2
shaxs shaklidagi aniq fe’llardan bo‘ladi, lekin shunga qaramay, bajaruvchi shaxs-kesimdan
anglashilgan harakatning bajaruvchisi aniq bo‘lmaydi. Demak, bunda grammatik shaxs
aniq bo‘lsa ham, u konkret shaxsni anglatmaydi. Masalan: Kecha ertalab shaharni bir
aylanib kelayin deb chiqib ketgan. (A.Qodiriy.) Bugungi majlisda shu masalani
ko‘taradilar.
v) Shaxsi umumlashgan gap. Kesimi fe’l bilan ifodalanib, ma’no jihatdan umumga
qaratilgan bir bosh bo‘lakli gapga shaxsi umumlashgan gap deyiladi.
Shaxsi umumlashgan gaplardan anglashilgan ish-harakat grammatik jihatdan ma’lum
bir shaxsga oid bo‘lsa ham, mazmun jihatidan hammaga umumga qarashli bo‘ladi.
Masalan: Yaxshi bo‘lsang, o‘zarsan. Yomon bo‘lsang to‘zarsan. (Maqol.) Bugungi ishni
ertaga qo‘yma. (Maqol.) Tinchlik uchun kurashaylik.
Shaxsi umumlashgan gapning kesimi ko‘pincha fe’lning III shaxs buyruq-istak
maylidagi shakl bilan qo‘llanadi, I va II shaxsdagi fe’llar bilan kam ifodalanadi.
Shaxsi umumlashgan gapning kesimi ijro mayli va shart-istak maylidagi fe’llar bilan
ham ifodalanishi mumkin.
Masalan: Bilmaganni bildim dema, qilmaganni qildim dema. (Maqol.) Olim bo‘lsang,
olam seniki. (Maqol.)
Maqollar ko‘proq shaxsi umumlashgan gap shaklida bo‘ladi.
Egasi topilmaydigan gaplarda kesimi orqali harakatni bajaruvchi shaxsni – egani topib
bo‘lmaydi, ega umuman qatnashmaydi. Egasi topilmaydigan bunday gap shaxssiz gap deb
yuritiladi.
Shaxssiz gapning kesimi uchinchi shaxs shaklidagi fe’l bilan ifodalanib, ko‘pincha
sostavli tarzda keladi.
Shaxssiz gapning kesimi quyidagicha ifodalanadi:
a) fe’lning ravishdosh shakli bo‘ladi, bo‘lmaydi so‘zlari bilan: Ilmni mehnatsiz egallab
bo‘lmaydi.
b) shart maylidagi fe’l bo‘ladi, bo‘lmaydi so‘zlari bilan: Bu masalani janjalsiz hal qilsa
bo‘ladi.
v) fe’lning harakat nomi shakli kerak, zarur, lozim, darkor, mumkin so‘zlari bilan:
Do‘stning aybini yuziga aytish kerak.
g) majhul nisbat qo‘shimchasini olgan fe’l bilan: Samarqandga shu yo‘l bilan boriladi.
d) to‘g‘ri so‘zi holida, kelmoq fe’lining tuslangan shakli bilan: Balki undan qochibroq
yurishga to‘g‘ri keladi. Ammo odamni ish tanitadi. (O.)
3. Kesimsiz bir bosh bo‘lakli gap: nominativ gap
Kesimsiz bir bosh bo‘lakli faqat ega tarkibidan iborat bo‘ladi, kesim bo‘lmaydi.
Kesimsiz bir bosh bo‘lakli gap nominativ gap (atov gap) deb yuritiladi.
Bosh kelishikdagi ot otlashgan so‘z bilan ifodalanib, predmet yoki voqea-hodisalarning
mavjudligini tasdiqlovchi gaplarga nominativ gap deyiladi. Masalan: May...Ajoyib so‘lim
bir bahor!(S.Nazarov.)
Nominativ gaplar shaklan oddiy so‘z va so‘z birikmalariga o‘xshaydi, ammo maxsus
gap intonatsiyasining bo‘lishi bilan va ma’lum bir fikr tugalligining ifodalanishi bilan
ulardan farqlanib turadi. Oddiy so‘z intonatsiya orqali gapga aylanadi. Nominativ gapdan
keyin uning mazmunini to‘ldirib keluvchi gap kelishi talab qilinadi.