Likurg (324 yilda vafot etgan)
O‘z davrining gumanist notig‘i, davlat, fan va madaniyat arbobi Likurg demokratiya tarafdorlaridan biri hisoblangan. U Demosfenning maslakdoshi hisoblangan. YOshi ham Demosfendan kattaroq bo‘lib, taxminan 324 yilda vafot etgan.
Likurg ritorika san’ati asoslari, falsafa va yurisprudensiya bo‘yicha Platon va Isokratdan maxsus ta’lim olgan. Iste’dodi va ritorika mahorati tufayli Afina davlatining eng yirik notiqlari va arboblari safidan joy olgan. Eramizdan oldingi 388 yildan boshlab u davlat xazinachisi sifatida (hozirgi tushunchada moliya vaziri) Afina iqtisodini boshqaradi. Likurg ana shu lavozimida turib qator xayrli, demokratik ruhdagi ishlarni amalga oshiradi.
Likurg zabardast notiq ham edi. U o‘z mansabi va ijtimoiy mavqei taqozosiga ko‘ra ko‘proq davlatning ichki masalalariga oid siyosiy nutqlar so‘zlardi. Likurg o‘z nutqlarida Afina davlatini mag‘lubiyatga olib kelgan dalillarni va bunga sababchi shaxslarni fosh qilar, shuningdek, nikohni buzuvchi, dinni haqoratlovchi shaxslarning xatti-harakatlarini qat’iy qoralardi. Likurg nutqlarini mavzuiy jihatdan 3 turga bo‘lib o‘rganish mumkin:
1. Harbiy-jangovarlik.
2. Siyosiy-ijtimoiy.
3. Axloqiy mavzudagi nutqlar.
Likurg nutq so‘zlayotgan paytda o‘zini g‘oyat tantanali, xotirjam tutar, nutqlari nafis, jiddiy va mantiqiy ediki, bu sifatlar uni ulkan notiqlar jarajasiga ko‘tardi. U yunon xalqining haqiqiy farzandi edi. SHuning uchun ham uning xizmatlari munosib taqdirlandi. U halol xizmatlari uchun bir necha marta eng oliy mukofot – oltin gulchambar bilan mukofotlandi.
Vafotidan so‘ng Afinada unga katta haykal o‘rnatildi, barcha qarindosh- urug‘lariga davlat tomonidan alohida ehtirom ko‘rsatildi. Likurg chiqargan qonunlar va uning hikmatli so‘zlari yozdirilib, Akropolga o‘rnatildi.
Savollar:
1.Ritorika san’ati dastlab qaerda shakllangan?
2.Ritorika san’at darajasiga ko‘tarilishiga nima sabab bo‘lgan?
3.Ritorika haqida ilk bor ma’lumot bergan asar qaysi?
4.Qadimgi yunon va rim notiqligi haqida nimalarni bilasiz?
5.Isokratning ritorikaka qo‘shgan hissasi nimalarda ko‘rinadi?
6. Suqrotning ritorikaka qo‘shgan hissasini bilasizmi?
7.Logograflar bilan sinegorlarning asosiy vazifasi nimalardan iborat
bo‘lgan?
8. Demosfenning ritorika san’ati tarixidagi o‘rni nimalarda ko‘rinadi?
9. Lisiyning ritorikaka qo‘shgan hissasi haqida ma’lumot bering?
10.Sitseronning ritorikaka doir asarlari?
Adabiyotlar:
1. Begmatov E. va boshqalar. Adabiy norma va nutq madaniyati. –Toshkent:
Fan, 1973.
2.Inomxo‘jaev S. Ritorika san’ati asoslari. –Toshkent: O‘qituvchi, 1982.
3. Begmatov E., Tursunqulov M. O‘zbek nutqi madaniyati asoslari. -Toshkent:
O‘qituvchi, 1991.
4.Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. - Toshkent: O‘qituvchi, 1993.
5.Jumaniyozov R., Salimov S. G‘oyaviy tarbiyada ritorika san’ati.-Toshkent,
2002.
6.Ortiqov A. Nutq madaniyati va ritorika san’ati. –Toshkent, 2002.
7.Bekmirzaev N. O‘zbek nutq madaniyati. –Toshkent, 2007.
Do'stlaringiz bilan baham: |