin tushish tezlanishining qiymatini ham hisoblash imkoniyatini beradi:
Demak, balandlik h ortib borishi bilan erkin tushish tezlanishi kamayar ekan. Ma’lumki, aylanma harakatda jismning markazga intilma tezlanishi a = υ^2 /r ga teng edi. Agar Yer sirti yaqinida, ya’ni h ning qiymati r dan juda kichik bo‘lganida gorizontal otilgan jism Yer sharini υ1 tezlik bilan aylansa, a o‘rniga g erkin tushish tezlanishini olish mumkin. U holda: v1= Yer sirti yaqinida gorizontal yo‘nalish bo‘yicha 7,9 km/s tezlikda otilgan jism Yer shari atrofida aylana bo‘ylab deb ataladi. Foydalanilgan adabiyotlar: - 7-sinf FIZIKA , Toshkent-2013
- yandex.ru
- Fizika qo`llanma
Do'stlaringiz bilan baham: |